Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Stilistika bu (yun. stylos — yozuv, xat tayoqchasi) degam ma'noni bildiradi, uslubshunoslik uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksik-frazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional katlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilma-xil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyorlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi. S.da parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganilgan. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻlgan.

Zamonaviy S. turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushunilgan, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, S.ning asosiy oʻrganish mavzui boʻlmish uslubning serqirraligi sababli, oʻz obyektiv asosiga ega boʻlgan. S. til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻlikdir. S. oʻz navbatida funksional S, lisoniy birliklar S.si, matn S.si, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, amaliy S, qiyosiy S, tarixiy S. kabi turlarga boʻlingan edi.

Funksional S. adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadi va tavsiflagan. Funksional S. nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy tilning asosiy funksional uslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplarini ishlab chiqilgan edi.

Lisoniy birliklar S. si adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtai nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrgangan. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Lisoniy birliklar S.si bir tomondan funksional S. bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan matn S. siga juda yaqin turgan.

Badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniklagan. Badiiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralangan. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani S. ham, adabiyotshunoslik ham oʻrgangan. Badiiy nutq S.si til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qilgan. Shuning uchun badiiy adabiyot S.sida eng muhim tadqiqot mavzui yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqilgan edi.

Qiyosiy S. — turli tillardagi uslubiy hodisalarni qiyoslab oʻrganish. Qiyosiy S. tarjima nazariyasi bilan uzviy aloqadordir. Tarixiy S. tilning turli tarixiy davrlarda qoʻllanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy meʼyorlarining oʻzgarib turishini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yoʻllarini, adabiy til bilan badiiy nutqning oʻzaro munosabatlari tarixini ham oʻrganadi. Amaliy S. nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblangan edi.

S.ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi Gʻarbda antik davrlarga, Sharqda esa oʻrta asrlarga toʻgʻri kelgan. S. Sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday aloqida soha sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik (grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiklik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan. Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda S, ayniqsa umumiyfunksional S. va badiiy adabiyot S.si mustaqil fan tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshlagan. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P. Qodirov kabi yozuvchilarning, M. Qoʻshjonov, Q. Samadov, I. Qoʻchqortoyev, A. Shomaqsudov singari olimlarning hissalari katta boʻlgan.

Adabiyot

tahrir
  • Vinokur G. O., Izbrannie rabotoʻ po russkomu yaziku, M., 1959; Vinogradov V. V., Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika, M., 1963; Yefimov A. I., Stilistika russkogo yazika, M., 1969; Oʻzbek tili stilistikasi, T., 1983.

Abduvahob Madvaliyev.