Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Zigmund Freyd (asl ismi Sigismund Schlomo Freud (6-may 185623-sentyabr 1939), avstriyalik nevrolog va ruhshunos boʻlib, psixotahlilga asos solgan. Freyd odam tabiati zamirida jinsiy ehtiyoj yotadi, degan fikrni oʻrtaga tashlagan. U freydizm asoschisi. 1902-yildan Vena universiteti professor, 1938-yildan Angliyada. Freudning dastlabki tadqiqotlari bosh miya fiziologiyasi va anatomiyasiga bagʻishlangan. 19-asrning 80-yillarida nevrozlar muammosiga, 90-yillarning oʻrtasidan boshlab esa ruhiy taxlil (psixoanaliz) asosida nevrozlarni davolash usuliga eʼtiborini qaratdi. Individning psixoseksual rivojlanishi nazariyasini takomillashtirdi, feʼl-atvorning shakllanishi va uning patologiyasida bolalik davri kechinmalarini asosiy oʻringa qoʻydi. Psixoanaliz qoidalarini insoniyat madaniyatining turli sohalari — mifologiya, folklor, badiiy ijod, din va boshqalarga joriy qildi. Freudning baʼzi fikrlarini neofreydizm inkor etadi.

Sigmund Freud
Tavalludi 6-may 1856-yil
Freiberg, Moraviya (hozirgi Chexiya)
Vafoti 23-sentyabr 1939-yil(1939-09-23)
(83 yoshda)
London, Buyuk Britaniya
Istiqomat joylari Avstriya, Angliya
Fuqaroligi avstriyalik
Sohasi Nevrologiya, Falsafa, Psixiatriya, Ruhshunoslik, Psixoterapiya, Psixiotahlil
Taʼlimi Vena Universiteti
Akademik rahbarlari Jean-Martin Charcot, Josef Breuer
Mashhur ishlari Psixotahlil
Mukofotlari Goethe Mukofoti
Chapdan o'ngga qarab: O'tirganlar: Sigmund Freud, G. Stanley Hall, C. G. Jung; Turganlar: Abraham A. Brill, Ernest Jones, Sándor Ferenczi. (1909-yil)

Asosiy asarlari

tahrir
  • "Tushlar taʼbiri" (1900),
  • "Kundalik hayot psixopatologiyasi" (1904),
  • "Psixoanalizga kirish boʻyicha maʼruzalar" (1910),
  • "Totem va tabu" (1913),
  • "Men va U" (1923),
  • "Muso va tavhid" (1939).