Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Xristofor Kolumb (ispancha: Cristóbal Colón, italyancha: Cristoforo Colombo; 1451-yil 31-oktabrdan oldin, Genuya — 1506-yil 20-may, Valyadolid) — Italiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Genuya Respublikasida tugʻilgan tadqiqotchi, dengizchi va kolonizator.[1][2][3][4] Kolumb Ispaniyaning katolik monarxlari homiyligi ostida uyushtirilgan toʻrt sayohati natijasida Amerika qitʼasini ochgan va tadqiq etgan. Bu sayohatlar va uning Espanyola orolida kolonizatsiya tuzishda hissasi Yangi Dunyoning ispanlar tomonidan kolonizatsiyalanishida katta oʻrin tutadi.

Xristofor Kolumb
Cristoforo Colombo (Italyancha)
Cristòfor Colom (Katalancha)
Cristóbal Colón (Ispancha)
Cristóvão Colombo (Portugalcha)
Christophorus Columbus (Lotincha)
Christoffa Corombo (Genuezcha)
Tavalludi 1451-yil 31-oktabrdan oldin
Vafoti 20-may, 1506
Valyadolid, Kastiliya va Leon qirolligi, (hozirgi Ispaniya)
Fuqaroligi Republic of Genoa
Otasi Domenico Colombo
Onasi Susanna Fontanarossa
Imzosi

Bolaligi

tahrir
 
Kolumb oʻgli Diego bilan Santa Maria de la Rábida monastiri eshiklari oldida. Mercade y Fabregas tomonidan chizilgan

Christopher Columbus nomi lotincha Christophorus Columbusning inglizchalashtirilishidir. Uning ismi italyanchasiga Cristoforo Colombo va ispanchasiga Cristóbal Colón boʻladi. Kolumb 1451-yilning kuzida hozirgi Italiyaga qarashli Genoada tugʻilgan.[5] Uning otasi Domenico Colombo Genoa va Savoyyada ishlagan oʻrta tabaqa jun toʻquvchisi boʻlgan. Xristoforning onasi Susanna Fontanarossa boʻlgan. Uning Bartolomeo, Giovanni Pellegrino va Giacomo ismli aka-ukalari boʻlgan. Bartolomeo Lissabonda xaritashunoslik bilan shugʻullangan.[6] Kolumbning shuningdek, Bianchinetta ismli singlisi boʻlgan.[7]

Paviya universitetida oʻqigan. 1470-yilda dengizchining qizi Felipe Monis de Palestrelloga uylangan. 1472-yilga qadar Kolumb Genoada yashagan, 1472-yildan soʻng esa Savonada yashagan. 1470-yillarda dengiz savdo ekspeditsiyalarida qatnashgan. Taxmin qilinishicha, 1474-yilda astronom va geograf Paolo Toskanelli unga Hindistonga gʻarbga suzish orqali ancha yaqin yoʻl borligi haqida aytgan. Oʻsha paytlarda Kolumb oʻzining Hindistonga sayohati rejasini oʻylab qoʻygan. Toskanelli maslahatlari yordamida u oʻz hisob-kitoblarini bajarib, uning fikricha Hindistonga Yaponiyagacha 5 ming kilometr masofada boʻlgan Kanar orollari orqali suzish eng qulay deb oʻylagan.

1476-yilda Kolumb Portugaliyaga koʻchib oʻtib, u yerda toʻqqiz yil yashaydi. 1477-yilda Kolumb Angliya, Irlandiya va Islandiyaga boradi. Bu vaqtda u Gvineyada boʻlishga ulguradi. Kolumbning Hindistonga gʻarbiy yoʻl orqali suzish taklifi 1475-1480-yillar orasida Genoa savdogarlari va hukmdorlariga taklif qilgan (aniq vaqti nomaʼlum). Lekin Genoaliklar bu taklifga eʼtibor berishmagan. 1483-yilda u oʻz rejasini portugal qiroli Juan IIga taklif qiladi. Uzoq oʻylanishlardan soʻng uning taklifi rad etiladi.

1485-yilda Kolumb oʻgʻli Diego Kolon bilan Ispaniyaga koʻchib oʻtadi. 1485-1486-yillarda u Santa Maria de la Rábida monatirida yashaydi. Xuan Peres de Marchena Kolumbning taklifi ispan qiroliga yetib borishiga yordam beradi. Bu paytda Ispaniya qiroli Granada bilan urushga tayyorlanish uchun Kordovada edi.

 
Kolumb va qirolicha Izabella. Madriddagi yodgorlik.[8]

Kolumb nihoyat 1486-yil 1-mayda Iberiya yarimorolini birlashtirgan boʻlajak ispan qiroli va qirolichasi: Aragonlik Ferdinand II Aragon va Kastiliyalik Isabella I Kastil bilan koʻrishish baxtiga muyassar boʻladi. 1-may kuni Kolumb oʻz rejasini Isabellaga taqdim etadi. Qirolicha esa oʻz navbatida rejani qoʻmitaga topshiradi. Qoʻmita aʼzolari ancha vaqt oʻtgach qirolicha Kolumbning rejalari notoʻgʻriligini aytib, rejadan voz kechishni maslahat berishadi.

Lekin Kolumb oʻz rejasini boshqa davlatga taqdim qilishini xohlamagan ispan monarxlari Kolumb talablarini talab qilishadi. Unga koʻra Kolumbga 12 ming maravid (oʻsha paytlardagi ispan pul birligi) berishadi.[9]

Ispan monarxlari bilan kelishuvi

tahrir

Ispanlar bilan ikki yillik kelishuvlardan soʻng, nihoyat 1492-yilda Kolumb muvaffaqiyatga erishadi. Ferdinand va Isabella endigina Iberiyadagi musulmonlarning soʻnggi qalʻasi Granadani egallashgandi va Kolumbni Kordovadagi Alhazar qasrida qabul qilishadi.[10]

1492-yil 30-aprelda qirolicha Kolumb va uning avlodiga „don“ unvonini beradi (Kolumbni aslzodaga aylantiradi) va Kolumb yangi yerlarni ochsa uni Dengiz-Okean Admirali va kashf etilgan barcha yerlarning vitse-qiroli qilishga vada beradi. Lekin kelishuvga koʻra harjatlarning sakkizdan birini oʻsha paytlarda umuman puli boʻlmagan Kolumbning oʻzi qoplashi kerak edi.

Lekin Kolumbga Martin Alonso Pinson yordam beradi. U bitta kemani oʻz hisobidan tayyorlaydi, ikkinchisini esa Kolumbga qarz evaziga beradi. Uchinchi kemani esa nasroniylikka oʻtgan juhudlar qarzga tayyorlab berishadi.

Xristofor Kolumb ekspeditsiyalari

tahrir
 
Kolumbning toʻrt ekspeditsiyasi xaritasi

Kolumb Amerikaga hammasi boʻlib 4ta ekspeditsiya uyushtirgan:

Birinchi ekspeditsiya

tahrir
 
Birinchi ekspeditsiya

Kolumb birinchi ekspeditsiyasiga uchta kema tayyorladi: „Santa Mariya“ (flagman), „Pinta“ va „Santa Klara“. Flagman uzunligi — 17,3 metr, uzunligi — 5,6 metr, kemaning suvga kirib turgan qismi — 1,9 metr, hajmi — 101,2 tonna, ekipaj — 40 kishi boʻlgan. Flotga hammasi boʻlib 100 kishi kirgan. Tarixda birinchi marta Yevropaliklar Guanahini (Bagam orollari), Espanyola (Gaiti) va Huana (Kuba)ga qadam qoʻyishdi. Bu sayohat bilan Ispaniyaning Yangi Dunyodagi ekspansiyasi boshlangan.

Lekin Kolumb bu yangi yerlarni Sharqiy Osiyo — Xitoy, Yaponiya yoki Hindiston qirgʻoqlari deb oʻylagan. Ancha paytgacha yangi yerlar Yevropaliklar tomonidan Vest-Indiya (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Gʻarbiy Hindiston“) deb atalgan. Buning sababi bu yerga yetish uchun toʻhtamasdan gʻarbga suzish kerakligi boʻlgan.

Ferdinand II va Isabella Iga oldinroq yozilgan habarida Kolumb „avval Chipangga, soʻngra Katayga va nihoyat ikki Hindistonga“ suzish rejasini aytgan. Oʻrta asr xaritalarida „ikki Hindiston“ deb hozirgi Hindiston va Efiopiya, „Katay“ — Xitoy va „Chipang“ — Yaponiya nazarda tutilgan. Yaponiya haqida Yevropaliklar Marko Polo orqali xabardor boʻlishgan. Shunday qilib, Kolumbning birinchi maqsadi Hindiston emas, balki Yaponiya boʻlgan.

 
Kolumb kemasi „Santa Mariya“ning nusxasi
Sayohat xronologiyasi
tahrir
  • 3-avgust, 1492-yil — Kolumb Palos de la Fronterta shahri gavanidan kemalari bilan chiqdi.
  • 6-sentabr — „Pinta“dagi teshik tuzatilgach Gomer orolidan (Kanar orollari) gʻarbga tomon suzildi.
  • 16-sentabr — ekspeditsiya yoʻlida yashil suvoʻtlari paydo boʻla boshladi. Vaqt oʻtishi bilan ular soni koʻpaya bordi. Bu gʻalati oʻtlar orasida kemalar uch hafta suzishdi. Bu Sargasso dengizining ochilishi edi.
  • 7-oktabr — „Yaponiyadan oʻtib ketdik“ deb oʻylagan kema jamoasining talabi bilan kemalar gʻarb-janub-gʻarbga qarab suza boshlaydi.
  • 12-oktabr — kechqurun soat ikkida „Pinta“ bortidagi matros yerni koʻrdi.
  • 13-oktabr — Kolumb qirgʻoqqa tushdi, unga Kastiliya bayrogʻini oʻrnatib orol Kastiliya mulkiga aylanganligi toʻgʻrisida akt tuzdi. Orolga San Salvador deb nom berildi. Ispanlar orolda mahalliy aholini koʻrishdi. Ular uch yuz yildan keyin yoʻq belib ketadigan arvaklar xalqi edi. Aravaklar yalangʻoch yurishardi, ularning badanlarida har xil naqshlar chizilgan edi. Ular dengizda qirq kishini sigʻdiradigan eshkakli qayiqlar orqali harakatlanishardi. Aynan shu yerda mahalliy aholi Kolumbga „quruq barglar“ — tamakini sovgʻa qilishdi. Kolumb ularning baʼzilarida oltin boʻlaklarini koʻrib oltin qayerdan olinganligini bilishga harakat qilgan va oltita aravakni asir qilib ularni yoʻl koʻrsatishga majburlagan. Ikki hafta davomida Kolumb yangi Bagam orollarini kash qilib, janubga qarab suzdi. Bu yerda aholi paxtadan tikilgan kiyimlar kiyib yurishardi. Ularning uylarida ispanlar birinchi marta gamakni koʻrishdi. Oʻsha yerliklardan ispanlar birinchi marta katta janubiy orol — Kuba haqida eshitishdi.
  • 28-oktabr, 1492-yil — Kolumb Kubaning shimoli-sharqidagi Bariey buhtasiga tushdi. Mahalliy aholi bilan suhbatlashgan Kolumb oʻzini Sharqiy Osiyo yarim orollaridan biriga yetdi deb oʻylagan. Lekin ispanlar na oltin, na ziravorlar, na katta shaharlarni koʻrmadilar. Hindularning uylari daraxt shohlaridan qilingan boʻlib, ularning oʻzlari paxta, kartoshka, tamaki va makkajoʻxori yetishtirishardi. Xitoyning eng qambagʻal qismiga yetdim deb oʻylagan Kolumb, sharqqa, oʻzining taxmini boʻyicha boy Yaponiya tomonga qarab burildi.
  • 13-noyabr, 1492-yil — hindular oltinga boy orol haqida eshitgan Kolumb sharqga qarab suzdi.
  • 20-noyabr, 1492-yil — „Pinta“ yoʻqoladi. Qolgan ikki kema Kubaning sharqiy nuqtasi Maysa burniga yetgunga qadar sharqqa qarab suzishdi.
  • 6-dekabr, 1492-yil — Gaiti oroli kashf etildi. Orol vodiylari Kastiliyaga oʻxshaganligi sababli, Kolumb uni Espanyola deb ataydi. Shimoliy qirgʻoq boʻylan suzgan ispanlar Tortuga orolini ochishdi.
 
Kolumb kashf etilgan yerni ispan qiroli mulki deb eʼlon qilayapti.
  • 25-dekabr, 1492-yil — „Santa Mariya“ rifga oʻtirdi. Mahalliy xalq yordamida kemadan zambaraklar va boshqa narsalar olindi. Kema yogʻochlaridan Gaiti orolida La Navidad (Rojjdestvo) deb nomlangan fort qurildi. Kolumb bu yerda 39 dengizchi, „Santa Mariya“ zambaraklari va bir yillik oziq-ovqat qoldirib, 1493-yil 4-yanvarda oʻzi bilan bir necha orolliklarni olib „Ninya“da dengizga chiqdi.
  • 6-yanvar, 1493-yil — Espanyolaning shimoliy qirgʻogʻida „Ninya“ „Pinta“ bilan koʻrishdi.
  • 16-yanvar — ikki kema Ispaniyaga yoʻlga tushishdi.
  • 12-fevral — toʻfon koʻtarilib, 14-fevralda kemalar bir-birlarini yoʻqotishdi.
  • 15-fevral — toʻfon toʻxtaydi va 18-fevralda „Ninya“ Santa Mariya (Azor orollari) deb nomlangan orolga yetadi.
  • 9-mart — „Ninya“ Lissabonda langar tashlaydi. Juan II Kolumbni juda yaxshi kutib oladi.
  • 15-mart — „Ninya“ Ispaniyaga qaytadi. Huddi shu kuni u yerga „Pinta“ yetib keladi. Kolumb oʻzi bilan hindular, ozgina oltin, Yevropa avval koʻrilmagan oʻsimliklar va qushlarni olib keladi.

2-ekspeditsiyasida (1493-96) Kolumb admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse-qiroli lavozimida 1500 kishilik ekipaj bilan 17 kemada safarga chiqdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Puerto-Riko va Yamayka orollarini, Kubaning janubiy qirgʻoqlari boʻylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, Gaitining janubiy sohillarini tadqiq qildi. 1496-yil 11-iyunda Kastiliyaga qaytib keldi.

3-ekspeditsiyasida (1498-1500) K. 6 kema bilan Atlantika okeanini 10° shahrik.da kesib oʻtib, Trinidad orolini kashf etdi. Janubiy tomondan Pariya qoʻltigʻiga va Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya yarimorolgacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab berdi. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini tekshirib, undan Karib dengizi orqali Gaiti oroliga oʻtdi. 1500-yilda Kastiliyaga qaytib keldi.

4-ekspeditsiyasida (1502-04) K. 4 kema bilan 1502-yil 12-iyunda Martinika o.ga keldi. Undan Gonduras qoʻltigʻiga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504-yil 7-noyabrda Kastiliyaga qaytib keldi. K.ning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, oʻsha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish va qirib tashlash bilan birgalikda kechdi. K.ning birinchi boʻlib Amerikani ochganligi toʻgʻrisida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmokda. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda quruklik boʻlishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Amerikaga K.dan avval normanlar borganligi aniqlangan. Ammo K. kashfiyotlaridan keyingina Amerika qitʼasi geogr. faniga maʼlum boʻldi.

Kolumb maʼlum tadqiqotchilar orasida birinchi boʻlib Atlantika okeanini shimoliy yarimsharning subtropik va tropik chiziqlarida kesib oʻtgan va Karib dengizida suzgan birinchi yevropalik sanaladi. U Janubiy va Markaziy Amerikadagi tadqiqotlarga asos solgan. U Katta Antil orollarining barchasini, Bagam orollarining markaziy qismini, Kichik Antil orollarini, Karib dengizidagi koʻplab kichik orollarni va Janubiy Amerika qirgʻogʻidagi Trinidadni ochgan.

Kolumbning Amerikaga birinchi boʻlib Amerikaga borgan Yevropaligi baʼzi bahslarga sabab boʻladi. Chunki uzoq XI asrlardayoq Leyf Eriksson boshchiligidagi vikinglar Kanadaga ekspeditsiya uyushtirishgan.[11]) Lekin Kolumbning sayohatlari bir necha asrlar davom etgan Amerika Yevropaliklar tomonidan egallanishiga sabab boʻlgan. Kolumbning oʻzining sayohatlarini birinchi navbatda nasroniylikning tarqatilishi deb hisoblagan.[1]

Yevropaliklarga maʼlum boʻlmagan qitʼani ochganini bilmagan Kolumb oʻzi yetib borgan joylarni Sharqiy Hindiston deb oʻylab mahalalliy hindularni indios (ispancha „Hindlar“) deb atagan..[12]<ref>Herbst, Philip The Color of Words: An Encyclopaedic Dictionary of Ethnic Bias in the United States Intercultural Press Inc (31-dekabr 1997-yil) ISBN 978-1-877864-97-1 p.116 [http://books.google.co.uk/books?id=UiZQH5gHuggC&pg=PA116&dq=c

  1. 1,0 1,1 Christopher Columbus Encyclopædia Britannica. 2010. Encyclopædia Britannica Online. 8-iyun 2010-yil.
  2. Scholastic Teacher — Christopher Columbus (1451-1506) (Wayback Machine saytida 2011-09-20 sanasida arxivlangan) Teaching Resources, Childrenʼs Book Recommendations, and Student Activities. Milton Meltzer. Author, Columbus and the World Around Him.
  3. World Book — Columbus, Christopher (Archive.is saytida 2012-12-03 sanasida arxivlangan) „Columbus, Christopher“. World Book Store has the encyclopedia, dictionary, atlas, homework help, study aids, and curriculum guides. 2010
  4. Questia — COLUMBUS, CHRISTOPHER (Wayback Machine saytida 2011-06-28 sanasida arxivlangan) „Columbus, Christopher“. Questia — The Online Library of Books and Journals. 2010
    Memorials Of Columbus: Or, A Collection Of Authentic Documents Of That Celebrated Navigator (page 9) Country of origin: USA. Pages: 428. Publisher: BiblioBazaar. Publication Date: 2010-01-01.
    Native American History for Dummies (page 127) Authors: Dorothy Lippert, Stephen J. Spignesi and Phil Konstantin. Paperback: 364 pages. Publisher: For Dummies. Publication Date: 2007-10-29.
    The peoples of the Caribbean: an encyclopedia of archeology and traditional culture (p. 67) Author: Nicholas J. Saunders. Hardcover: 399 pages. Publisher: ABC-CLIO. Publication Date: 15-iyul 2006-yil.
  5. Phillips, William D., and Carla Rahn Phillips. The Worlds of Christopher Columbus. Cambridge: Cambridge University Press, 1992. Page 9.
    "Even with less than a complete record, however, scholars can state with assurance that Columbus was born in the republic of Genoa in northern Italy, although perhaps not in the city itself, and that his family made a living in the wool business as weavers and merchants…The two main early biographies of Columbus have been taken as literal truth by hundreds of writers, in large part because they were written by individual closely connected to Columbus or his writings. …Both biographies have serious shortcomings as evidence."
  6. Encyclopædia Britannica, 1993 ed., Vol. 16, pp. 605ff / Morison, Christopher Columbus, 1955 ed., pp. 14ff
  7. Bergreen, Lawrence. Columbus The Four Voyages, 1493-1504.. Penguin Group USA, 2012. ISBN 978-0143122104. 
  8. „Columbus Monuments Pages: Madrid“. Qaraldi: 3-yanvar 2010-yil.
  9. Durant, Will The Story of Civilization vol. vi, „The Reformation“. Chapter XIII, page 260.
  10. Phillips, William D.; Phillips, Carla Rahn. The Worlds of Christopher Columbus. Cambridge University Press, 1993 — 132-bet. ISBN 978-0-521-44652-5. 
  11. „Parks Canada – L'Anse aux Meadows National Historic Site of Canada“. {{subst:FULLPAGENAME}}ca (24-aprel 2009-yil). 2008-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2008-12-16 sanasida arxivlangan)
  12. Hoxie, Frederic {{subst:FULLPAGENAME}} Encyclopedia of North American Indians Houghton Mifflin (March 1997) ISBN 978-0-395-66921-1 p.568 [1][sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]