Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish

Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish — boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlardan biri; mansabdor shaxstsht mansab vakolati, amalidan oʻz manfaati yoʻlida foydalanishi. Mansab vakolati mansabdor shaxsning tashkiliyboshqaruv yoki maʼmuriy xoʻjalik vakolatlari bilan belgilanadi. Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻladi. Amalini suisteʼmol qilish shtat moliya intizomini buzish; nazorat va taftish idoralarini adsash; tovarmoddiy boyliklarni oʻgʻirlash va kamomadlarni yashirish; davlat, jamoat mulkini yoki boshqa har qanday mulkni oʻzlashtirish yoki uni oʻzlashtirmagan holda gʻarazli maqsadlarda foydalanish; ayrim fuqarolar va boshqalarga tegishli mulk hisobiga noqmguniy boyishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlik uchun tegishli jazo belgilangan (205-modda).