Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qalay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qalay / Stannum (Sn)
Atom raqami 50
Koʻrinishi Sariq-kumush rangli yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
118,71 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 162 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
708,2 (7,34) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2 5p2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 141 pm
Ion radiusi (+4e) 71 (+2) 93 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,96
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 4, 2
Termodinamik xossalari
Zichlik 7,31 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,222 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 66,8 Vt/(m·K)
Erish harorati 505,1 K
Erish issiqligi 7,07 kJ/mol
Qaynash harorati 2 543 K
Qaynash issiqligi 296 kJ/mol
Molyar hajm 16,3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi tetragonal
Panjara davri 5,820 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 170,00 K
50
Qalay
Sn
118,710
4d105s25p2

QalayMendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 50, atom massasi 118,710. Tabiiy Qalay 10 ta izotopdan iborat: P25p (0,96%), p45p (0,66%), p55p (0,35%), P(,8p (14,30%), "78p (7,61%), ||85p (24,03%), ""5p (8,58%), |j5p (32,85%), sh5p (4,72%), |245p (5,94%). Oxirgi izotop kuchsiz radioaktiv (Rnurlanuvchi, T,/2>1016—1017-yil).

Qalay qadimdan maʼlum; uning mis bilan qotishmasi — bronza (tunj)dan odamlar miloddan qariyb 4 ming yil ilgari foydalana boshlaganlar.

Qalay Yer poʻstining massa jihatidan 8T0~3% ini tashkil etadi. Q tabiatda erkin holda deyarli uchramaydi. Uning 24 ta minerali maʼlum, shulardan muhimi qalaytosh — kassiterit 5p02 va stannin Si2Gʻe5p54.

Qalay — havoda asta-sekin xiralashadigan yaltiroq oq metall; zichligi 7,29 g/sm³. 2 modifikatsiyasi bor. 0modifikatsiyasi (oq tusli) 13,2° dan yuqori trada barqaror; u tetragonal shaklda kristallanadi. |3Q. sovutilsa, kub strukturali kulrang ssQ (zichligi 5,75 g/sm³)ga aylanadi. Kulrang Qalay suyuqlantirilganida oq Qalay hosil boʻladi. Qalayning suyuqlanish temperaturasi 231,9°, qaynash temperaturasi =2600°. Qalay boshqa metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Oddiy trada havoda ham, kislorodda ham oksidlanmaydi; suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, kimyoviy jihatdan faol emas. Galogenlar bilan uchuvchan tetragalogenidlar (mas, 5pS14) hosil qiladi. Konsentrlangan xlorid kislotada qizdirilsa, 8pS12hosil boʻladi (qarang Qalay xloridlari). Konsentrlangan qaynoq sulfat kislotani 802ga qadar qaytaradi. Suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganida ammiakka qadar, konsentrlangan nitrat kislota taʼsirida 1\YU2ga qadar qaytariladi. Qalay zar suvidya juda yaxshi eriydi. Amfoter xossaga ega boʻlgani uchun kuchli ishqorlarda erib stanninlarga; ishqorda oksidlovchilar ishtirokida eritilsa, kislota tuzlariga aylanadi. Qalay oʻz birikmalarida 2 va 4 valentli. 2 valentli Qalay birikmalari tez oksidlanishi sababli qaytaruvchilar sifatida ishlatiladi. Q birikmalaridan 8pO — qora tusli, 8p5 — toʻq jigarrang ( 8p8, — sariq tusli; Qalay sulfidlari); qolgan birikmalari deyarli rangsiz. Qalay kislotalarda ham, ishqorlarda ham eriganida vodorod ajralib chiqadi.

Qalay rudalarida volfram, titan, lantanoidlar va boshqalar nodir metallarning qoʻshilmasi boʻladi. Bu rudalarni turli usullar bilan boyitib, tarkibida 50—70% Qalay boʻlgan konsentrat hosil qilinadi. Konsentratda boʻlgan A$ va 5 ni yoʻqotish uchun 600—700° da kuydiriladi. Temir, vismut, surma va boshqalar qoʻshilmalardan tozalash uchun konsentratga konsentrlangan NS1 eritmasi qoʻshib ishlanganidan keyin, qoddiq koʻmir bilan maxsus pechlarda eritiladi; tarkibida Qalay bor toshqollar qayta ishlanib, xomaki Qalay olinadi (uning tarkibida 94—98% Qalay boʻladi). Qalayni tozalashda 502, SO, A$203, A$N3kabi zaharli moddalar ajralib chiqishi sababli mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish lozim.

Ishlab chiqarilgan Qalayning 50% ga yaqini ikkilamchi metallardir. U oq tunuka chiqindilari, temirtersak va turli qotishmalardan olinadi. Qalayning 40% ga yaqini konserva sanoati uchun oq tunuka tayyorlashga sarflanadi, qolgan qismi esa kavsharlar, podshipnik va bosmaxona qotishmalari tayyorlashga ketadi.

  • Bolshakov QalayQalay, Fedorov QalayQalay, Ximiya i texnologiya malnx metallov, M, 1984; Parpiyev QalayQalay, Rahimov QalayQalay, Muftaxov QalayQalay, Anorganik kimyo, Qalay, 2003.

Zikrilla Isaboyev.

Qalay - unsurlar davriy jadvalining 50 unsuri, metall.