Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Adib Sobir Termiziy

Shoir, maʼrifatparvar olim

Adib Sobir Termiziy (arabcha: صابر الترميزي — Sobir Termiziy; toʻliq ismi: Shahobiddin Ahmad ibn Abdulloh yoki Shahobiddin ibn Ismoil) — shoir, maʼrifatparvar olim.

Sobir Termiziy
Shahobiddin Ahmad ibn Abdulloh, Shahobiddin ibn Ismoil
Tavalludi 1078-yil
Vafoti 1151-yil
Fuqaroligi Eron
Kasbi shoir
Dini Islom

Hayoti

tahrir

Sobir Termiziy Termiz shahrida tavallud topgan va shu yerda voyaga yetgan. Astronomiya va matematika bilan shugʻullangan. Bir necha yil Arabiston va Xurosonda sayohatda yurgan. 30 yil Xuroson hokimi Abulqosim Ali ibn Jaʼfar saroyida, soʻng Marvda saljuqiy hukmdor Sulton Sanjar saroyida xizmat qilgan, u yerdagi adabiy muhit bilan tanishgan. Umar Xayyom, Futu-xiy, Marvoziy, Anvariy, Kotibiy, Said Hasan Gʻaznaviy kabi shoir va olimlar bilan muloqotda boʻlgan. Sobir Termiziy ijodida ijtimoiy, taʼlim-tarbiyaviy fikrlar, ilm-fan, odob va axloqni ulugʻlash, ishq-muhabbat va tabiat goʻzalliklarini kuylash asosiy oʻrinni egallagan („Nihoyat haddan oshdi…“, „Ilm sharafiga…“, „Bahor fasli…“, „Garchi olimning …“, „Kechamiz tugaru oxir tong otar“, „Bir zamon boʻlgayki…“ va boshqalar)[1].

Xotirasi

tahrir

Adabiy merosi

tahrir
 
Adib Sobir Ahmad Sanjardan faxriy libos olmoqda. Abdulmoʻmin al-Alaviy al-Koshiy tomonidan 1314-yil fevraldan 1315-yil fevralgacha koʻchirilgan.

Adib Sobir Termiziyning adabiy merosi katta qismni tashkil qiladi. Bizga uning turli nusxadagi devonlari orqali 6947 bayt sheʼrlari yetib kelgan. Bayozlar orqali yetib kelgan sheʼrlarni ham qoʻshganda jami 7045 baytni tashkil qilgan. Shoir Devon va sheʼrlari hozirda Buyuk Britaniyaning Indiana Offis kutubxonasida, Eron Islom respublikasining shuarolar majlisi, Hindistonning Kalkutta, Mumbay shaharlari kutubxonalarida, Ozarbayjon fanlar Akademiyasida va Tojikiston fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanib keladi[5].

Shoirning ijod yoʻnalishiga nazar tashlasak, asarlarida ijtimoiy, taʼlim-tarbiyaviy fikrlar, ilm-fan, odob-axloqni ulugʻlash, tabiat goʻzalliklarini kuylash kabi mavzular yorqin ifoda topgan. Tarji’band va ruboiylarning koʻpchiligida hayotiy voqealar tasvirlangan. Sheʼrlari asosan fors tilida boʻlib, devonlari bilan birga bir nechta nusxalari Oʻzbekiston FA sharqshunoslik institutida saqlanadi. Devoni Eronda nashr etilgan (1952), u 109 qasida, 66 ta gʻazal, 113 qitʼa, 7 tarji’band, 92 ruboiydan iborat 7000 baytni tashkil qiladi[6].

Abadiylashtirish

tahrir

Shoir ijodini oʻrganish va saqlashda Oʻzbekistonlik tarixchilarning hissasi katta. Ulardan filologiya fanlari doktori, professor Ahmad Abdullayev hayotining koʻp yillarini bu boradagi tadqiqotlarga bagʻishladi, nomzodlik disertatsiyalari himoya qildi. Dastlab u 1956-yilda Adib Sobir Termiziyning „Devon“ini chop ettirgan va 1969-yilda 14 bosma toboqdan iborat 200 betlik „Adib Sobir Termiziy“ nomli ilmiy-tadqiqiy risolasini taqdim etdi.

1965-1981-yillarda adibning „Tanlangan asarlar“ risolasi kirish soʻzi va izohi bilan birga ikki marta nashr ettirildi. 1976-yilda esa ilk marotaba Adib Sobir Termiziyning hayoti, ijodiyoti, shoir yashagan zamonning siyosiy, ilmiy-adabiy muhiti haqida tahlil qilingan monografiya chop etildi. Uning birinchi boʻlimida Buxoro, Samarqand, Xorazm, Marv shaharlari qatorida Termiz shahrining ham shu davrdagi ilmiy-adabiy muhiti manbalar bilan isbotlab berildi[7].

Ahmad Abdullayevning adib hayotiga bagʻishlangan qissasi muqaddima va izohdan tashqari 24 bobni tashkil etadi. Unda shoirning umr yillari, fojeali qismati, oʻsha davr Termiz madaniyati haqida batavsil tasvirlangan. Bu toʻplam oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan.

Respublikamiz tarixida Adib Sobir Termiziyni oʻrganishga doir manbalar tartibi:

1. Adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetovning 1966-yilda chop etilgan maqolasi.

2. 1967-yili nashr etilgan, tarixchi Boʻriboy AxmedovningMashhur kishilar hayoti“ kitobi — unda Davlatshoh Samarqandiyning „Tazkirat ush-shuaro“ asaridan parchalaridagi mohir donishmand, fozil shoir Adib Shahobuddin Sobir haqidagi maʼlumotlar keltirilgan.

3. Eshboy Pardayev tomonidan tarjima qilingan Ahmad Abdullayevning 1965-yilgi Adib Sobir Termiziy hayotiga bagʻishlagan nashri. Mazkur oʻzbekcha devon 1982- yilda baʼzi qoʻshimchalar kiritilgan, Eshboy Pardayevning nomi tushurib qoldirilgan holda „Saylanma“ boʻlib dunyoga namoyish qilindi.

4. Eshboy Pardayev va Yoʻldosh Ismoyilov tomonidan yozilgan „Sobir Termiziy“ nomli dramatik asar[8].

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 650.
  2. Ahmad Abdulloyev, Adib Sobir Termiziy, Dushanbe, „Donish“ nashriyoti, 1969-yil, 149-bet
  3. Ahmad Abdullayev, Adib Sobir Termiziy, Dushanbe, „Donish“ nashriyoti, 1969-yil, 147-bet
  4. Davlatshoh Samarqandiy, „Tazkirat ush-shuaro“dan parchalar, „Fan“ nashriyoti, Toshkent, 1967, 22-bet
  5. Muhammad Azimov, „Surxondaryo ijodkorlari“. Qarshi, „Nasaf“ nashriyoti
  6. OʻzME, 1-tom, Toshkent, 2000, 131-bet
  7. J.Esonov, Q.Joʻrayev, „Boysun bayozi“ toʻplamiga kirgan „Serqirra olim“ maqolasi, Toshkent, „Choʻlpon“ nashriyoti, 1996-yil, 144-145-betlar
  8. Abdulla Xolmirzayev. Termizdan nur, Qaraldi: 2023-yil, 45-bet, „Sanʼat“ jurnali nashriyoti, 2015. 

Havolalar

tahrir