1998
Qiyofa
(1998-yildan yoʻnaltirildi)
1998-yil — „Oila yili“. 13-yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Alpomish“ dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
Ming yilliklar: | 2-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Oʻzbekiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 26-yanvar — Tolibjon Sodiqov nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- 27-yanvar — Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi eʼlon qilindi.
- Yanvar — Gulistonda „Lechiva farmsanoat“ Oʻzbekiston — Chexiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
- 2-fevral — Respublika „Oila“ ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
- 4-fevral — Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi qaroriga muvofiq „Us toz“ Respublika jamgʻarmasi tuzildi.
- 19-fevral — Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Xitoy hukumatlari oʻrtasida Toshkent—Andijon—Oʻsh—Qashqar avtomobil yoʻlida xalqaro avtomobil transporti qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolanib, yoʻl qurilishi boshlandi.
- 24-fevral — „Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida“ qaror chiqdi.
- 24-fevral — Toshkent pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.
- Fevral — „Toshkent traktor zavodi“ davlat aksiyadorlik jamiyatida 22 va 32 ot kuchiga ega boʻlgan ikki turdagi mini traktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqaradigan Xitoy bilan qoʻshma korxona tashkil etildi.
- 4-mart — Toshkentda Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv markazi tashkil etildi.
- 26-mart — „Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq „Oʻzbekteatr“ ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi.
- Mart — Qoʻqon elektr mashinasozlik zavodida Asakadagi „OʻzDEUavto“ korxonasida tayyorlanadigan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
- Mart — Toshkentda oʻzbek va rus tillarida „Huquq“ — „Pravo“ ilmiy-nazariy yuridik jurnalining 1-soni chiqdi.
- Mart — Toshkent va Fargʻona shaharlarida Ahmad al-Fargʻoniyning 1200-yilligiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
- Mart — Oʻzbekiston „Olimpiya shonshuhrati“ muzeyiga Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining „Olimpiya shon-shuhrati“ muzeyi filiali maqomi berildi.
- 3-aprel — Urganchda Xorazmiy va Beruniy nomlaridagi bogʻlarga asos solishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
- 9-aprel — „Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
- 21-aprel — Oʻzbekiston Respublikasidagi umumtaʼlim maktabi va boshqa oʻquv muassasalarining „Yoshlik“ koʻngilli sport jamiyati tuzildi.
- 23-aprel — „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
- 30-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida „Yer kodeksi“, „Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida“, „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“, „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“, „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“ (yangi tahrirda) qonunlar qabul qilindi; Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi tasdiqlandi.
- Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi tashkil etildi.
- 4-may — Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika „Oʻzbek muzey“ jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- 12-may — „Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvoni taʼsis etildi.
- 22-may — Oʻzbek alpinistlaridan birinchi boʻlib Rustam Rajabov Jomolungma (Everest) choʻqqisini zabt etib, Oʻzbekiston bayrogʻini oʻrnatdi.
- May — Navoiy viloyatida Qizilqum fosforit kombinatining birinchi navbati ishga tushdi.
- May — Toshkentda Xalqaro xususiy sugʻurta kompaniyasi ochildi.
- May — Toshkent rus yosh tomoshabinlar teatri Oʻzbekiston yoshlar teatriga aylantirildi.
- 24-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
- Iyul — Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaradigan „Sanlayt“ Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
- 25-avgust — „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni taʼsis etildi.
- 28-29-avgust — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida „Davlat yer kadastri toʻgʻrisida“, „Madaniy boyliklarni chetga olib chiqish va olib kelish toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.
- 28-avgust — „El-yurt hurmati“ ordeni taʼsis etildi.
- 29-avgust — Toshkentda „Kuch — adolatda“ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi gazetasining 1-soni chiqdi.
- Avgust — Oʻzbek uchuvchi-astronavti S.Sharipov amerikalik va rossiyalik 7 kishilik ekipaj tarkibida „Endever“ kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.
- 6-sentyabr — Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi.
- 16-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
- 24-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
- 25-sentyabr — „Turkiston-Press“ nodavlat axborot agentligi tashkil etildi.
- 28-sentyabr — Toshkentda Osiyo Taraqqiyot bankining doimiy vakolatxonasi ochildi.
- 30-sentyabr — Hazoraspdagi Oʻzbekiston—Turkiya Xorazm qand zavodi qoʻshma korxonasida dastlabki qand mahsuloti ishlab chiqarildi.
- 23-oktyabr — Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 40 mamlakatidan mehmonlar ishtirok etdi. Shu kuni Xartang qishlogʻida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilish marosimi boʻldi.
- 24-oktyabr — Fargʻona viloyatida Ahmad al-Fargʻoniy tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimlar boʻlib oʻtdi. Fargʻona shahrida Ahmad al-Fargʻoniy nomi bilan ataladigan istirohat bogʻi ochildi. Quva shahrida Ahmad al-Fargʻoniyga haykal oʻrnatildi.
- 6-noyabr — Toshkentda YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi boʻlib oʻtdi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor boshchiligidagi guruh Toshkent davlat universitetida Mirzo Ulugʻbek nomidagi YUNESKO kafedrasi ochilishi marosimida ishtirok etdi.
- 13-14-noyabr — Termizda birinchi „Alpomish oʻyinlari“ festivali oʻtkazildi.
- 17-noyabr — Toshkentda „Inson huquqlarini himoya qilish nohukumat tashkilotlarining roli“ mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
- Noyabr — Oʻzbekistonning „Farmed“ xususiy firmasiga xalqaro mukofot — „Sifat oltin yulduzi“ topshirildi.
- Noyabr — Toshkentda sinxron suzish boʻyicha „Suv parisi“ 1-xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
- Dekabr — „Oʻzbekneftgaz“ neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.
- 22-dekabr — Bangkokda oʻtkazilgan 13-Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar sportning 23 turi boʻyicha 42 mamlakat sportchilari bilan bellashib, oʻnta eng kuchli jamoa safiga kirdi va 40 ta medal — 6 ta oltin, 22 ta kumush va 12 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
- 24-25-dekabr — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 13-sessiyasida „Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida“ qonun qabul qilindi.
- 1998 — Namangan sanoat-texnologiya instituti Namangan muhandislikpedagogika instituti deb qayta nomlandi.
- 1998 — „Paxtasanoatilm“ ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
- 1998 — Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi tashkil etildi.
- 1998 — Toshkentda „Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi“ tashkil etildi.
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1998-yil voqealari
- iyun — Indoneziyada talabalar namoyishidan boshlangan norozilik toʻlqini prezident Suxartoning isteʼfoga chiqishiga olib keldi.
- noyabr — Indoneziyaning uchinchi prezidenti etib Baxarutdin Habibiy saylandi. Bu davrda mamlakatda siyosiy va ijtimoiy beqarorlik yuz berdi.
- Venesuelada parlement saylovlarida vatanparvarlar bloki galaba qildi.
- GUAM shartnomasi imzolandi. U Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova oʻrtasida transport hamkorligi integratsiyaviy jarayonlarini amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad kilib kuydi.
- Vengriya va Chexiya NATOga aʼzo boʻlib kirdi.
- 1-yanvar — v Rossii v xode denominatsii vnov vvedena v obraщenie копейка.
- 23-mart — otstavka premer-ministra Rossii V. S. Chernomirdina.
- aprel — utverjdenie v doljnosti premer-ministra Rossii S. V. Kirienko.
- 17-iyul — morskaya burya unichtojila neskolko dereven Papua-Novoy Gvinei.
- 17-iyul — kosovskie албанцы zaxvatili gorod Oraxovsi (Yugo-Zapad Косово).
- 17-iyul — v Petropavlovskom sobore Peterburga zaxoroneni ostanki, priznannie ostankami semi Nikolaya II, poslednego russkogo императорa.
- 17-avgust — Правительство Rossiyskoy Federatsii obyavlyaet дефолт.
- 9-sentyabr — Yevgeniy Primakov naznachen premer-ministrom Rossii.
- 29-oktyabr — SShA bil zapuщen v kosmos samiy stariy astronavt — Djon Glenn (v vozraste 77 let i 103 dney). Primechatelno, chto Glenn bil i samim pervim amerikanskim astronavtom, sovershivshim orbitalniy kosmicheskiy polyot (eщyo v 1960-x gg.), podobno Yuriyu Gagarinu v Sovetskom Soyuze.
- 20-noyabr — Rossiya zapustila perviy element МКС — funksionalno-gruzovoy blok „Zarya“. Nachalo stroitelstva Mejdunarodnoy kosmicheskoy stansii
- 29-dekabr — Qizil Kxmerlar 1 million kishi vafot etgan 1970-yillar genosidi uchun uzr soʻraydilar.
Tugʻilgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1998-yilda tugʻilganlar
Vafot etgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1998-yilda vafot etganlar
- 21-aprel — Jan-Fransua Liotar, fransuzskiy filosof i teoretik literaturi.
- 14-may — Frenk Sinatra, amerikanskiy peves.
- 3-avgust — Alfred Garrievich Shnitke, sovetskiy i rossiyskiy композитор i pianist.
- 4-avgust — Артюхин, Юрий Петрович, russkiy kosmonavt.
- 24-sentyabr — Альтшуллер, Генрих Саулович, russkiy izobretatel i pisatel-fantast, avtor ТРИЗ.
- 23-oktyabr — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985), (1989-1991), militsiya general-mayori, 20 dan oshiq orden va medallar bilan taqdirlangan
- 18-dekabr — Дёмин, Лев Степанович, russkiy kosmonavt.
- Fizika — Robert Laflin, Xorst Shtermer i Deniel Tsui — „Za otkritie novoy formi kvantovoy jidkosti (pri nizkix temperaturax i silnom magnitnom pole) v chastitsi s novimi svoystvami, imeyuщimi, v chastnosti, drobniy elektricheskiy zaryad“.
- Ximiya —
- Meditsina i fiziologiya —
- Ekonomika —
- Literatura — Joze Saramagu — „Za raboti, kotorie, ispolzuya pritchi, podkreplyonnie voobrajeniem, sostradaniem i ironiey, dayut vozmojnost ponyat illyuzornuyu realnost“.
- Premiya mira —
Bu maqola ruscha yozilgan. | |
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |