Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Neodim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
60
144,242
4f46s2
Неодим

Neodim (neo... va yun. didymos — egi-zak; lotincha Neodymium), Nd—Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 60, atom massasi 144,24. 5 ta barkaror izoto-pi - l42Nd(27,07%), l43Nd (12,17%), M5Nd(8,3%),’46Nd(17,22%), l48Nd(5,78%) va 2 ta radioaktiv izotopi — 144Nd(23,78%, T|/25-1015-yil), 15ONd(5,67% T1/22-1015-yil) mavjud. Yer poʻstila massa jihatidan 2,5-10^3%, dengiz suvlarida 9,2-10~6 mg/l Neodim bor. Tabiatda monatsit, bestnezit (20% gacha Nd2O3) va loparit minerallari koʻrinishida uchraydi. Lantanoidlar guruhiga kiradi. 1885-yilda avstriyalik kimyogar Neodim Auer kashf qilgan. Och kulrang metall. Zich-ligi 7,0 g/sm3. Qaynash temperaturasi 3027°, suyuqlanish temperaturasi 1016°, oksidlanish darajasi +3, +4, goho +2. Tuzlarining aksarisi qizgʻish-binafsha rangli. Neodim birikmalari rangli, badiiy va optik shishalar, lazer materiallar, chinni ishlab chiqarishda, chuyan, pulat va boshqa krtishmalarga legirlovchi qushimcha sifatida qullanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil