Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Jahon tarixi

insoniyatning yozma tarixi

Jahon tarixi deganda odamzod tarixi tushunilib, paleolit erasidan boshlangan tarix nazarda tutiladi. Oʻz ichiga geologik tarix va odamlargacha biologik eralarni oluvchi Yer sayyorasi tarixidan farq qilib, jahon tarixi odamlarga aloqador arxeologik va yozma manbalarni oʻrganadi. Qadimgi yozma tarix yozuv ixtiro etilishidan boshlanadi.[1][2] Biroq tamaddun ildizlari yozuv ixtirosigacha davrlarga borib taqaladi. Ibtidoiy jamiyat paleolit (tosh) davrida boshlanib, neolit (yangi tosh) va Barakatli Hilol (EA 8000—5000) davrlaridagi ziroat inqilobi bilan davom etadi. Neolit inqilobi oʻsimlik va hayvonlarni tizimli xonakilashtirish bilan xarakterlanib, insoniyat tarixiga katta oʻzgarish olib kirgan.[3][4][5]

Eramizdan avvalgi 10 minginchi yildan eramizning 2000-yiligacha jahon aholisi oʻsish dinamikasi (logarifmik shkalada).
Ziggurat

Ziroat rivoji bilan odamlar koʻchmanchilikdan oʻtroq turmush tarziga oʻta boshlashgan. Bunda koʻchmanchilik umuman yoʻqolib ketmagan, balki oʻsimliklari kam mintaqalarda tarqoq yashovchi jamiyatlarda saqlanib qolgan; lekin nisbatan xavfsizlik va dehqonchilik tufayli koʻpaygan unumdorlik transport vositalarining rivojlanishi bilan birgalikda odamlarga keng koʻlamli tarqalish imkonini berdi.

Dehqonchilik rivojlangani sari gʻallachilik murakkablashib bordi va oziq-ovqatni oʻsish davrlari orasida saqlash uchun mehnat taqsimlanishiga turtki boʻldi. Mehnat taqsimoti keyinchalik boʻsh vaqti koʻp yuqori sinf paydo boʻlishiga va shaharlar kelib chiqishiga olib keldi. Odam jamiyatlari murakkablashishi yozuv va hisob-kitob tizimlarining paydo boʻlishini muqarrar qildi.[6] Aksariyat shaharlar koʻl va daryolar yoqasida yuzaga keldi. EA 3000-yillarga kelib Mesopotamiyada,[7] qadimgi Misrdagi Nil yoqasida[8][9][10] va Ind daryosi atroflarida ilk koʻzga koʻringan va taraqqiy etgan manzilgohlar paydo boʻla boshladi.[11][12][13] Oʻxshash tamaddunlar ehtimol Xitoydagi katta daryolar atrofida ham mavjud boʻlgan, biroq bu mintaqada oʻsha davrga oid katta shaharlar qurilganini tasdiqlovchi arxeologik dalillar nisbatan ishonchsiz.

Gizah

Koʻhna Dunyo (qisman Yevropa, shuningdek Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) tarixi odatda quyidagilarga ajratiladi: antik davr (476-yilgacha); Oʻrta Asrlar (5-asrdan 15-asrgacha),[14][15] jumladan Islom oltin davri (750–1258) va Uygʻonish davri (1300-yillardan);[16][17] Yangi davr (15-asrdan 18-asrgacha),[18] jumladan Oqartuv davri; Eng yangi davr (Sanoat inqilobidan bugungacha). Gʻarb tarixida 476-yildagi Rim imperiyasi qulashi antik davrni yakunlab, oʻrta asrlarni boshlagan, deb hisoblansa, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bu davr Vizantiya imperiyasi bilan bogʻlanadi. 15-asr oʻrtalarida Johannes Gutenberg ixtiro etgan matbaa[19] kitob tarqatish va aloqada inqilob yaratib, oʻrta asrlarni tugatishga va ilmiy inqilobni boshlashga yordam berdi.[20] 18-asr oxiriga kelib Yevropada bilim va texnologiya yigʻilishi kritik massaga yetdi va sanoat inqilobiga olib keldi.[21]

