Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Terence Tao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Terence Tao
Tavalludi 17-iyul 1975-yil (1975-07-17) (49 yosh)
Adelaide, Janubiy Avstraliya
Istiqomat joylari Los Anjeles, California
Fuqaroligi Avstraliya, AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar California universiteti, Los Angeles
Taʼlimi
Akademik rahbarlari Elias Stein
Mashhur shogirdlari Monica Vișan
Mashhur ishlari Green–Tao teoremasi
Erdős masalasi
Tao tengsizligi
Kakeya taxmini
Horn gipotezasi
Cramer gipotezasi
Collatz gipotezasi
Mukofotlari Fields medali (2006)
Salem mukofoti (2000)
Bôcher memorial mukofoti (2002)
Clay Research mukofoti (2003)
Avstraliya matematik jamiyati medali (2005)
Ostrovskiy mukofoti (2005)
Levi L. Conant mukofoti (2005)
MacArthur mukofoti (2006)
SASTRA Ramanujan mukofoti (2006)
Sloan stipendiyasi (2006)
Qirollik jamiyat aʼzosi (2007)
Alan T. Waterman mukofoti (2008)
Onsager medali (2008)
Convocation mukofoti (2008)
Qirol Faysal xalqaro mukofoti (2010)
Nemmers matematika mukofoti (2010)
Pólya mukofoti (2010)
Crafoord mukofoti (2012)
Matematikada yutuq mukofoti (2014)
Royal medal (2014)
PROSE mukofoti (2015)
Veb-sayt terrytao.wordpress.com

Terence Chi-Shen Tao(talaffuzi: Terens Chi-Shen Tao) (1975-yil 17-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik-amerikalik matematik. Tao matematikaning turli sohalarida ishlab keladi. Tao 2006-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Tao garmonik analiz, differensial tenglamalar, kombinatorika, sonlar nazariyasi, tasavvurlar teoriyasi sohalarini oʻrganib keladi. Ingliz matematigi Benjamin Green bilan hamkorlikda oddiy sonlarning cheksiz uzunlikdagi arifmetik progressiyalari mavjudligini isbotlab, shuhrat qozongan. Olim hozirda Los Angelesdagi California universitetida ishlaydi.

2007-yil 18-maydan London qirollik jamiyatining aʼzosi. 2008-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi va 2009-yildan beri Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi. Tao Qirol Faysalning fan boʻyicha xalqaro mukofoti sovrindori. Tao faoliyatining oʻziga xosligi shundaki, u koʻplab matematik bilan juda faol hamkorlik qilib keladi, bir vaqtning oʻzida zamonaviy matematikaning xilma-xil boʻlimlarini oʻrganib keladi hamda oʻz faoliyatini oʻz blogida yoritib keladi.