Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Saqil (arab. — ogʻir, vazmin) — 1) Sharq musiqa nazariyasida past (yoʻgʻon) tovushning ifodasi (qarang Asmoʼunnagʻam); 2) qad. mashhur doira usullarining nomi (mas, Saqili avval, Saqili soniy va boshqalar); 3) Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning mushkilot boʻlimi yakuniy qismi (mas, Buzruq maqomida S i Islimxon, S. i Sulton, Rostda Si vazmin, Si Rakrak va boshqalar). Shashmaqomdagi S.larning doira usullari juda murakkab va keng hajmli boʻlib, 2/4 oʻlchovda 24 takt davomida ijro etiladi. Shunga qaramay, S.lar jozibali va yoqimli kuylardan tashkil topib, tinglovchiga oson yetib boradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil