Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Galats

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galats — Ruminiyadagi shahar, Dunay daryosining chap sohilidagi dengiz kemalari kira oladigan port. Galats judesining maʼmuriy markazi. Aholisi 307,4 ming kishi (1990). Yilnomalarda 14-asrdan tilga olingan. Xalqaro savdo markazi sifatida 16-asrdan maʼlum. Temir yoʻl, dengiz, dare, avtomobil va quvur transporta yoʻllarining muhim tuguni. Yirik metallurgiya markazi. Metallsozlik va mashinasozlik, jumladan kemasozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodlari, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, yogʻochsozlik, qurilish materiallari va lak-boʻyoq korxonalari bor. Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va yogʻoch-taxta chiqaradi. G. orqali mamlakatga temir rudasi, koks, paxta, asbob-uskuna va b. keltiriladi. G. baliq sanoati rivojlangan rayonning markazi. Oliy oʻquv yurtlari, madaniyat saroyi, muzeylar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil