Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ov itlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ov itlari — ovchilikda foydalanadigan maxsus it zotlari guruhi. Yer sharida 100 dan ortiq Ov itlari zoti bor. Qimmatbaho moʻynali hayvonlar (olmaxon, suvsar, sobol), asosan, Ov itlari yordamida ovlanadi. Ov itlari zoti bir necha guruhga boʻlinadi: laykalar — oʻrmonli joylarda moʻynali va tuyokli hayvonlar (yovvoyi choʻchqa, los, bugʻu), shuningdek, oʻrmon, oʻrmondasht zonalaridagi yovvoyi, suvda suzuvchi par-randalarni ovlashda foydalaniladi. Laykalar ovlangan hayvon yoki parrandalarni qidirib topib, ovchi kelgu-nicha ushlab turadi. Tez yugurar tozilar — oʻrmon, oʻrmondasht zo-nalarida quyon, tulki, boʻri, chiyaboʻri, silovsin va tuyokli hayvonlarni ovlashda foydalaniladi. Ular, ovchi oʻljasini otmaguncha, vovullab hayvon izidan boraveradi. Tozilar — quyon, tulki, oʻrmondasht, dasht va yarim choʻl rayonlarida mayda tuyoqli hayvonlarni ovlashda foydalaniladi. Tozilar katta, oʻziga xos tana tuzilishiga ega, kuchli it, koʻzi oʻtkir, tez yugurishga moslashgan (20 m/sek gacha yugura oladi). Ular hayvonlarni quvib ushlab oladi (yoki boʻgʻadi). U ya itlari (taksa, teryerlar, foksteryerlar) — inlaridagi tulki, boʻrsiq, yenotsimon itlarni ovlash uchun foydalaniladi; ular inlaridagi hayvonlarni ovchi oldiga haydab chiqaradi yoki inida holsizlantiradi. Iskovuchlar (setter, poynterlar va boshqalar) — botqoq, oʻrmon, dasht va suvda suzuvchi parrandalarni hidlab topib pisib yotgan joyini ovchiga bil-diradi. Ovchining imosi bilan parrandani choʻchitib, otishga qulay qilib beradi. Spaniyellar yerda pisib yotgan parrandalarni choʻchitib, uchiradi. Otilgan parrandalarni topib, ovchiga olib keladi. (yana qarang It, Itchilik).

  • Posobiye po sobakovodstvu, 2 izd., M., 1973.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil