Hans Adolf Krebs
Qiyofa
Hans Adolf Krebs (1900. 25.8, Xildesxaym, Germaniya — 1981)— ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati (1947-yildan) va AQSH Milliy Fanlar akademiyasi (1964-yildan) aʼzosi. Gyottingen, Freyburg, Myunxen va Berlin universitetlarida oʻqigan (1919—1925) va ishlagan (1926—33). Oksforddagi Qirol kasalxonasi professor (1967-yildan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmida moddalar almashinuvini oʻrganishga oid. 1932-yilda aminokislotalardan karbamid (siydikchil) hosil boʻlishini aniqlagan (ornitin halqasi). 1937-yilda trikarbon kislotalar halqasini (qarang Krebs halqasi), shuningdek, organizmda dikarbon va trikarbon kislotalar siklini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1953).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |