Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Fikus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fikus (Ficus) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Doim yashil, baʼzan barg toʻkuvchi daraxtlar, butalar yoki lianalar. Tropik oʻrmonlarda baland usadi. Koʻpchilik fikus hosil qilgan havo ildizlari xoʻjayin oʻsimlik tanasini oʻrab olib, uni nobud qilishi mumkin. Fikuslar sut shira ishlab chiqaradi. Gullari sikon tipidagi toʻpgulni hosil qiladi, dumaloq yoki noksimon shaklda, uchki qismida teshigi boʻlib, bir jinsli mayda gullar joylashgan. 1000 ga yaqin turi maʼlum, asosan, Janubiy Osiyoning nam tropik oʻrmonlarida tarqalgan. Pardaqanotli hasharotlar yordamida changlanadi. Ayrim turlari (anjir, sikemor) mevasi yeyiladi. Koʻpchilik fikuslarning yogʻochi ishlatiladi. Baʼzi turlari xushmanzara xona oʻsimliklari. Oʻzbekistonda 1 ta yovvoyi turi oʻsadi.