Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

SPINOZA (Spinoza, d’Espinosa) Benedikt (diniy ismi Barux) (1632. 24.11, Amsterdam — 1677.21.2, Gaaga) — niderland faylasufpanteisti. Ajdodi Portugaliyadan koʻchib kelgan yahudiylar edi. Ruhoniy boʻlish maqsadida iudaizm falsafasi va iloxiyotini oʻrganadi. Pekin unda mustaqil fikrlashga moyillik, tabiiy fanlarga hamda R. Dekart falsafasiga qiziqish paydo boʻldi. Yahudiy dini peshvolarini vijdon erkinligiga rioya etmaslikda aybladi, uning mustaqil tanqidiy fikri yahudiylar jamoasi bilan ixtilof chiqishiga olib keldi, natijada u 24 yoshida "daxshatli yolgon taʼlimoti" uchun bu diniy jamoadan haydaldi.

S. falsafada panteistik nuqtai nazardan fikr yuritib, xudo bilan tabiatni aynan bir narsa — yagona, abadiy va cheksiz boʻlgan substansiya deb bildi. Uning fikricha, substansiyaga cheksiz koʻp atributlar xos, lekin inson ulardan 2 tasi masofa va tafakkurni bila oladi. Cheksiz turlituman ayrim narsalarning realligini eʼtirof etib, S. ularni moduslar majmui — yagona substansiyaning ayrim koʻrinishlari, deb tushundi. S.ning tabiat, substansiya, atribut va moduslar toʻgʻrisidagi taʼlimoti materialistik harakterga ega, u yagona moddiy substansiyadan tashqari hech qanday gʻayrimoddiy sababga oʻrin qoldirmaydi. S. bilish nazariyasida ratsionalist sifatida fikr yuritadi. Aqliy bilishga katta eʼtibor bersada, hissiy bilish rolini yetarlicha baholay olmadi. S. "Etika" asarida inson masalasini tahlil qiladi. Uning fikricha, inson oʻz faoliyatida yaxshilik qonunlariga yoki yomonlikdan nafratlanishga asoslanmaydi, balki oʻzini saqlab qolish va foyda olish yoʻlida harakat qiladi. Demak, inson faoliyati yashash uchun kurashga qaratilgan. U erkinlikni bilingan zaruriyat deb tushunib, zaruriyat va erkinlikning birligi haqidagi dialektik taʼlimotni rivojlantirdi. Uningcha, inson akl bilan qoʻrquvni yengishi, tabiatni bilish orqali erkinlikka erishishi mumkin. Asosiy asarlari: "Siyosiy traktat", "Dekart falsafasining prinsiplari", "Akdni takomillashtirish haqida traktat" va boshqa

Abdulla Ayupov.