Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Salvador (Salvador), El Salvador Respublikasi (isp. República de El Salvador) — Markaziy Amerikada, Tinch okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 21,4 ming km2. Aholisi 6,9 mln. kishi (2009). Poytaxti — San-Salvador shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 departament (departamento)ra boʻlingan.

El Salvador Respublikasi
República de El Salvador
ShiorDios, Unión, Libertad
(Ispancha: Hudo, Ittifoq, Ozodlik)
Madhiya: Himno Nacional de El Salvador
El Salvador Davlat Madhiyasi
Location of El Salvador
Poytaxt San Salvador
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Mauricio Funes
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
15-sentabr 1821
Maydon
• Butun
21,040 km2 (152-oʻrin)
• Suv (%)
2.5
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
6,704,932 (99-oʻrin)
• Zichlik 318/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$34,150 mil. (91-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,093
Pul birligi AQSh Dollar (USD)
Vaqt mintaqasi UTC−6
• Yoz (DST)
UTC−6
Qisqartma ES
Telefon prefiksi 503
Internet domeni .sv

Davlat tuzumi

tahrir

Salvador — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yil dekabrda qabul qilingan, unga 1991-yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va navbatdagi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi organi — Qonun chiqaruvchi majlis (bir palatali parlament). Ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar amalga oshiradi.

Tabiati

tahrir

Salvador togʻli mamlakat, uning katta qismini 600–700 m balandlikdagi vulkan togʻlari egallaydi (eng baland joyi SantaAna vulkani, 2381 m). Janubida Tinch okean sohili boʻylab 10–30 km kenglikdagi pasttekislik choʻzilgan. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Oltin, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, mis va temir ruda, ohaktosh, gips, oltingugurt, tuz konlari bor. Iqlimi tropik, passatli. Oʻrtacha oylik temperatura San Salvador shahrida 21—22 °C. Yillik yogʻin 1500–1800 mm, shimolda 2500 mm, tektonik botiqda 600–700 mm. Qisqa, joʻshqin daryo, vulkanli koʻllar koʻp. Asosiy daryosi — Lempa. Asosan, jigarrangqizil ferralitlashgan tuproqlar tarqalgan. Tabiiy tropik oʻsimliklari deyarli yoʻq qilib yuborilgan, togʻlarda qaragʻay va eman oʻrmonlari saqlangan, ikkilamchi savanna maydonlari bor. Qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp. Montekristo, El Imposible milliy bogʻlari bor.

Aholisi

tahrir

Aholisi, asosan, salvadorliklar; ularning koʻpchiligi ispanindeys metislari. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlari, asosan, katoliklar. Aholining 55% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari — San-Salvador, Santa-Ana, San-Migel.

Tarixi

tahrir

7-asrgacha Salvador hududida indeyslarning mayya, naxua qabilalari yashagan. 16-asrda mamlakat gʻarbi va markazini indeyslarning pipil, sharqini esa lenka qabilalari egallagan. 1524-yildan 1821-yilgacha Ispaniya mustamlakasi. 1560-yildan Gvatemala general kapitanligi tarkibida boʻlgan. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810—26 yillardagi mustaqillik uchun urushi davomida 1821-yil mustaqillikka erishdi. 1823—39 yillarda Markaziy Amerika Qoʻshma provinsiyalari tarkibida, 1841-yildan mustaqil davlat. Mamlakatda oʻtkazilgan islohotlar natijasida iqtisodiyot rivojlanib, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida sanoat korxonalari barpo etila boshladi. Birinchi jahon urushi arafasida dastlabki ishchi tashkilotlari, kasaba uyushmalari vujudga keldi. 1931-yil mamlakatda davlat toʻntarishi boʻlib, terrorchi diktatura oʻrnatildi va u 1932-yil A. Farabundo Marti boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostirdi. Salvador ikkinchi jahon urushi vaqtida 1941-yildan fashizmga qarshi koalitsiyaga qoʻshildi. 1944-yilgi yalpi ish tashlash natijasida diktatura agʻdarib tashlandi. 1969-yil Salvador hukmron doiralari Gondurasga qarshi urush boshladi. 5 kun davom etgan urush mamlakat iqtisodiyotiga putur yetkazdi. Bir necha yil mobaynida Salvadorda siyosiy beqarorlik hukm surdi, 1979-yil hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy xunta xalqni qirgʻin qilish siyosatini oʻtkazdi. 3 yil davomida 40 mingdan koʻproq kishi oʻldirildi, 100 mingdan ortiq kishi vatanni tark etdi. 1980-yil Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti tashkil etildi. 1980—92 yillarda xuntaga qarshi fuqarolar urushida 75 mingga yaqin kishi qurbon boʻddi, 1 millionga yaqin kishi qochoqqa aylandi. Nihoyat, 1991-yil yanvarda sulh shartnomasi tuzilib, demokratik rivojlanish yoʻliga oʻtildi. 1994-yil umumiy saylov oʻtkazildi, unda barcha siyosiy partiyalar ishtirok etdi. Salvador — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 15-sentysbr — Mustaqillik kuni (1821).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

tahrir

Millatchi respublikachilar ittifoqi, 1981-yil tuzilgan; Milliy yarash partiyasi, 1961-yil tashkil etilgan; Salvador xalq partiyasi, 1966-yil asos solingan; Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti, Siyosiy partiya sifatida 1992-yil roʻyxatga olingan; Xristiandemokratik partiya, 1960-yil tuzilgan. Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi, 1958-yil tashkil etilgan; Umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1983-yil tuzilgan; Salvador unitar kasaba uyushma federatsiyasi, 1965-yil asos solingan.

Xoʻjaligi

tahrir

S. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 15%, sanoatning ulushi 24%, xizmat koʻrsatish sohasi 61%. Aholining aksariyati qishloq xoʻjaligida band. Yirik tovar xoʻjaliklari bilan bir qatorda mayda dehqon xoʻjaliklari ham bor. Dehqonlarning koʻpchiligi yersiz. Q.x.ga yarokli yerlarning 50% da dehqonchilik qilinadi. Asosiy eksport ekinlari: kofe (dunyoda 6oʻrin), paxta, shakarqamish; oziq-ovqat ekinlaridan makkajoʻxori, oq joʻxori, loviya, sholi, sabzavot, mevalar; texnika ekinlaridan xeniken, kunjut, indigo, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligi zaif. Qoramol, choʻchqa boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi, balzam olinadi.

Sanoati sust rivojlangan. Oz miqdorda oltin va kumush, qoʻrgʻoshin, rux va mis rudalari, ohaktosh, gips qazib olinadi. I.ch. sanoati kofe, qandshakar, sholi oklash, un, yogʻ, vino, toʻquvchilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oyna korxonalaridan iborat. Neft haydash, metallurgiya, mashinasozlik (avtoyigʻuv), kimyo, sement, sellyuloza zavodlarining ayrimlari chetdan keltirilgan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi.

