Daymyo
Daymyo — oʻrta asrlarda Yaponiyadagi yirik mulkdor knyazlar. "D." istilohi 11-asrda paydo boʻlib, yirik mulkdorlarni anglatgan. 14—15-asrlardan 16-asr oxirigacha D.lar markaziy hokimiyatdan mustaqil boʻlishgan. Tokugava syogunlari hukmronligi davrida (1603—1867) mamlakat birlashtirilgandan soʻng , D.ga yerlarida olinadigan sholi hosili kamida 10 ming koku (1 koku = 150 kg) ga yetgan yirik mulkdorlar mansub boʻlishgan. Knyazliklar iqtisodiy va maʼmuriy siyosiy birliklar hisoblanib, ichki ishlarda D. toʻla hokimiyatga ega edi. Lekin xukumat D.lar ustidan har tomonlama nazoratni kuchaytirib, ularning yerlarini qisqartirgan. 1867—68-yillardagi tugallanmagan burjua inqilobidan soʻng , D. 1869—71-yillarda oʻz yerlaridan mahrum boʻlishgan, knyazliklar urniga prefekturalar barpo etilgan. D.larga katta pul miqdorida tovon tulangan, D.larning bir qismi yirik pomeshchiklarga (mulkdorlarga), ayrimlari — aksionerlar va sanoatchilarga aylangan. Saroy zodagonlari (kuge) bilan birga D.lar (1884-yilda) oliy zodagonlar — kadzokuni tashkil etgan, u 1890—1945-yillarda Yaponiya parlamentidagi perlar palatasida katta imtiyozlarga ega bulgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |