Saljuqiylar
Saljuqiylar (1038-1308) — Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola. Sulola nomi chorvador turkiy qavm oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan.
Sirdaryoning quyi oqimi – Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligida islom dinini qabul qilishgan (992). Saljuqning vafotidan soʻng ular Nurota atroflarida joylashgan.Mahmud Gʻaznaviy Amudaryodan oʻtib, Buxoroga borayotganda saljuqlarning yoʻlboshchisi amir Arslon (Isroil)ni chaqirib, ularga Buxorodan Xurosonga koʻchishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjoniynkt yozishicha, 4000 oʻtovli saljuqlar Yagʻmur, Bugʻ, Koʻktosh, Qizil, Mansur, Anas oʻgʻli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan oʻtib, Xurosonning Saraxs, Obivard, Farova, Niso, Dandanakon kabi turli mavzelarida qoʻnim topganlar. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan Saljuqiylar harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Keyinchalik bu davlat jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulola vakillari (hukmdorlari) sulton deb atalgan va ular quyidagilardan iborat:
Ismi | Hukmronlik davri | Yillarda | Hududi |
---|---|---|---|
Togʻrulbek | 1038–1063-yillar | 25 yil | Xuroson |
Alp Arslon | 1063–1072-yillar | 9 yil | Xuroson |
Malikshoh | 1072–1092-yillar | 20 yil | Xuroson |
Mahmud | 1092–1094-yillar | 2 yil | Xuroson |
Barqiyoruq | 1094–1104-yillar | 10 yil | Xuroson |
Malikshoh II | 1104–1105-yillar | 1 yil | Xuroson |
Gʻiyosiddin Muhammad | 1105–1118-yillar | 13 yil | Xuroson |
Sanjar | 1118–1157-yillar | 39 yil | Xuroson |
Kavurbek | 1041–1073-yillar | 32 yil | Kermon |
Kermonshoh | 1073-yil | 1 yil | Kermon |
Xusayn | 1073–1074-yillar | 1 yil | Kermon |
Sultonshoh I | 1074–1085-yillar | 11 yil | Kermon |
Turonshoh I | 1085–1097-yillar | 12 yil | Kermon |
Eronshoh | 1097–1101-yillar | 4 yil | Kermon |
Arslonshoh I | 1101–1141-yillar | 40 yil | Kermon |
Muhammadshoh I | 1141–1156-yillar | 15 yil | Kermon |
Toʻgʻrulshoh | 1156–1167-yillar | 11 yil | Kermon |
Bahromshoh | 1167–1168-yillar | 1 yil | Kermon |
Arslonshoh II | 1168-yil | 1 | Kermon |
Turonshoh II | 1168–1174-yillar | 6 yil | Kermon |
Muhammadshoh II | 1174–1187-yillar | 13 yil | Kermon |
Muborak | 1187-yil | 1 yil | Kermon |
Tutush | 1074–1095-yillar | 21 yil | Shom |
Ridvan | 1095–1113-yillar | 18 yil | Shom (Halab) |
Dukak | 1095–1104-yillar | 9 yil | Shom (Damashq) |
Alp Arslon Arxas | 1113–1114-yillar | 1 yil | Shom (Halab) |
Sultonshoh | 1114–1117-yillar | 3 yil | Shom |
Maxmud | 1118–1131-yillar | 13 yil | Iroq |
Dovud | 1131–1132-yillar | 1 yil | Iroq |
Toʻgʻrul I | 1132–1133-yillar | 3 yil | Iroq |
Masʼud | 1133–1152-yillar | 19 yil | Iroq |
Malikshoh | 1152–1153-yillar | 1 yil | Iroq |
Muhammad | 1153–1159-yillar | 6 yil | Iroq |
Sulaymonshoh | 1159–1161-yillar | 2 yil | Iroq |
Arslonshoh | 1161–1177-yillar | 16 yil | Iroq |
Toʻgʻrul II | 1177–1194-yillar | 17 yil | Iroq |
Sulaymon I | 1077–1086-yillar | 9 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Qilich Arslon I | 1086–1107-yillar | 21 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Malikshoh I | 1107–1116-yillar | 9 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Masʼud I | 1116–1156-yillar | 40 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Qilich Arslon II | 1156–1188-yillar | 32 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Malikshoh II | 1188–1192-yillar | 4 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Kayxusrav I | 1192–1200-yillar | 8 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Sulaymon II | 1200–1204-yillar | 4 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Qilich Arslon III | 1204–1205-yillar | 1 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Kaykovus I | 1210–1219-yillar | 9 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Alouddin Kayqubod | 1219–1236-yillar | 17 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Kayxusrav II | 1236–1245-yillar | 9 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Kaykovus II | 1245–1247-yillar | 2 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Qilich Arslon IV | 1257–1265-yillar | 8 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Kayxusrav III | 1265–1283-yillar | 18 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Masʼud II | 1283–1296-yillar | 13 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Kayqubod | 1296–1307-yillar | 11 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Masʼud III | 1307–1038-yillar | 1 yil | Koʻniya (Anatoliya, Rum) |
Adabiyotlar
tahrir- Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli L e nPul, Musulmanskiye dinastii, M. — T. — Bishkek, 1996.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |