Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Alexander Grothendieck

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander Grothendieck
Tavalludi 28-mart 1928-yil
Berlin, Prussiya, Germaniya
Vafoti 13-noyabr 2014-yil(2014-11-13)
(86 yoshda)

Saint-Lizier, Fransiya
Fuqaroligi Fuqaroligi yoʻq (1945–1971)
Fransiya (1971-yildan)
Sohasi Matematika
Institutlar Ilmiy tadqiqot oliy instituti
Montpellier universiteti
São Paulo universiteti
Taʼlimi Montpellier universiteti
Nancy universiteti
Akademik rahbarlari Laurent Schwartz
Mashhur shogirdlari Pierre Berthelot
Mashhur ishlari algebraik geometriya hamda ushbu soha bilan sonlar nazariyasi va topologiya oʻrtasidagi sintez
Mukofotlari Fields medali (1966)
Crafoord mukofoti (1988)

Alexander Grothendieck (talaffuzi: Aleksandr Grotendik) (28-mart 1928-yil – 13-noyabr 2014-yil) – fransiyalik matematik. U „Nicolas Bourbaki“ taxallusi ostida ijod qilgan matematiklar guruhining aʼzosi boʻlgan. Grothendieck algebraik geometriya, sonlar nazariyasi, toifalar nazariyasi va gomologik algebra sohalariga katta hissa qoʻshgan. U 1966-yil Fields medali va 1988-yilda Crafoord mukofoti bilan taqdirlangan.

Grothendieck tadqiqotlari algebraik geometriya sohasi kengayishi olib keldi, uning „nisbiy“ qarashlari esa sof matematikaning bir necha sohasida yirik yutuqlarga sabab boʻldi. Koʻpchilik Grothendieckni 20 asrning eng buyuk matematigi deb hisoblaydi.

Grothendieck Germaniyada tugʻilgan, ammo Fransiyada ulgʻaygan. Uzoq yillar davomida uning fuqaroligi boʻlmagan. U matematikadagi faoliyatini 1949–yilda boshlagan. 1958–1970-yillarda Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan. Keyinchalik Montpellier universitetida ishini davom ettirgan. 1988-yilda rasman nafaqaga chiqqanidan keyin, Fransiyaning Lasserre qishlogʻiga koʻchib borib, yolgʻiz yashadi. 2014-yil vafot etgunicha matematik masalalar ustida ishlashda davom ettirdi.