Mis
Mis / Cuprum (Cu) | |
---|---|
Atom raqami | 29 |
Koʻrinishi | Qizgʻish yumshoq metall |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
63,546 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 128 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
745,0 (7.72) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d10 4s1 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 117 pm |
Ion radiusi | (+2e) 72 (+1e) 96 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
1,90 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 2, 1 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 8,96 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,385 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 401 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 1 356,6 K |
Erish issiqligi | 13,01 kJ/mol |
Qaynash harorati | 2 840 K |
Qaynash issiqligi | 304,6 kJ/mol |
Molyar hajm | 7,1 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
Panjara davri | 3,610 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | 315,00 K |
29 | Mis
|
3d104s1 |
Mis (lotincha: Cuprum — Kipr o. nomidan olingan), Cu — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 29,atom massasi 63,546. Tabiiy Mis ikkita barkaror izotop 63Cu(69,1%) va 65Cu(30,9%)dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplardan 61Cu, MCu muhim[1].
Mis — qadimdan maʼlum metallardan. Qadimda Mis rudasini Kipr o.dan kazib olingan, shuning uchun uni o.ning nomi bilan Cuprum deb atalgan. Mis tabiatda nisbatan kam tarqalgan. Yer pustining massa jihatdan 4,7-10~3% ini tashkil qiladi. Mis tarkibida baʼzan temir, kumush, kamdankam oltin boʻladi. Misning koʻp sonli minerallari (250 dan ortiq) orasida xalkopirit CuFeS2, xalkozin Cu2S, kovellin CuS, bornit Cu5FeS4, malaxit CuCO,Cu(OH)2, kuprit Cu2O, xriza-kolla CuSiO32H2O va boshqa ahamiyatlidir.
Mis yumshoq, chuziluvchan, bolgʻalanuvchan kizgʻish metall. Zichligi 8,96 g/m³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 1083°, qaynash temperaturasi 2567°, Moos boʻyicha qattikligi 3,0. Mis issiklik va elektr tokini juda yaxshi oʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. Mis kimyoviy jihatdan unchalik faol emas. Havoda oksidlanib qorayadi. Nam havoda gidroksikarbonat hosil bulgani uchun koʻkaradi. Mis birikmalarida +1 va +2 valentli boʻladi. Mis havoda qizdirilsa, avval mis (1)-oksid Cu2O (377° gacha), soʻngra qora Mis — mis (2)-oksid CuO (377° dan yuqorida) hosil boʻladi. Mis galogenlar bilan oson birikadi. Nam xlor odatdagi temperaturadayoq Misga taʼsir etib, suvda eriydigan mis (1)-xlorid xrsil qiladi (yana qarang Mis galogenidlari). Azot, vodorod, uglerod bilan yuqori temperaturada ham reaksiyaga kirishmaydi. Nitrat kislotada erib, mis (2)nitrat va azot oksidi, konsentrlangan issiq sulfat kislota bilan birikib, mis (2)sulfat va sulfid angidrid beradi. Misning tuzlari zaharli. Mis koʻpgina metallar bilan krtishmalar hosil qiladi. Bir va ikki valentli Mis juda koʻp barqaror kompleks birikmalar vujudga keltiradi.
Mis, asosan, sulfidli mis rudalaridan olinadi. Mis elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar ishlab chiqarishda, badiiy buyumlar tayyorlashda, krtishmalar olishda, tuzlari esa pigmentlar va sunʼiy ipak olishda, oʻsimlik zararkunandalariga karshi, teri (kun) sanoatida, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.
Mis birikmalari — mis 1 va 2 valentli barqaror birikmalar; baʼzan 3 valentli beqaror birikmalar ham hosil qiladi.
Mis (1)-xlorid, CuCl — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 430°, qaynash temperaturasi 1490°, zichligi 4,14 g/sm³. Suvda va spirtda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazlarni yutuvchi, katalizator, antioksidant sifatida qoʻllanadi.
Mis (2)-xlorid, CuCl2 — toʻq jigarrang kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 596°, zichligi 3,386 g/sm³. 993° da CuCl va xlorga ajraladi. Suvli eritmalaridan 2, 3, 4 molekula suvli kri-stallogidratlar koʻrinishida kristallanadi. CuCI22H2O (ernoxalsit minerali) — rombik panjarali kristall modda. Zichligi 2,54 g/sm³. Metallarni mislashda, katalizator sifatida, matolarni boʻyashda qoʻllanadi. Tabiatda misning oltingugurtli birikmalari kovellin CuS, xalkozin Cu2S, anilit Cu7S4> xalkopirit CuFeS2, bornit Cu5FeS4 va boshqa minerallar koʻrinishida uchraydi. Mis ishlab chiqarishda, boʻyoqlar uchun pigment, yarimoʻtkazgich qotishmalar komponenti sifatida qoʻllanadi.
Mis (2)gidroksid, Cu(OH)2 — havorang amorf yoki kristall modda. Zichligi 3,686 g/sm³, suvda erimaydi, 70—90° da CuO va suvga ajraladi. Kislotalar bilan tegishli Cu(II) tuzlari, ishkrrlarning suvdagi eritmalari bilan yorqin havorang beqaror kupratlar MP2[Cu0H4|, ammiakning suvdagi eritmasi bilan toʻq havorang ammiakat [Cu(NH)3]4 (shveysar reaktivi), vodorod sulfid bilan CuS va suv hosil qiladi. Mis karobonatlari tabiatda toʻq yashil kristall malaxit minerali CuCO3Cu(OH)2 va havorang kristall— azurit minerali 2CuCO3Cu(OH)2 koʻrinishida uchraydi. Mis ishlab chiqarish da, boʻyoqlar tayyorlashda (mas, "malaxit yashili"), qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Sariq rangli kristall holdagi mis (1)karbonat Cu2SO3 ning mavjudligi haqida ham maʼlumotlar bor.
Mis (2)nitrat, Cu(NO3)2havorang gifoskopik kristall modda. Suvda, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan 3, 6 va 9 molekula suvli kristallogidratlar koʻrinishida kristallanadi. 1,5 va 2,5 molekula suvli kristallogidratlari ham maʼlum. Mis ishlab chiqarishda, misli katalizator va fungitsit sifatida, matolarni boʻyashda ishlatiladi.
Omonulla Xoʻjayev.[2]
Mis - unsurlar davriy jadvalining 29 unsuri, metall.
Manbalar
tahrir- ↑ Mis qayta ishlash
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |