Haqiqat: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Bot: Migrating 97 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q7949 (translate me) |
kTahrir izohi yoʻq |
||
(12 oraliq tahrir tomonidan 8 foydalanuvchi koʻrsatilmagan) | |||
Qator 1:
[[Fayl:Statue of Truth.jpg|thumb|Walter Seymour Allward, ''Veritas'', 1920]]
'''Haqiqat''' atamasi ostida [[voqeʼlik]], [[fakt]]; real narsa, hodisa yoki holat tushuniladi. [[Falsafa]] obyektlaridan biri boʻlib, haqiqatning aslida nima ekanligini aniqlash ustida qator ishlar yozilgan. Haqiqat boʻlmagan holat yolgʻon, deb ataladi. Haqiqat [[subyektiv]], [[obyektiv]] yoki [[mutlaq]] darajalarga ajratiladi; bunda obyektiv va mutlaq haqiqatlar mavjudligi hamon savol ostidadir.
== Havolalar ==
* [http://www.galilean-library.org/manuscript.php?postid=43788 An Introduction to Truth], Paul Newall.▼
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{stub}}▼
'''Haqiqat''' — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obyektiv reallikka mos kelishi. H. insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi. Antik davr mutafakkirlari (Epikur, Demokrit, Lukretsiy) H.ni bilimlarimizning narsa va hodisalar mohiyatini ifodalashga mos kelishi sifatida tushunganlar. Bunday tushunish yangi davr faylasuflariga (F.Bekon, B.Spinoza, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, M. V. Lomonosov, L.Feyerbax) ham xosdir.
H.ning obʼyektiv, mutlaq, nisbiy shakllari bor. Amaliyot tasdiklagan har qanday bilim obʼyektiv H.dir. Bunda olamdagi narsa va hodisalar mohiyati inson ongiga bogʻliq emas (H. mazmunan obʼyektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida subʼyektivdir). Borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi toʻliq, aniq, mukammal bilimlar mutlaq H.dir. Nisbiy H. obʼyek-tiv H.ning baʼzi tomonini, boʻlagini, qismini aks ettiruvchi bilimdir, u obʼyektni toʻla, mukammal aks ettira olmaydi. Bilish nisbiy H.lardan mutlaq H.lar tomon rivojlanib boradi. Har qanday mutlaq H. nisbiy H.larning cheksiz rivojlanib bori-shidan vujudga keladi, har bir nisbiy H.da esa mutlaq H.ning zarrasi mavjud boʻladi. Ilmfan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy H.lar sifatida mutlaq H.ning mazmuniga yangi-yangi zarralar qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. H. hamisha kon-kretdir, mavhum H. yoʻq. Har bir bilimning haqiqatligi maʼlum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bili-shining imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq.
Bilish jarayonida nisbiy va mut-laq H.lar nisbatini toʻgʻri tushunmaslik, H.ning konkretligini hisobga olmaslik bilish nazariyasida 2 ta yanglish qarash — dogmatizm va relyativizmga olib keladi.
H. tushunchasi faqat gnoseologik masala emas, balki aksiologik jihatga ega. U „adolat“, „yaxshilik“, „goʻzallik“ tushunchalari kabi umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.
Abdulla Ayupov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
▲* [http://www.galilean-library.org/manuscript.php?postid=43788 An Introduction to Truth] {{Webarchive|url=https://web.archive.org/web/20110927042454/http://www.galilean-library.org/manuscript.php?postid=43788 |date=2011-09-27 }}, Paul Newall.
{{
|