Samuel Eilenberg
Samuel Eilenberg | |
---|---|
Tavalludi |
30-sentyabr 1913-yil Varshava, Polsha, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
30-yanvar 1998-yil (84 yoshda) New York, AQSh |
Fuqaroligi | Polsha, Amerika |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari | Columbia universiteti |
Taʼlimi | Varshava universiteti |
Akademik rahbarlari |
Kazimierz Kuratowski Karol Borsuk |
Mashhur shogirdlari |
Jonathan Beck David Buchsbaum Martin Golumbic Daniel Kan William Lawvere Ramaiyengar Sridharan Myles Tierney |
Mashhur ishlari | Eilenberg–Steenrod aksiomalari |
Mukofotlari |
Wolf mukofoti (1986) Steele mukofti (1987) |
Samuel Eilenberg (talaffuzi: Samuel Eylenberg) (30-sentyabr 1913-yil — 30-yanvar 1998-yil) — Polshada tugʻilgan amerikalik matematik. Eilenberg algebraik topologiya va gomologik algebra sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1986-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Eilenberg 1936-yilda Varshava universitetida polshalik matematik Karol Borsuk rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1939-yilda natsistlarning Polshani bosib olishi xavfi va otasining qistovi bilan AQShga koʻchib ketgan, 1948-yilda AQSh fuqaroligini olgan. 1940–1946-yillarda Michigan universitetida, 1946–1947-yillarda Indiana universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1947-yildan 1982-yilgacha Columbia universitetida dars bergan.
Eilenberg asosiy ishlarini algebraik topologiya sohasida yozgan. Norman Steenrod bilan hamkorlikda gomologiyaga doir aksiomalar ustida ishlagan. Bu aksiomalar bugungi kunda Eilenberg–Steenrod aksiomalari nomi bilan tanilgan. Olim, shuningdek, Saunders Mac Lane bilan hamkorlikda turkum nazariyasini ishlab chiqqan.