Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Toshkoʻmir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkoʻmiryuksak oʻsimliklar organik qoldiqlarining parchalanishi va atrofini oʻrab turgan Yer poʻsti jinslarining bosimi hamda nisbatan yuqori trada hosil boʻladigan qattiq yoqilgʻi. Qazilma koʻmir turlaridan biri. Qoʻngʻir koʻmirga nisbatan tarkibida uglerodi koʻp; zich, tim qora, baʼzan qoʻngʻir qora, yogʻsimon yaltiraydi, yarim yaltiroq yoki xira boʻladi. Koʻmirga aylanish darajasiga koʻra, T. qoʻngʻir koʻmir bilan antratsit (koʻmirning eng toza xili) oraligʻida turadi. Odatda, qoʻlga yuqmaydigan yirik yoki mayda donali boʻladi. Tarkibida 75—97% va undan koʻproq uglerod; 0,5—4% oltingugurt; 1,5% gacha azot, 42 dan.7—12% gacha uchuvchan moddalar boʻladi. T.ning namligi 4 dan 14% gacha oʻzgarib turadi; kuli, odatda, 2—4% dan 45% gacha. Eng yuqori yonish issiqligi 5700 kkalGʻ kg. T. Yer qobigʻi yuqori qismining oʻsimlik qoldiklari parchalanishidan hosil boʻladi. Yonuvchi massasida uglerod miqdori koʻpayib, kislorod, vodorod, uchuvchan moddalar kamayib boradi; shu bilan birga uning yonish issikligi va boshqa xossalari xam oʻzgaradi. T. silur va devon davridan boshlab barcha geologik sistemalarda paydo boʻlgan. Toshkoʻmir, perm va yura sistemalari qatlamlarida ayniqsa koʻp. U turli qalinliqdagi (0,1 m dan boshlab bir necha oʻn m qalinlikda) qatlam holida boʻladi. Koʻmir yer sirtidan boshlab to 2000–2500 m va undan ham chuqurda yotadi. T. turli sohalarda: roʻzgʻorda, energiya yoqilgʻisi hamda metallurgiya va kimyo sanoati xom ashyosi sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda T. Shargʻun va Boysun kumir konlarida mavjud.