Boshqa yerlarda, jumladan qadimgi Yaqin Sharq,[22][23][24] qadimgi Xitoy,[25] va qadimgi Hindistonda tarixiy silsilalar oʻzgacha kechdi, bunga Xitoyning Toʻrt Buyuk Ixtirosi, islom oltin davri va hind matematikasi misol boʻladi. Biroq 18-asr oxiriga kelib xalqaro savdo va mustamlakachilik jamiyatlar globallashuviga olib keldi. Oxirgi chorak mingyillikda aholi, bilim, texnologiya, tijorat, qurol-aslahalar kuchi oʻsishi va atrof-muhit buzilishi keskinlashdi, natijada insoniyat hozirda yangi imkoniyat va xatarlarga roʻbaroʻ kelmoqda.[26][27]

Manbalar

tahrir
  1. David Diringer, "Writing", Encyclopedia Americana, 1986 ed., vol. 29, p. 558.
  2. Webster, H. (1921). World history. Boston: D.C. Heath. Page 27.
  3. Tudge, Colin. Neanderthals, Bandits and Farmers: How Agriculture Really Began. London: Weidenfeld & Nicolson, 1998. 
  4. Bellwood, Peter. (2004). First Farmers: The Origins of Agricultural Societies, Blackwell Publishers. ISBN 0-631-20566-7
  5. Cohen, Mark Nathan (1977) The Food Crisis in Prehistory: Overpopulation and the Origins of Agriculture, New Haven and London: Yale University Press. ISBN 0-300-02016-3.
  6. Schmandt-Besserat, Denise (January–February 2002). „Signs of Life“ (PDF). Archaeology Odyssey. 6–7, 63-bet. 2012-05-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2013-02-22. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam) „arxiv nusxasi“. 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-fevral.
  7. McNeill, Willam H. „In The Beginning“, . A World History, 4th, New York: Oxford University Press [1967], 1999 — 15-bet. 
  8. Baines, John and Jaromir Malek. The Cultural Atlas of Ancient Egypt, revised, Facts on File, 2000. 
  9. Bard, KA. Encyclopedia of the Archaeology of Ancient Egypt. NY, NY: Routledge, 1999. 
  10. Grimal, Nicolas. A History of Ancient Egypt. Blackwell Books, 1992. 
  11. Allchin, Raymond (ed.). The Archaeology of Early Historic South Asia: The Emergence of Cities and States. New York: Cambridge University Press, 1995. 
  12. Chakrabarti, D. K.. Indus Civilization Sites in India: New Discoveries. Mumbai: Marg Publications, 2004. 
  13. Dani, Ahmad Hassan; Mohen, J-P. (eds.). History of Humanity, Volume III, From the Third Millennium to the Seventh Century BC. New York/Paris: Routledge/UNESCO, 1996. 
  14. „Internet Medieval Sourcebook Project“. Fordham.edu. 2009-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel. „arxiv nusxasi“. 2009-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-fevral.
  15. „The Online Reference Book of Medieval Studies“. The-orb.net. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel.
  16. Burckhardt, Jacob (1878), The Civilization of the Renaissance in Italy (Wayback Machine saytida 2009-02-18 sanasida arxivlangan), trans S.G.C Middlemore, republished in 1990 ISBN 0-14-044534-X
  17. „''The Cambridge Modern History. Vol 1: The Renaissance (1902)“. Uni-mannheim.de. 2014-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel.
  18. Rice, Eugene, F., Jr.. The Foundations of Early Modern Europe: 1460–1559. W.W. Norton & Co., 1970. 
  19. „What Did Gutenberg Invent?“. BBC. 2011-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-may.
  20. Grant, Edward. The Foundations of Modern Science in the Middle Ages: Their Religious, Institutional, and Intellectual Contexts. Cambridge: Cambridge Univ. Pr., 1996.
  21. More; Charles. Understanding the Industrial Revolution (2000) online edition (Wayback Machine saytida 2011-08-14 sanasida arxivlangan)
  22. William W. Hallo & William Kelly Simpson, The Ancient Near East: A History, Holt Rinehart and Winston Publishers, 1997
  23. Jack Sasson, The Civilizations of the Ancient Near East, New York, 1995
  24. Marc Van de Mieroop, History of the Ancient Near East: Ca. 3000–323 BC., Blackwell Publishers, 2003
  25. „Ancient Asian World“. Automaticfreeweb.com. 2012-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-fevral.
  26. Reuters – The State of the World (Wayback Machine saytida 2009-02-14 sanasida arxivlangan) The story of the 21st century
  27. „Scientific American Magazine (September 2005 Issue) The Climax of Humanity“. Sciam.com (2005-yil 22-avgust). Qaraldi: 2009-yil 18-aprel.

Havolalar

tahrir