Kimyo, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, metallurgiya sanoati rivojlanmoqda. Xalq hunarmandchiligi (qoʻlda qalpoq, savat toʻqish va b.) rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 3,3 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi, asosan, GES larda hosil qilindi. Temir yoʻl uzunligi — 562 km, avtomobil yoʻllari — 12,3 ming km. Panamerika katta yoʻli S. orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Akaxutla, LaUnon, LaLibertad. SanSalvador yaqinida Ilaponga xalqaro aeroporti bor. S. chetga kofe, qand xom ashyosi, paxta, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi, chetdan mashinauskunalar, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi va moylash materiallari oladi. AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, GFR, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Salvador koloni.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiymaʼrifiy muassasalari. Kasalxonalarning koʻpi davlat qaramogʻida. Vrachlar ElSalvador universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Umumiy taʼlim maktablari 11 yillik boʻlib, u 9 yillik boshlangʻich va 2 yillik oʻrta maktabdan iborat. Oʻrta maktab oʻquvchilarining yarmi xususiy oʻquv yurtlarida taʼlim oladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilarini normal maktablar, oʻrta maktab oʻqituvchilarini oʻqituvchilar tayyorlash kollejlari va universitetlarning pedagogika boʻlimlari tayyorlaydi. Industrial va qishloq xoʻjaligi bilim yurtlari hunartexnika taʼlimi beradi. SanSalvadorda 3 ta universitet, 4 kollej va b. oliy oʻquv yurtlari bor. Ilmiy muassasalari: S. Fanlar akademiyasi, S. tarixi akademiyasi (1925), yadro energiyasi komissiyasi, geotexnika tadqiqotlari markazi va b. Milliy kutubxona (1870), Milliy muzey (1883), hayvonot bogʻi va botanika bogʻi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jurnallari: "Venseremos" ("Gʻalaba bizniki", kundalik gaz., 1981-yildan), "Diario de oy" ("Bugungi gazeta", kundalik gaz., 1936-yildan), "Unidad obrera" ("Ishchilar birligi", gaz.), "Diario ofisial" ("Rasmiy gaz.", kundalik gaz., 1875-yildan), "Kultura" ("Madaniyat", har chorakda chiqadigan jurnal), "Militante" ("Faol", haftanoma). Milliy axborot agentligi yoʻq. S. radiostyalari uyushmasiga 1965-yilda asos solingan. 64 tijorat radiostyasi bor, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan boshlangan, tijorat asosida ishlaydi.

Adabiyoti

tahrir

Mayyakiche indeyslarining qadimgi yozuvlari hali oʻrganilmagan. S. mustaqillikka erishgandan keyin ispan tilida milliy adabiyot yaratildi. 19-asr oʻrtalarida romantik sheʼriyat rivojlana boshladi (M. Alvares Kastro, E. Oyos, I. Ruis Arauxo, milliy madhiya muallifi X. X. Kanyas). Keyinchalik modernizm yoʻnalishidagi shoirlar R. Dario va F. Gavidia sheʼrlari mashhur boʻldi. 20-asr boshlarida yaratilgan nasriy asarlarda maishiy turmush aks ettirildi (E. Alvarado, A. Ambroji va b.), bu davr sheʼriyati shaklbozlik va dekadentlik yoʻliga kirib ketdi. S. Salasar Arruening hikoya va romanlarida xalq va avvalo indeyslar hayoti haqqoniy tasvirlandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin M. A. Espinoning "Odamlar va oʻlim", K. A. Kastroning "Haqiqiy ertaklar", F. Machon Vilanovaning "Qizil toʻlqin" romanlari salmokli asarlardir. R. Dalton Garsia, R. Armixo, M. de Selva va b.ning sheʼriyati ijtimoiy mavzuni rivojlantirdi.

Meʼmorligi va sanʼati qadimdan Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va KostaRika madaniyati bilan mushtarak. Mustamlaka davrida bir qavatli uylar, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan pastqam cherkovlar qurildi. 1940-yillaroxirida S. shaharlarida zamonaviy binolar (bank, mehmonxona, idoralar) barpo etila boshladi (meʼmorlar A. Sol, Ye de Sola va b.). Tasviriy sanʼati 20-asrdan Yevropa va Meksika sanʼati taʼsirida rivojlana boshladi. S. Salarrue, X. Mexia Vides, N. Kankura, R. Elas Reyes, X. Dias, K. A. Kanyas kabi rassomlar, V. Estrada, N. Noches Avendano, X. Agilar Gusman kabi haykaltaroshlar mashhur. Xalq sanʼati turlaridan keramika, toshbaqa kosasi va poyadan bezak ashyolar, idishlar yasash rivoj topgan.

Ommaviy sanʼat turlaridan bayles yoki sereytes ashula va raqslarXrivojlangan. Xalq musiqa asboblari — gitara, marimba (ksilofonning bir turi), fleyta, zarbli asboblardan uyeuyetl, testonaaustle va b. 1980-yilda suratga olingan "Salvador — xalq gʻalaba qozonadi!" hujjatli filmi milliy kino sanʼati yuzaga kelganidan darak berdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil