Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Huquq
Huquq

Huquq – davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umuman majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. Huquq davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari oʻrtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik huquqi, mehnat huquqi); vakolatli organlar, davlat boshqaruvi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat huquqi, protsessual huquq) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy huquq). Huquq normalari boshqa ijtimoiy tartibga soluvchi normalar (din, axloq, odat va boshqalar)dan oʻzining majburiyligi bilan ajralib turadi.

Huquqning ikki yoki undan ortiq davlatlarning xohish-irodasi, istaklari bilan vujudga keltiriladigan xalqaro huquq hamda faqat bir davlat doirasida boʻlgan milliy huquq koʻrinishlari bor. Fanda huquqni „geografik“ jihatdan boʻlib talqin qilish ham mavjud. Unga koʻra quyidagi huquqiy tizimlar („huquq oilalari“) farqlanadi: kontinental (yoki romangerman), anglosakson (yoki ingliz-amerika), indeys, musulmon huquqi. Qiyosiy huquq-shunoslik namoyandalari „sotsialistik davlat“lar deb atalgan davlatlar Huquqini ham alohida tizimga kiritishni taklif etadilar. Oʻzbekiston Respublikasi huquqi kontinental huquq tizimiga mansub.

Huquqning oʻziga xos umumiy va maxsus belgilari mavjud. Huquqning ijtimoiyligi, normativ koʻrsatmalardan iboratligi, adolat va erkinlik gʻoyalarini ifodalashi, umummajburiy va irodaviy xususiyatlari, qonuniy aniqligi, rasman belgilanganligi, tizimligi va joʻshqinligi, davlat tomonidan muhofaza etilishi shular jumlasidandir. Huquq tushunchasi va mohiyatini aniqlash boʻyicha uchta asosiy yondashuv bor: a) Huquqga mutlaq yuridik normalar tizimi sifatida qarovchi normativ yondashuv (buni huquqni tor maʼnoda tushunish ham deyiladi); b) Huquqni u tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar bilan tenglashtiruvchi sotsiologik yondashuv; v) Huquqni erkinlik va adolat mezoni bilan bogʻlovchi falsafiy yondashuv (keyingi ikki yondashuvni huquqni keng maʼnoda tushunish ham deyiladi). Shu bilan birga huquqshunoslik fanida qadimdan hisoblangan va puxta ishlab chiqilgan huquqning tabiiy huquq va pozitiv huquqqa boʻlinish gʻoyasi mavjud. Pozitiv huquq davlat huquqiy ijodkorlik faoliyatining natijasi, mahsuli hisoblanadi. U davlat qabul qilgan normalarda, yaʼni qonunchilik-da, shuningdek, boshqa huquqiy manbalarda ifodalangan huquqdir. Yurispridensiyada huquq tizimi ikkiga ajratiladi: xususiy huquq va ommaviy huquq. Fuqarolik huquqi (ashyo huquqi, majburiyat huquqi, savdo huquqi, oila Hhuquqi, meros huquqi, tijorat huquqi) xususiy huquqqa tegishlidir. Ommaviy huquqqa esa davlat, moliya, jinoyat, protsessual va xalqaro huquq kiritiladi.

Huquq jamiyat hayotining turli sohalari – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Yuridik nuqtai nazardan bu funksiyalarni ikki turga: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qoʻriqlovchi) funksiyalarga ajratish mumkin. Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat aʼzolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini oʻrnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy asosga qoʻyishdan, insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy aloqalarni uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Huquqning negativ funksiyasi uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy taʼsir etish yoʻnalishi boʻlib, u umumiy ahamiyatga molik iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini taʼminlashga va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi. Huquqning bu funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda aniq namoyon boʻladi. Tegishli davlat idoralari huquq sohiblari tomonidan qonun talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu ish huquq buzilishlari faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan taʼminlanadi.

Huquqning nazariy masalalarini Gʻarbda, jumladan, Yevropada ijtimoiy fan soha olimlari, ayniqsa huquqshunoslari teran va izchil yoritib kelmoqdalar. Mustaqillik tufayli Oʻzbekistonda ham bu boradagi urinishlar va saʼyharakatlar, izlanish va tadqiqot ishlari birmuncha kuchaydi. Oʻzbek huquqshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan namoyandalari milliy davlatchilik tarixini, huquq va davlat umumnazariy masalalarini oʻrganish borasida milliy qadriyatlarni, ilmiy merosni zamonaviy umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirishga harakat qilmoqdalar. Bu sohaga milliy istiq-lolni mustahkamlash ishining bir qismi sifatida qaramoqdalar.

Huquqning Tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huquqning tarixi uzoq davrlarni qamrab oladi va turli sivilizatsiyalar tomonidan yaratilgan qonuniy me'yorlarga asoslangan. Quyida huquq tarixi haqida qisqacha ma'lumot:

1. Antik Davr (Miloddan avvalgi 3-ming yillikdan 5-asrgacha):

   - Mesopotamiya: Eng qadimgi huquqiy tizimlardan biri, **Hammurapi qonunlari** (miloddan avvalgi 1754 yil) bilan tanilgan. Bu qonunlar birinchi bo'lib to'liq yozilgan va umumiy axloqiy va ijtimoiy qoidalarni belgilagan.

   - Misr: Misrda faraon hukmronligi ostida jamiyatda qat'iy huquqiy tizim mavjud edi.

   

2. Gretsiya va Rim (miloddan avvalgi 5-asr - milodiy 5-asr):

   - **Yunoniston**: Yunoniston huquqining asosiy xususiyatlari demokratiya va fuqarolik erkinliklarining rivojlanishidir. Athenada fuqarolik huquqlari va saylov huquqi mavjud edi.

   - **Rim imperiyasi**: Rim huquqi butun Yevropaga tarqaldi va Rimning **Corpus Juris Civilis** (Qonunlar to'plami) zamonaviy huquq tizimlariga ta'sir ko'rsatdi.

3. O'rta asrlar (5-15 asrlar):

   - Xristianlik va Islom diniy huquq tizimlariga ta'sir etdi. Shuningdek, feodal tizimi va mamlakatlarda qattiq ijtimoiy qatlamlar o'rtasidagi munosabatlar ham huquq tizimiga o'zgarishlar kiritdi.

   

4. Yangilanish va Inqiloblar davri (16-19 asrlar):

   - Bu davrda huquq tizimida islohotlar amalga oshdi, huquqshunoslik ilmiy asoslarga ega bo'ldi, va **Qonunlar** xalq tomonidan yaratildi, nafaqat monarxlar yoki hukmdorlar tomonidan.

   - Fransiya Inqilobi (1789) va **Amerika Inqilobi** (1776) huquqiy tizimda katta inqilobiy o'zgarishlarga olib keldi.

5. Zamonaviy davr (20-asrdan hozirgacha):**

   - Zamonaviy huquqshunoslikning asosiy prinsiplari inson huquqlari, demokratik erkinliklar, shaxsiy xavfsizlik va adolatni ta'minlashga qaratilgan.

   - Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va xalqaro huquqning rivojlanishi orqali davlatlararo munosabatlarni tartibga solish maqsadida xalqaro qonunlar va konventsiyalar yaratilgan.

Huquqning Turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Davlat huquqi — davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni, ularning huquqiy tizimlarini tartibga soluvchi huquq.

2. Fuqarolik huquqi — shaxslar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni, mulk, shartnomalar va burchlarni tartibga soladi.

3. Jinoiy huquq — jinoiy harakatlarni ta'riflab, jazolarni belgilaydi.

4. Mehnat huquqi — ishchi va ish beruvchi o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

5. Xalqaro huquq — davlatlararo munosabatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi huquqiy normativlar.

Huquqning Jamiyatdagi O'rni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huquq jamiyatda tartibni ta'minlash, adolatni, tenglikni, erkinlikni himoya qilish, shaxsiy huquqlarni kafolatlash va ijtimoiy barqarorlikni yaratishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, huquq jamiyatdagi ijtimoiy masalalarni hal etishda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda, va shaxsiy erkinliklarni himoya qilishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Huquq, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ham kuchli ta'sir ko'rsatadi, davlatlarning xalqaro maydondagi imidji va ularning o'z fuqarolariga bo'lgan munosabatini shakllantiradi.

Aloqodor sahifalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qonunchilik

Huquqshinoslik