Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Akridin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akridin (dibenzopiridin) — och sariq rangli ignasimon kristallar. Qaynash temperaturasi 346°. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Eritmalari havo rang tusda fluores-sensiyalanadi. Akridin toshkoʻmir smolasida uchraydi. Kuchli mineral kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Kimyoviy barqaror, 280° gacha konsentrlangan xlorid kislota va oʻyuvchi kaliy ishtirokida qizdirilganda ham oʻzgarmaydi. Uning baʼzi hosilalari qimmatbaho boʻyoq, ay-rimlari (akrixin, rivanol) esa biologik moddalardir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil