Abat Fayzullayev
Abat Fayzullayev – oʻzbek diplomati. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi[5]. 2020-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi boʻlib ishlagan.
Abat Fayzullayev | |
---|---|
Abat Fayzullaev 2020-yilda | |
Oʻzbеkistоnning Italiyadagi elchisi | |
Mansab davri 2023-yil 26-oktyabrdan – hozirgacha[1] | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Otabek Akbarov[2] |
Oʻzbеkistоnning Avstriyadagi elchisi | |
Mansab davri 2020-yil 3-avgust – 2023-yil 25-oktyabr | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sherzod Asadov[3] |
Vorisi | Baxtiyor Ibragimov[4] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-dekabr 1982-yil Nukus |
Hayoti
tahrir1982-yil 30-dekabrda Nukus shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
tahrir2005-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti bakalavr bosqichini, 2007-yilda shu fakultet magistraturasini tugatgan. 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya fakulteti bakalavriatini sirtqi boʻlimini tugatgan.
Mehnat faoliyati
tahrir2007—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasida referent, attashe, uchinchi kotib, ikkinchi kotib,
2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi.
2013—2017 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining siyosiy tahlil boʻlimi attashesi.
2017—2018 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi siyosiy tahlil boʻlimining birinchi kotibi.
2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Amerika departamenti birinchi kotibi.
2019—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshligʻi[6].
2020—2023-yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Xalqaro atom energiyasi agentligidagi doimiy vakili etib tayinlanadi.
2022-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi[7].
2023-yil 26-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Ўзбекистоннинг янги элчиси Италияга етиб борди“. dunyo.info. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ [object%20Object/posol-uzbekistana-v-italii-zavershaet-svoyu-missiyu- „Ўзбекистоннинг Италиядаги элчиси ўз миссиясини якунламоқда“]. dunyo.info (3-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi“.
- ↑ „O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi“. kun.uz (2023-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Italiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 3-dekabr.
- ↑ „Elchixona xodimlari“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-fevral.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2023/03/28/vengriyada-ozbekiston-elchixonasi-ochildi