Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Fors tili

eroniy tillar guruhining janubiy gʻarbiy tarmogʻi tili, Eronning davlat tili
(Forschadan yoʻnaltirildi)

Fors (Pors) tili yoki Forscha yoki Porscha, forsiy (porsiy) — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining janubiy-gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eron (Eron Islom Respublikasi) ning rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili hisoblanadi.

Fors tili
Milliy nomi فارْسِى (fārsi)
Mamlakatlar
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 120 million
Til oilasi
hind-yevropa
hind-eroniy
eroniy
g'arbi eroniy tillar
janubiy-gʻarbiy eroniy
Forscha
Alifbosi arab, Kirill (tojik) alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 fa
ISO 639-2

per

Fas
ISO 639-3 tg

Fors tili IX asrdan to shu kungacha bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot davridagi o‘zgarishlar

tahrir

Bu o‘zgarishlar, birinchidan, fors-tojik klassik adabiyotida keng iste‘mol qilingan ayrim so‘zlarning hozirgi fors tilida ishlatilmay qolishi yoki ular ma‘nosining o‘zgarishlarida ko‘rinsa ikkinchidan, hozirgi fors so‘z yasovchi elementlar asosida yasalgan yangi so‘zlar hisobiga boyishdan namoyon bo‘ladi.

Fors tili qad. yozuv anʼanalariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari IX asrning 1-yarmiga mansub. Oʻsha davrda Eronning mashhur shoirlari Rudakiy, Firdavsiy, Farroxiy, Manuchehr va boshqa koʻplab shoir va yozuvchilar sodda va yangi fors tilida oʻz asarlarini yozdilar va asta-sekin fors tili Eronning rasmiy va madaniy tiliga aylantirildi. Fors tili oʻtgan ming yillar davomida oʻz asosini yoʻqotmadi, katta oʻzgarishlarga uchramadi. Ming yillar davomida Eron madaniyati va goʻzalligini ifodalab keldi. Somoniylar davrida fors tili rivoj topdi. Gʻaznaviylar davrida Hindiston yarimoroligacha yetib borib, Eron sivilizatsiyasi 800 yil davomida bu hududda rivojlandi. Kichik Osiyodagi Buyuk Saljuqiylar hukumati davrida fors tili bu hududning rasmiy va adabiy tiliga aylangan. Fors tili o‘zining ohangdorligi sinonimlaga boyligi va so‘zlarning osonlik bilan vazn hamda qofiyaga tushishi sababli ko‘pgina mamlakat shoir va olimlarini o‘ziga jalb qiladi va qisqa davr ichida O‘rta Osiyoning butun davlatlarigacha Ozarbayjon va Hindistongacha yoyilib, bu mamlakat xalqlari tomonodan fors tilida boy adabiy va ilmiy asarlar yaratildi.

Fors tilining koʻplab lahja va shevalari boʻlib, Tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng koʻp oʻrganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy fors tiliga asos boʻlgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta unli harf, 2 ta diftong, 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va boʻgʻiz undoshlari bor, urgʻu, odatda, oxirgi boʻgʻinga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniqlik va noaniqlik kategoriyalariga, feʼllar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Feʼl yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga koʻra sodda va qoʻshma feʼllarga ajraladi. Gapdagi soʻzlar aloqasida izofali tuzilmalar keng qoʻllanadi. Kesim, asosan, gap oxirida, ega esa gap boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy soʻzlar tashkil etadi, lekin arabcha oʻzlashmalar ham juda koʻp (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, fransuz, ingliz va boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham bor. Yozuvi arab alifbosi asosida, unga fors tiliga xos tovushlarni ifodalovchi 4 harf qoʻshilgan holda shakllantirilgan.<ref>Ismoilov, Anvar. „Fors tili“ OʻzME. F-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</re

afg'oniston tili koʻpincha "iftizah" va "vahshatnak" deb ataladi.

Manbalar

tahrir


Adabiyotlar

tahrir
  • Rubinchik Yu. A., Sovremenniy persidskiy yazik, M., 1960; Peysikov L. S, Leksikologiya sovremennogo persidskogo yazika, M" 1975.

hhhhh

Havolalar

tahrir