Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Bizon — juft tuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasi zubrlar urugʻiga mansub yovvoyi qoramol zoti. Bizonning vatani — Shim. Amerika (keyinchalik Yevropaga tarqalgan). Amerika va Yevropa Bizonlariga bulinadi. Bizon yirik hayvon boʻlib, buqalarining tanasi uz. 3 m, boʻii 1,8 m, ogʻirligi 720 kg ga yetadi. Gavdasi yoʻgʻon, yelkasida kichikroq oʻrkachi bor. Boshi va tanasining oldingi qismi qoʻngʻir tusli. Urgʻochilari nisbatan kichikroq. Hidlov va eshituv organlari yaxshi rivojlangan. Yevropaliklar kelgunicha butun Amerika qitasida, Kanadaning shim.gʻarbiy va markaziy qismidan jan.ga — Meksikaning markaziy qismigacha boʻlgan maydonlarda tarqalgan, choʻl va oʻrmonchoʻl mintaqasida hayot kechirgan edi. Kup ovlanishi natijasida 19-asrga kelib deyarli qirilib ketgan. Muhofaza tadbirlari natijasida AQSH va Kanada qoʻriqxonalaridagi Bizon soni bir necha oʻn mingga yetdi. Bizonni zubrlar bilan chatishtirib zubrbizon olingan, yaxshi goʻsht va teri beradigan duragaylar yetishtirilgan. Bizon AQSH, Kanada (VudBaffalo) va Yevropa (AskaniyaNova) qoʻriqxonalarida saqlangan.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil