Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) – Qirgʻiziston teatr harakatining asoschisi, Oʻrta Osiyodagi ikkinchi eng keksa professionalteatri boʻlmish Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi, direktori, badiiy rahbari, bosh rejissyori, yozuvchi.[1][2] Qirgʻiziston madaniyati, sanʼati va xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Qirgʻiziston janubidagi jadidchilik harakatining yetakchisi va mafkurachisi. Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar va Qorasuv tumani Kengashlari deputati etib saylangan. Yangi davlatchilik shakllanishining boshida Rahmonberdi Madazimov Qoraqirgʻiz avtonom viloyatining tashkil topishida faol ishtirok etgan.

Rahmonberdi Muhammadazimovich Madazimov
Tavalludi 1875
Vafoti 1933
 Qirgʻiziston Oʻzgan shahrida
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Qirgʻiziston
Faoliyat yillari 1914–1932
Turmush oʻrtogʻi Bibihon 1884 - 26.03.1922 Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
Bolalari Nazokatxon {1.03.1902-03.1934), Xojiniso (8.03.1907-13.03.1932), Oʻrinboy (4(17).1910-5.10.1980, Nazirxon (1912-1917), Joʻraxon (18.08.1917-7.04.1977).
Otasi Ibni Muhammadaʼzim aʼlam hoji (1876 yili vafot etgan) taniqli din peshvosi va arbobi, ulamo, Oʻsh shahar qozisi.
Onasi Bibi Soliha (1850-17.03.1922) Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan, ukasi Mulla mingboshi Oʻratepa shahrini boshqargan.

Hayot yoʻli

tahrir

Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammadaʼzim aʼlam oʻgʻli 1875-yili Oʻsh shahrida tugʻilgan. U hojiga borib kelgan dadasi Oʻsh shahar qozisi Ibni Muhammadaʼzim aʼlamga oʻxshab kuchli qorilardan boʻlib, xattoki yurolmaydigan kasallarni davolab yurgizgan. U shu darajada kuchli qori ediki, uni nomini eshitgan kasal ham sogʻayib ketardi. Uning obroʻsi juda baland edi, uni uzoqdan koʻrgan otliq ham otidan tushib, qoʻlini koʻksiga qoʻyib, u oʻtib ketmaguncha otiga oʻtirolmasdi.

1914-yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchisi Boltihoji Sultonov bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan[3].

Mirzo Rahmonberdi hoji Madazimov rahbarligida Oʻshning ziyoli oʻqituvchilari Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, Abdurashid Eshonxonov, A.Saidovlar bilan birga 1918-yili Qirgʻizistonda birinchi boʻlib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert brigadasi negizida Oʻshda havaskor teatr toʻgaragini tuzgan va truppa birinchi direktori, badiiy rahbari va rejissyori Rahmonberdi hoji Madazimov Qirgʻizistondagi teatr harakatini birinchi asoschisi boʻlgan[4][5]. 1919 yili teatr toʻgaragi teatr drama truppasiga aylantirilgan. Keyinchalik truppaga Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar qoʻshilishgan. Ushbu truppa Qirgʻizistonning janubida nafaqat teatr sanʼatini, balkim professional musiqa sanʼatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoʻshgan. Chunki truppaning repertuarida drama asarlaridan tashqari, koʻplab konsert dasturlari namoyish etilardi, shuningdek musiqali spektakllar qoʻyilardi, bu professional musiqachilar yetishib chiqishiga alohida bosqich boʻldi. Teatr truppasi Bobur (Kirov) nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrini tuzishga asos boʻlgan. Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatri Hamza nomidagi oʻzbek milliy akademik drama teatridan (1913-27-fevral 1914-yili tashkil etilgan) soʻng Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng keksa professional teatrdir[6]

Rahmonberdi xoji Madazimov teatr truppasi bilan Oʻshning barcha tumanlarini aylanib, konsert va spektakllar qoʻyib chiqdi va sanʼat quroli orqali Qirgʻiziston janubida Sovet hokimiyatini oʻrnatishda faol ishtirok etdi. Tumanlarda spektakllar, konsertlar qoʻyib, keng omma orasida oʻzbek xalqining madaniyati va sanʼatini targʻib etdi. Oʻzining qudasi, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi Boltihoji Sultonov bilan birga Qirgʻiziston janubida Sovet hokimiyatini oʻrnatishga katta hissa qoʻshgan.

