Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Svante Pääbo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Svante Pääbo
Tavalludi
Svante Pääbo

20-aprel 1955-yil (1955-04-20) (69 yosh)
Fuqaroligi Shvetsiya
Kasbi
Turmush oʻrtogʻi
Linda Vigilant (turm. 2008)
Otasi Sune Bergström[1][2]
Onasi Karin Bergström[1]

Svante Pääbo yoki Svante Peebo[3](talaffuzi: Savante Paabo)(1955-yil 20-aprel, Stokgolm) shved biologi, genetik olim. Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori (2022). Nobel qoʻmitasida Pääboning asarlari ilmiy jamoatchilik tomonidan inson evolyutsiyasini yaxshiroq tushunish uchun ajoyib qoʻllanma ekanligi taʼkidalb oʻtildi[4].

Pääbo Svante Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi (2000), Leopoldina (2001), AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi (2004), Fransiya Fanlar Akademiyasi (2015)[5] va London Qirollik Jamiyatining aʼzosi hisoblanadi (2016).

Pääbo bioximik Sune Bergström[6][7][8] va estoniyalik kimyogar Karin Pääbo (1925—2013)ning farzandi hisoblanadi[9]. Uning otasi fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1982) sovrindori. Pääbo Bagarmossenda oʻsgan. U onasi tomonidan tarbiyalangan (uning onasi Sunening laboratoriyasida laborant boʻlib ishlagan), chunki Sune Bergströmning oʻsha paytda boshqa oilasi mavjud edi[10].

U Uppsala shahridagi Shvetsiya qurolli kuchlar maktabi[sv]ning tarjimonlar sinfida rus tilini (1975—1976)[11], bir vaqtning oʻzida 1975—1977-yillarda Uppsala universitetida Misrologiya, Qibtiy tilini oʻrgangan[12]. 1980-yilda Uppsala universiteti tibbiyot fakultetini tugatgandan soʻng, u qisqa muddat shifokor boʻlib ishlagan va 1981-yilda Uppsala universitetiga qaytib kelgan u yerda Sitologiya kafedrasi aspiranturasiga oʻqishga kirgan. Molekulyar immunologiya boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (1986). Keyin Pääbo qisqa muddat Syurix universitetidagi Molekulyar biologiya markazida va Londondagi Saraton tadqiqotlari institutida ishlagan. 1987—1990-yillarda u Berkeleydagi Californiya universitetida, Allan Uilson laboratoriyasida doktoranturadan keyingi tadqiqotlar olib borgan. Pääbo labaratoriyada zamonaviy davrda yoʻqolib ketgan qoldiqlar va hayvonlarning genetik materialini ajratib olish bilan shugʻullangan. 1990—1997-yillarda Myunxen universitetida umumiy biologiya professori, 1997-yildan Leipzigdagi Evolyutsion antropologiya institutida genetika kafedrasi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2008-yilda u oʻzining hamkasbi, amerikalik primatolog va genetik Linda Vigilant bilan turmushga chiqdi, u bilan bir oʻgʻil va bir qizi bor[13].

Pääbo paleogenetika fanining asoschilaridan biri boʻlib, genetik usullar yordamida birinchi odamlar va gominidlarni oʻrganish bilan shugʻullangan. U bu sohadagi faoliyatini 1984-yilda Yevropa muzeylari kolleksiyalaridan qadimgi Misr mumiyalarini oʻrganishdan boshlagan va piramidalarga Misrshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi yordamida kirish imkoniga ega boʻlgan. 1985-yilda tarixda birinchi marta mumiyalardan genetik material olingan[14]. 2006-yilda u neandertal genomini toʻliq dekodlash rejasini eʼlon qilgan. 2009-yil fevral oyida dastlabki natijalar eʼlon qilingan va 2010-yil may oyida ular Science jurnalida chop etilgan. 2010-yil mart oyida Oltoydagi Denisova gʻorida topilgan suyak boʻlagidan olingan DNKni oʻrgangan Pääbo guruhi antik davrda ilgari nomaʼlum boʻlgan gominidlar turi — Denisov odami mavjud degan xulosaga kelishgan. 2016-yilda Pääbo guruhi dunyo boʻylab qariyb 2000 kishining genomlarini qiyosiy tahlil qilish asosida neandertallar va homo sapiensning turli guruhlari oʻrtasida chatishtirishning kamida uchta epizodi boʻlishi mumkin degan xulosaga kelishgan.

2002-yilda Pääbo guruhining „gen tili“ hisoblangan FOXP2ning kashf etilishi haqidagi eʼloni keng jamoatchilik eʼtiroziga va ilmiy muhokamalarga sabab boʻlgan.

1 1992-yil Leibniz mukofoti
2 1998-yil Yevropa akademiyasi aʼzosi
3 1999-yil Berlin-Brandenburg fanlar akademiyasi aʼzosi
4 2004-yil Saksoniya fanlar akademiyasi aʼzosi
5 2008-yil "Xizmatlaru uchun" ordeni
6 2009-yil "Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun" ordeni
7 2011-yil Amerika fanlar akademiyasi aʼzosi
8 2013-yil Gruber mukofoti
9 2014-yil M.V.Lomonosov nomidagi oltin medal sohibi
10 2015-yil Galway Irlandiya Milliy Universiteti faxriy doktori
11 2016-yil Tibbiy sohadagi yutuqlari uchun mukofoti
12 2017-yil Dan David mukofoti
13 2018-yil Asturiya malikasi mukofoti
14 2018-yil Körber mukofoti
15 2018-yil Nierenberg mukofoti
16 2019-yil Wiley mukofoti
17 2019-yil Darwin–Wallace medali
18 2020-yil Yaponiya mukofoti
19 2021-yil Messri mukofoti
20 2022-yil Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti

Neandertal odam: Yoʻqolgan genomlarni izlab. — Trans. ingliz tilidan. E. Naimark. — M. : AST. Korpus — 2018. — 416 b. — ISBN 978-5-17-091066-3

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. „Как правильно передавать фамилию Pääbo?“. 30-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2013-yil.
  4. Наталья Костарнова. „Homo sapiens получил Нобелевку за гоминидов“. «Коммерсантъ» (3-oktabr 2022-yil).
  5. „Svante Pääbo | Liste des membres de l’Académie des sciences / P | Listes par ordre alphabétique | Listes des membres | Membres | Nous connaître“. 18-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2018-yil.
  6. Claudia Dreifus. Searching for Answers in Very Old DNA. A conversation with Svante Paabo. The New York Times. June 23, 2014
  7. Elizabeth Kolbert. Sleeping with the Enemy. What happened between the Neanderthals and us? The New Yorker. August 15, 2011.
  8. Robin McKie. Svante Pääbo: the DNA hunter taking us back to our roots. The Guardian. 15 February 2014.: „I grew up as the secret extra-marital son of Sune Bergström“.
  9. Svante Peabo. Neandertales. V poiskax ischeznuvshix genomov. — M.: AST. Corpus — 2018. — 416 s.
  10. Svante Pääbo: The Neanderthal Man
  11. Karin Bojs. My European Family. The First 54,000 years. Chapter 2. Neanderthals in Leipzig
  12. Nick Zagorski. Profile of Svante Pääbo (PNAS)
  13. The Gruber Foundation: Svante Pääbo
  14. Harold M. Schmeck Jr. „Intact Genetic Material Extracted from an Ancient Egyptian Mummy“. New York Times (16-aprel 1985-yil). 23-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentyabr 2017-yil.