nazar
Ot
nazar
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
na-zar
Aytilishi
Etimologiyasi
| a. — koʻrish qobiliyati, koʻrish; nigoh
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 Koʻz qarashi; nigoh. ◆ Nazar solmoq. Nazar tashlamoq. n ◆ Yigitning sovuq nazari Madaminxoʻjani shoshirib qoʻydi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Yoʻlovchi.. yoshlarni birma-bir nazaridan oʻtkazarkan, atrofga alanglab soʻradi: - Idoralaringiz qayerda, yigitlar? P. Tursun, Oʻqituvchi. ◆ Bizning ishimizga ham bir nazar solsangiz-chi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Sidiqjon qip-qizarib ketdi va Zunnunxoʻjaga „gapirsangiz-chi!“; degan mazmunda nazar tashladi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Oʻqituvchi leksiyaning yarmiga kelganda.. Yoʻldoshga egilib turgan Hasanga nazari tushdi. Iboxon, „Ulugʻ kun“ .
- Nazar(i)ga (yoki nazari) ilmaydi Men-simaydi, pisand qilmaydi. ◆ Menday bir mushtipar kampirni nazaringizga ilib kelibsiz, rahmat. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . Na-zarga olmoq yoki nazarda tutmoq Eʼtiborga olmoq, hisobga olmoq. ◆ Oʻish vaqtdagi tur-mush, oʻsha sharoitdagi bolalikni nazarga olganda, uni „kichik mehnatkash“ deyish mumkin edi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ . Nazardan qolmoq Eʼtibori yoʻqolmoq, xayrixohlik, yaxshi munosabatdan ayrilmoq.
2 (faqat egalik qoʻshimchasi bilan) Voqea, hodisa, kimsa, narsa va sh. k. haqidagi subyektiv fikr, ularga boʻlgan qarash. ◆ Nazarimda, siz yanglishyapsiz. n ◆ Xoʻjayinlar nazarida xizmatkor — yarim odam. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Ishlar Elmurodning nazarida koʻngildagidek davom etayotganga oʻxshar edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
- Nazari past yoki past nazar q. past 10. Nuqtai nazar 1) qarashlar sistemasi, voqea va hodisalarni anglash usuli; konsepsiya. ◆ Masalaga moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan yondashmoq; 2) jihat, „tomon“ . ◆ Iqlim nuqtai nazaridan Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyatlari bor. =dan qatʼi nazar Biror narsaga bogʻliq boʻlmagan holda .
3 Nazar (erkaklar ismi).
Sinonimlari
Antonimlari
NAZAR. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
OʻTIL
Ot
nazar (koʻplik nazarlar)
Ruscha ru
nazar
1 vzglyad, vzor; ◆ nazar solmoq okinutь vzorom; brositь vzglyad; ◆ nazari tushdi ego vzglyad upal (na chto-l.); on uvidel (sluchayno); ◆ nazarga olmoq prinimatь vo vnimanie; ◆ nazarga ilmoq upotreblyaetsya tolьko v otrits. f.: ◆ nazarga ilmadi ne prinyal vo vnimanie, ne zametil (kogo-chego-l.); otnyossya s prenebrejeniem (k komu-chemu-l.); ◆ nazarda tutmoq udelyatь vnimanie; imetь v vidu; predusmatrivatь; ◆ nazarda tutilmoq predusmatrivatьsya, bыtь predusmotrennыm; ◆ nazarga olmoq prinimatь vo vnimanie; ◆ nazardan qolmoq teryatь svoyo znachenie, znachimostь; lishatьsya raspolojeniya, blagosklonnosti; ◆ nazardan qochirmoq upuskatь iz vidu; ◆ nazar-pisand qilmadi on ne prinyal vo vnimanie, otnyossya s prenebrejeniem; on neschyol dostoynыm vnimaniya (kogo-chto-l.);
2 s prityajatelьnыmi affiksami: mnenie, vzglyad, tochka zreniya; ◆ nazarimda na moy vzglyad, po moemu mneniyu; ◆ Xoʻjayinlar nazarida xizmatkor yarim odam (Oybek, «Ќutluѓ ќon») Po mneniyu xozyaev, rabochiy - poluchelovek;
3 Nazar (imya sobstv. mujskoe); ◆
- ...dan qatʼi(y) nazar nezavisimo ot (kogo-chego-l.), bezotnositelьno k (komu-chemu-l.).