Steve Jobs (kitob)
«Stiv Jobs» (inglizcha: Steve Jobs: A Biography) — Apple Inc korporatsiyasi asoschilaridan biri Stiv Jobs haqidagi biografik asar. Kitob amerikalik jurnalist va yozuvchi Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan va Simon & Schuster nashriyotida chop etilgan[1]. Ayzekson kitob ustida uch yilga yaqin ish olib borgan. Bu vaqt davomida u Stiv Jobsning o'zidan 40dan ortiq eksklyuziv intervyu olgan. Bundan tashqari yozuvchi Jobsning 100dan ortiq qarindoshlari, do'stlari va hamkasblaridan ham intervyu olgan[2].
Dastlabki rejaga ko'ra, kitob 2011-yilning 21-noyabr kuni sotuvga chiqishi kerak edi, ammo Jobsning vafoti munosabati bilan kitob 24-oktabr kuni sotuvga chiqarilishi ma'lum bo'ldi[3].
2011-yilning 10-oktabr kuni Sony Pictures "1 million dollardan kam bo'lmagan" pul to'lagani holda kitobni ekranlashtirish huquqini sotib olgani ma'lum bo'ldi[4][5].
Manbalar
- ↑ „Stiv Jobsning rasmiy biografiyasi kelasi yil nashrdan chiqadi“. Infoman.Uz (2011-yil, 13-aprel).
- ↑ „Stiv Jobs haqidagi kitob nashr qilinmasdan turib bestsellerga aylandi“. Infoman.Uz (2011-yil, 21-iyun).
- ↑ „Stiv Jobs haqidagi kitob bir oy avval sotuvga chiqariladi“. Infoman.Uz (2011-yil, 6-oktabr).
- ↑ „“Sony Pictures” Stiv Jobs haqida yangi film olmoqchi“. Infoman.Uz (2011-yil, 10-oktabr).
- ↑ „Sony приобрела права на экранизацию книги о Джобсе за 1 млн долларов“ (ru). NEWSru.com.