Truppa sahnasida Rahmonberdi Madazimov tomonidan qoʻyilgan oʻsha kezlardagi yirik asar Mannon Uygʻurning „Turkiston tabibi“ komediyasi reaksion kuchlar tomonidan nafrat va adovat bilan qarshi olindi. Oʻsha vaqtda truppada ayollar boʻlmaganligi sababli spektakldagi ayol obrazini Joʻraxon Zaynobiddinov zoʻr mahorat bilan yaratgan. Fuqarolar urushi davrida Oʻsh xududi va uning tevarak-atrof tumanlari front maydoniga aylandi. Truppa ham shu frontning ishtirokchisi, partiyaning targʻibotchisi boʻldi. Maʼrifatchi va inqilobchi Boltihoji Sultonov va Fozilbek Qosimbekovlar teatr truppasini oyoqqa turgizishda teatr truppasini asoschisi, direktori va badiiy rahbari Rahmonberdi Madazimovga yordam berdilar[7].

Boltihoji Sultonovning qudasi teatrning asoschisi va badiiy rahbari Rahmonberdi hoji Madazimov shunday hikoya qilgan edi: – Qurboshi Madaminbek Andijon atrofida izgʻib, xalqni talab yurgan edi. Oʻsh garnizoni Andijon harbiy qismiga qurol-yarogʻ bilan yordam qilmoqchi boʻldi. Lekin qurollarni qanday yetkazish mumkin? Bu mushkulni teatr artistlari hal qildilar. Soyabon arava bezatilib, qurol-yarogʻlar tekis taxlandi. Ustiga polos, koʻrpa-toʻshaklar solindi. Rahmonberdi Madazimov grim bilan katta eshon qiyofasiga kirdi. Yana ikki artist uning „muridlari“ boʻldi. Uchchalasi ham oldiga eski kitoblardan ochib, „xatmi-xoʻja“ qilganday yoʻlga tushishdi. Arava Xoʻjaobodga yaqinlashganda miltiq ovozi eshitildi. Oʻn nafar otliqlar kelib aravani oʻradi. Shunda aravakash otliqlarga qarab, „jim“ ishorasini qildi va pardani qiya ochdi. Otliqlar „eshon“ va „muridlar“ni koʻrib, taʼzim qilishdi. Soʻngra hurmat bilan Andijonga kuzatib qoʻydi. Qizil armiyani qurol bilan taʼminlash maqsadida truppaning bunday „postanovkalari“ bir-necha marta takrorlandi.

Teatr davrning dolzarb masalalarini koʻtarib chiqish, eng yaxshi pesalarni sahnalashtirishga asosan 1929 yildan boshlab kirishdi. Qirgʻiziston xalq komissarlari Kengashining qaroriga binoan shu yildan teatr professional jamoa sifatida ish boshladi.

1929-1931 yillarda teatrda Rahmonberdi Madazimov tomonidan Komil Yashinning „Lolaxon“, „Aji-aji“ nomli pesalari sahnalashtirildi. Bu asarlar gʻoyaviy muxoliflarning kirdikorlarini fosh etishda muhim rol oʻynadi. „Lolaxon“ spektakli Oʻsh, Aravon, Oʻzgan, Qorasuv, Xoʻjaobod mehnatkashlariga qayta-qayta namoyish etildi. Reaksion elementlar teatr tashkilotchilariga qarshi bir necha marta fitna uyushtirdilar. Bosh rollarni oʻynagan Rahmonberdi Madazimov, Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Xasanova, Laylixon Moidovalarni ushlash va koʻzlarini oʻyib olish uchun qotillar tayinlagan edi. Artistlarni qurol bilan qoʻriqlashga toʻgʻri keldi. Tashkiliy qiyinchiliklarga qaramay, teatr oʻz repertuarini yangi, gʻoyaviy badiiy yetuk asarlar hisobiga kengaytirib bordi. Bu ishda teatrga SSSR xalq artisti Rahim Pirmuhamedov, Oʻzbekiston xalq artistlari Hikmat Latipov, Qudrat Xoʻjayevlar katta amaliy yordam koʻrsatdilar. Ularning kuch-gʻayratlari bilan Oʻsh teatri sahnasida Rahmonberdi Madazimov tomonidan „Ikki kommunist“, „Gulsara“, „Oʻrtoqlar“, „Alisher Navoiy“ kabi koʻplab yirik asarlar sahnalashtirildi. Komil Yashin va Muzaffar Muhamedovning „Gulsara“ musiqali dramasi sahnaga qoʻyilishi katta voqea boʻldi. Gulsaraning inqilobiy shijoati, erk va or-nomus uchun kurashi, minglab xotin-qizlarning koʻzini ochdi, ozodlikka intilish tuygʻusini kuchaytirdi.

Rahmonberdi Madazimovning Qirgʻizistonning teatr sanʼati asoschisi va qatnashchisi sifatida xizmatlari Qirgʻiziston fanlar Akademiyasi tomonidan 1987 yili chiqarilgan Oʻsh viloyati Ensiklopediyasining 110 betida qayd etilgan. Hamda ushbu Ensiklopediyaning 110 betida oʻgʻli Joʻraxonning rasmi chiqarilgan. 2014 yil Davlat tili va ensiklopediya markazi tomonidan nashr etilgan „Qirgʻiziston“ milliy Ensiklopediyasi 5 tommda va teatrning 90 yillik yubileyiga chiqarilgan fevral 2010 yilda nashr etilgan Abdugʻani Abdugʻafurovning „Oʻshning Akademik teatri“ kitobining 1 betida Rahmonberdi Madazimovning Bobur nomli Oʻsh davlat akademik musiqali drama teatrining tashkil etishda va faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan.

Rahmonberdi hoji Madazimov Oʻshda taniqli yozuvchi boʻlgan. Uning ikkita „Oʻshning tavsifi“ va "Ismlar imlosi" asarlari 1914 va 1915-yillari Toshkentda nashr etilgan. Bundan tashqari, teatr uchun kichkina dramalar, pʼyesalar va konsert dasturlari muallifi boʻlgan va ularni sahnalashtirgan.

Yangi davlatchilik shakllanishining boshida Rahmonberdi Madazimov, Boltixoji Sultonov, Nasrullo Sultonov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Sanjar Qosimbekov, Inomjon Saidiy, Joʻraxon Shamsuddinovlar Qoraqirgʻiz avtonom viloyatining tashkil topishida faol rol oʻynadilar.

Rahmonberdi Madazimov 1932 yili Oʻzgan shahriga koʻchib ketganligi sababli teatrdan ishdan ketadi va 1933 yil may oyining oxirida Oʻzgan shahrida qiyinchilik, ochlik vaqtlari, tut pishigʻida vafot etadi. Oʻzgan shahrining „Yetti Sulton“ qabristoniga dafn etilgan. Mirzo Rahmonberdining ikkala oʻgʻli ham otasining yoʻlini davom ettirib, Oʻsh oʻzbek drama teatrida koʻp yillar davomida ishlashgan. Oʻrinboy va Joʻraxon Rahmonovlar Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga katta hissa qoʻshishgan. Oʻsh shahridagi Bobur (Kirov) nomli drama teatrining asoschilaridan boʻlishgan.

Ijodiy faoliyati

tahrir
Yil Nomi Oʻzbekcha nomi Muallif
1919 Otseubiysa Padarkush M.Behbudiy
1919 Lekar iz Turkestana Turkistonlik tabib Mannon Uygʻur
1920 Otravlennaya jizn Zaharli hayot Hamza
1921 Sirota Yetim Gulom Zafariy
1922 Nakazaniye klevetnikov Tuhmatchilar jazosi Hamza
1923 Lolaxon Lolaxon Komil Yashin
1924 Raport s yuga Janubdan raport Mahmud Rahmon
1925 Gulsara Gulsara K.Yashin i M.Muzaffarov
1926 Dva kommunista Ikki kommunist K.Yashin
1927 Druzya Oʻrtoqlar K.Yashin
1928 Vnutri Ichkarida K.Yashin
1929 Xalima Halima Gulom Zafariy
1929 Aji-aji Aji-aji K.Yashin
1930 Istorii na xlopkovom pole Paxta shumgʻiyalari Umarjon Ismoilov
1931 Jenitba Uylanish N. V. Gogol
1932 Perevodchik Tilmoch Mannon Uygʻur

Rahmonberdi Madazimovning Oʻsh shahrining Bobur nomli teatrida ijodiy faoliyati 1918-1932 yillar.

Bundan tashqari koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Qirgʻiziston janubida xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi

tahrir

20-asr boshlarida Oʻshda jadid maktabi ochilib, u yerda Boltihoji Sultonov, sayyoh va inqilobchi Fozilbek Qosimbekov faoliyat yuritgan. Qirgʻiziston janubidagi Jadidchilik harakatining yetakchilari va mafkurachilari mulla Rahmonberdi Madazimov, Boltihoji Sultonov, sayoh va inqilobchi Fozilbek Qosimbekovlar boʻlishgan. Rahmonberdi Madazimov, Boltihoji Sultonov va Fozilbek Qosimbekovlar jadid maktabi ochdilar, Oʻshda 60 dan ortiq bolani, Qorasuv maktabida boʻlsa 20 nafar bolani arab va oʻzbek tillarda oʻqitishdi.

Oʻsha paytda xatni biladiganlar juda kam edi, xatni asosan zodagonlar va badavlat oilalarning farzandlari olar edi. Shuning uchun Madazimov Qirgʻiziston janubida sovet maktablari tarmogʻini, xalq maorifini rivojlantirishga katta eʼtibor berdi. R. Madazimov Oʻsh viloyati xalq taʼlimi rivojiga katta hissa qoʻshgan. 1918-yil 20-mayda Oʻshda xalq maorif kengashini tuzishda faol ishtirok etdi. Rahmonberdi Madazimov, Boltihoji Sultonov va Joʻraxon Zaynobiddinovlarning bevosita ishtirokida 1918-yil avgust oyida 95 oʻrinli birinchi bolalar bogʻchasi, 1918-yilda Oʻsh tumanida 13 ta maktab ochilib, ularda 939 nafar bolalar va oʻsmirlar oʻqidi. R. Madazimovning taklifi bilan och qolgan bolalar va yetim bolalarga issiq ovqat bepul tarqatish tashkil etildi.

Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar va Qorasuv tumani Kengashlari deputati etib saylangan.

Oilasi

tahrir

Yozgan kitoblari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  1. Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь". Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987 — 110-bet.  BBK 92ya2 (rus.)
  2. Национальная энциклопедия Узбекистана. Ташкент: Государственное научное издательство "Ўзбекистон миллий энциклопедияси", 2000—2006 — 219, буква "Ў"-bet.  (Wayback Machine saytida 2018-07-12 sanasida arxivlangan) (oʻzb.)
  3. Национальная энциклопедия «Кыргызстан», 5 том. Бишкек: Центр Государственного языка и энциклопедии, 2014 — 763-bet.  (qirgʻ.)
  4. "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980 — 5-bet.  21 sm, BBK 85.4. (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  5. «Видные сыновья Оша». Ош: "Ошская областная типография", 2000.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) (rus.) i (oʻzb.)
  6. "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010 — 1-bet.  (oʻzb.)
  7. "Во имя процветания Кыргызстана" Энциклопедическое издание о выдающихся узбеках Кыргызстана. Ош: "Ризван", 2017 — 27—30-bet.  UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  8. Одилжон Дадажонов. "Мозийға қайтиб"). Ош: "Ризван", 2021 — 334-335-bet. ISBN 978-9967-9258-6-1.  UDK 821,51. BBK 84.UZ7-4. D14. (oʻzb.)

Manbalar

tahrir
  1. Lyudi, kotorie menyali mir
  2. „Jaydari kelin“ chegara osha tomosha koʻrsatdi
  3. Portalus Biografii znamenitostey
  4. Oni stoyali u istokov
  5. Lyudi, kotorie menyali mir
  6. Rahmonberdi Madazimov, 2016-10-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-09-03
  7. Teatr kutlug 60 yillik tuyini nishonladi
  8. Pamirskie pisma kapitana Zaysova, 2020-10-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-25
  9. Toirboyev Sulton mingboshi

Havolalar

tahrir