Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kangwon milliy universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
koreyscha: 강원대학교
Turi davlat
Asos solingan sanasi 14-iyun, 1947-yil (77 yil avval) (1947-06-14)
Rektori Dr. Heon Young Kim
Fakultetlar 964 ta
Talabalari 38,264
Bakalavriat 34,335
Manzili
Chuncheo,Gangwon South Korea Janubiy Koreya
Veb-sayti kangwon.ac.kr/english

Kangwon Milliy Universiteti (KNU) – Janubiy Koreyaning Gangwon shahridagi oʻnta yetakchi davlat universitetlaridan biri hisoblanadi. Dastlab 1947-yilda Chuncheon shahrida Chuncheon qishloq xoʻjaligi kolleji sifatida tashkil etilgan boʻlib, 1978-yilda keng qamrovli universitetga aylandi. Hozirda KNU tarkibiga 93 ta kafedra va 5 ta aspiranturaga ega 19 ta kollej kiradi

Dastlab qishloq xoʻjaligi kolleji sifatida tashkil etilgan Kangwon milliy universiteti bugungi akademik sohalarning barcha spektrini qamrab oladi. KNU tarkibiga 1997-yilda tibbiyot dasturi va 2000-yilda universitet kasalxonasi qoʻshilib, kengaytirildi.2002-yilda universitet aspiranturalarida „Sud ishlari oliy maktabi“ deb nomlangan yuridik maktab tashkil etilgan boʻlib, „Koreya huquqtizimini isloh qilish“ning dastlabki bosqichi uchun namuna sifatida ochilgan Janubiy Koreyadagi yagona laboratoriya maktabidir. 2006-yilda KNU Samcheok universiteti bilan birlashdi va KNUning mavjud kollejlariga veterinariya tibbiyoti va axborot texnologiyalari kollejlari qoʻshildi.2009-yil 2-martdan boshlab KNU Koreya hukumati tomonidan rasman tasdiqlangan universitet sifatida professional yuridik maktabni boshqaradi[1].

Hozirgi vaqtda,KNU bakalavriat va magistratura bosqichida 20 000 dan ortiq talabalarni qabul qiladi. Janubiy Koreyaning koʻplab universitetlari singari, KNU oʻquv jadvali ham semestr tizimiga asoslanadi: bahorgi semestr har yili mart oyining birinchi haftasidan boshlanadi va kuzgi semestr, odatda, avgust oyining toʻrtinchi haftasida boshlanadi.

Toʻlov miqdori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakalavr (bir semestr uchun):

Boʻlim Kontrakt miqdori (2012)
Gumanitar va ijtimoiy fanlar 1,719(USD) / 1,913,000(KRW)
Natural Sciences I 2,074(USD) / 2,309,000(KRW)
Tabiiy fanlar II 1,905(USD) / 2,121,000(KRW)
Muhandislik 2,183(USD) / 2,430,000(KRW)
Sport 2,182(USD) / 2,429,000(KRW)
Sanʼat 2,266(USD) / 2,523,000(KRW)

Universitet hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har yili may oyida Kangwon milliy universiteti talabalari uyushmasi tomonidan klublar, mashhur koʻngilochar tadbirlar va boshqa tomoshalardan iborat boʻlgan Dae Dongje shahrida universitetning asosiy tadbiridi oʻtkaziladi.

  1. Korean Law School List Announced, Korean Law Blog, January 31, 2008