Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Baxtiyor Ibragimov (diplomat)

oʻzbek diplomati

Ushbu maqola diplomat haqida. Olim haqida Baxtiyor Ibragimov maqolasiga qarang.

Baxtiyor Neʼmatjonovich Ibragimov

Ibragimov, 2023-yil
 Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yil 27-oktyabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abat Fayzullayev[1]
 Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili
 
Mansab davri
2017-yil 8-maydan – 2023-yil 7-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Muzaffarbek Madrahimov
Vorisi Ulugʻbek Lapasov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-may 1966-yil (1966-05-02) (58 yosh)
Toshkent

Baxtiyor Neʼmatjonovich Ibragimov – oʻzbek diplomati. 2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi[2]. 20172023-yillarda Oʻzbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili[3][4][5].

Maʼlumoti

tahrir

1989-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1993-yilda Malayziya xalqaro aloqalar va diplomatiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

tahrir

19891992 – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi.

19921993 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro iqtisodiyot, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻlimining uchinchi kotibi.

19931995 – Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi uchinchi kotibi.

19951998 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1998—2002 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi.

2002—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi xorijdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi.

2003—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2004—2009 – Oʻzbekiston BMTdagi doimiy vakolatxonasining siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.

2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2011—2017 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.

2017-yil 8-maydan 2023-yil 7-avgustgacha – Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili[6].

2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi, bir vaqtning oʻzida Vengriyadagi elchisi va BMT sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)dagi doimiy vakili[7][8].

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega[9].

Oilasi

tahrir

Otasi Neʼmatjon Ibragimov, general-mayor. Uzoq yillar prokuratura tizimida ishlagan. 1983—1985-yillarda OʻzSSR ichki ishlar vaziri boʻlgan[10]. Akasi Ibragimov Dilmurod Neʼmatjonovich, jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tumani sudi raisi boʻlgan.

Manbalar

tahrir

Yana qarang

tahrir