Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Pukyong milliy universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shiori Kelajak o`z qo`llarimizda
Asos solingan sanasi 1996[1]
Rektori Jang Young Soo
Fakultetlar 573 ta
Talabalari 27,954
Bakalavriat 25,341
Magistratura 2,613
Kampusi Daeyeon, Yongdang
Veb-sayti http://www.pknu.ac.kr/index.do

Pukyong milliy universiteti (PKNU) – 1996-yilda tashkil etilgan Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi universitetdir. Universitetda ikkita kampus mavjud: Daeyeon-dong va Yongdang-dong. PKNU anʼanaviy ravishda baliqchilik fanlari va boshqa dengiz sohalariga eʼtibor qaratadi va dengiz va texnologiya tadqiqotlari uchun keng imkoniyatlarga ega.

PKNU 1996-yilda ikkita milliy universitet Pusan milliy baliqchilik universiteti(1941) va Pusan milliy texnologiya universitetining (1924) birlashishi natijasida tashkil etilgan. Tarixiy jihatdan, Daeyeon-dong baliqchilar yashaydigan kichik baliq ovlash qishlogʻi edi. 20-asrning dastlabki yillarida baliqchilik rivojlandi va aholi katta daromad olishgan. Ular pulni hozirgi Daeyeon-dong kampusi maydonini sotib olishga sarflaganlar va uni oʻquv markazi tashkil etish sharti bilan hukumatga xayriya qilishgan. Koreya urushi paytida Daeyeon kampusi AQSh havo kuchlari tomonidan aerodrom sifatida ishlatilgan. Bugungi kunda bu bino talabalar oshxonasi sifatida ishlatiladi.

PKNU muzeyi Cheongun binosining birinchi va ikkinchi qavatlarida joylashgan. U Janubiy Koreyadagi universitetlar orasida baliqchilik va dengizshunoslik sohasidagi eng katta materiallar toʻplamiga ega. 2278 ta eksponat, shu jumladan 1262 ta madaniy ob’ektlar, 374 ta dengiz organizmlari, 287 ta baliq ovlash uskunalari va baliq ovlash kemalari, 55 ta kemalar, PKNUga oid 283 ta tarixiy materiallar mavjud[2].

  1. University, Pukyong National „Briefing < About PKNU < Pukyong National University“. www.pknu.ac.kr. 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  2. Pukyong National University (English)