Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Xolchayon — YunonBaqtriya va kushonlar davri madaniyatiga oid yodgorliklar majmuasi (mil. av. 4mil.5-asr). Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida joylashgan. Bir necha tepalik (Xonaqohtepa, Qorabogʻtepa, Maslahattepa va boshqalar)dan iborat. Sanʼatshunoslik institutining G. A. Pugachenkova rahbarligidagi arxeologiyasanʼat ekspeditsiyasi oʻrgangan (1959—63). Xonaqohtepadan mil. av. 21-asrlarga oid hukmdor saroyi qoldigʻi topilgan. Bino toʻgʻri toʻrtburchak shaklda, maydoni 35×26 m boʻlib, markaziy fasadi (old tomoni) toʻrt ustunli ochiq ayvon (16,5×7 m)dan iborat. Yogʻoch ustunlar ohaktoshdan ishlangan tagkursiga oʻrnashtirilgan. Ayvondan katta zalga (17,6×6,1 m) oʻtilgan. Zal devorlari osti boʻylab keng supa yasalgan. Bino fundamenta kvadrat shakldagi xomgʻishtlardan ishlangan, gʻishtlarning sirtiga turli shakldagi tamgʻalar bosilgan. Bino bir qavatli, usti tekis qilib yopilgan boʻlib, tashqi qalinligi 2,2 m, baʼzi joylarda 4 m ga yetgan. Zal va ayvon devorlarining pastki qismida devoriy surat izlari topilgan, yuqori qismiga esa haykalchalar ishlangan. G. A. Pugachenkovaning taxminiga koʻra, saroy yuyechji qabilalaridan birining jabgʻusi Gerayga tegishli boʻlgan. Saroy xonalaridan koʻplab paykonlar, oltindan ishlangan yirik koʻkrak nishonasi, oltin taqinchoklar, ipak parchasi, qimmatbaho tosh munchoq va gemma parchalari, shisha idishlar, temir qilich, shuningdek, turli qadaxlar, sopol idishlar, ot mingan chavandoz haykalchalari topilgan. X. majmuasiga kiruvchi Qorabogʻtepaning atrofi mudofaa devori (qalinligi asosida 8 m ga yetgan) bilan oʻralgan. Tepada hayot mil. 3-asr boshigacha davom etganligi haqida Vasudeva I tangalari guvoxlik beradi. Umuman, X.dan 50 dan ortiq turli asrlarga oid tangalar topilgan. Ularning eng kadimgisi YunonBaqtriya podsholaridan Demetriy (mil. av. 200 y.) kumush tangasi, Geliokl (mil. av. 156140 y.) tetradraxmasi, Kushon podsholaridan Kadfiz I, Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka, Vasudeva I va Vasudeva II tangalari boʻlib, ular nafaqat Janubiy Baqtriya, balki Shimoliy Baqtriya hududlarida ham keng tarqalgan. X. devoriy suratlarida uzum gʻujumi, yaproqlar, ular orasida osilib turgan qandaydir dumaloq mevalar, gullar tasviri oʻrin olgan. Shuningdek, oʻzaro kompozitsion uygʻunlikda boʻlgan odamlar obrazlari, yunon xudolari yoxud oliy hukmdorning mahobatli suratlari uchraydi. Devoriy suratlar orasida ayniqsa ikki erkak va bir ayol tasviri kishini oʻziga tortadi. Birinchi suratda erkak kishining ogʻzigacha qismi tushirilgan boshi tasvirlangan. Unda oʻspirin yigitning kalta toʻlqinsimon sochlari va qora koʻzlari, dumaloq iyagi, yarim oy shaklida chizilgan qora qoshlari, qirra buruni koʻzga tashlanadi. Bu suratda tub joyli baktriyalik aks etgan. Ammo, ikkinchi suratda dumaloq boshli, sochlari ustara bilan qirilgan, oltin isirgʻa taqqan qulogʻi chetida kokili bor, bodom qovoqli turk tasvirlangan. Ayol kishining surati yaxshi saqlanmagan. Uning bosh qismidan qora sochlari va kamalaksimon qoshlarigina qolgan.

X. saroyi ayvon va bosh zali devorlarining yuqori qismida, bal. 2 m li panno ustiga ishlangan piramon (friz)da devorga yopishtirilgan qabartma haykallar majmuasi boʻlgan. Ular orasida Geray va uning urugʻiga tegishli personajlar tasviri koʻp uchraydi. Geray saklarni Qad. Baqtriyadan jan.ga surib chiqargan 5 yuyechji qabilasidan biri — guyshuan qabila jamoasining sardori. Uning nomi bilan pul zarb etilganligi guyshuanlarni qolgan qabilalar ichida iqtisodiy jihatdan qudratli boʻlganligidan dalolat beradi.

Zal jan. devorida chavandozlari bilan yelib ketayotgan 6 ta ot haykallari (kizil, oq va kora rangli) tasvirlangan. Otlarning asbobanjomlariga qaraganda, bu turdagi otlar yengil kavaleriyada xizmat qilgan. Bu devorda ogʻir kavaleriyaga moʻljallangan otlarning haykallari ham uchraydi. Ular metalldan ishlangan himoya qalqoniga oʻralgan. Bunday tipdagi otlar rasmi Vasudeva I tangalaridaham uchraydi. Bu ilk kushonlar qoʻshinining qurilishi va tarkibi haqida guvoxlik beradi.

Adabiyot

tahrir
  • Pugachenkova G. A., Xalchayan. K probleme xudojestvennoy kulturi SevernoyBaktrii, T., 1966; Pugache nkova A., Rtveladze E. V., Severnaya Baktriya — Toxaristan, Ocherki istorii i kulturi, T., 1990; Rtveladze E. A., Velikiy shelkoviy put, T., 1999.