Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Shensi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shensi — Xitoyning shim.gʻarbiy qismidagi provinsiya. Xuanxe daryosining oʻrta oqimi havzasvda. Maydoni 195,8 ming km². Aholisi 35,9 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Sian shahri shahrida qadimdan dehqonchilik rivojlangan. Jami ekin maydonlarining yarmidan koʻprogʻiga donli ekinlar (bugʻdoy, tariq, sholi) ekiladi. Paxta, moyli oʻsimliklar yetishtiriladi. Janubiy dagi hududlarda yiliga 2 marta hosil olinadi. Bu yerda tung, lok daraxtlari, sitrus mevalar oʻstiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol boqiladi. Toshkoʻmir, temir rudasi, neft qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sian, Baotszi.

SH. hududining bir qismi mil. av. 6— 4-asrlarda Sin podshohligi tarkibida boʻlgan. 9-asrdan hozirgi nomi bilan ataladi.