Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Mehnat taqsimoti - mehnat turlarining bir-biridan ajralib mustaqil ahamiyat kasb etishi; mehnat turlarining ixtisoslashuvi.

Mehnat taqsimoti yuz berganda bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va hokazo ajralib chiqadi va shu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari bilan bogʻlanib, ishlab chiqarish da qatnashgan holda bajaradi. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini koʻpaytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qoʻyadi. 21-asr boshlarvda Mehnat taqsimoti tufayli dunyoda 30 ming xil kasb mavjud boʻldi. Mehnat taqsimoti mehnat unumdorligini oshiradi. Jamiyat taraqqiyotida Mehnat taqsimoti 3 yoʻnalishda boradi: Umumiy Mehnat taqsimoti — yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, yirik sohalarni tashkil etishi. Bunda mehnatning moddiy va nomoddiy, agrar, industrial va servis sohasidagi turlari paydo boʻladi; X u susiy Mehnat taqsimoti — yirik sohalar ichidagi Mehnat taqsimoti — muayyan sohadagi mehnat ixtisoslashadi, mehnat turlari koʻpayadi. Agrar mehnat dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik mehnati turlariga ajraladi. Sanoatdagi mehnat undirma va ishlama, ogʻir va yengil sanoatdagi mehnat turlariga ajraladi. Qisman Mehnat taqsimoti — korxona doirasida boʻladigan mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Bunda mehnat mahsulot yaratish uchun kerak boʻlgan ayrim qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashgan turlarga ajraladi. Milliy iqtisodiyotda hududlar yoki mintaqalar boʻyicha mehnat ixtisoslashadi. Xal qaro Mehnat taqsimoti — mehnatning mamlakatlar oʻrtasida maʼlum nisbatda va iqtisodiy nafni koʻzlagan holda taqsimlanishidir. Bu mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustuvor faoliyati sifatida birkitilishini yuzaga keltiradi.

Xalqaro Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning baynalmilal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi, xalqaro savdoni yuzaga keltiradi.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

== Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil