Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Qatlam (geologiyada) — geologik jism, choʻkindi togʻ jinslari yotqizilishining asosiy shakli va ularning ketmaket joylashishi. Qatlamning litologik tarkibi nisbatan bir xil boʻlib, bir-biriga deyarli parallel yuzalar (yuqoridagisi — qatlam usti va pastdagisi — qatlam osti) bilan chegaralanadi. Qatlam qalinligi uzunligiga nisbatan ancha kam. Yuqoridagi qatlam (normal yotganda) ostki qatlamga qaraganda yosh boʻladi. Qatlam metamorfik jinslardan ham iborat boʻlishi mumkin. Magmatik jinslar va rudalar muvofiq shaklda yotganda ularni qatlam deyish mumkin. Q koʻpincha bir necha qatlardan iborat boʻladi (mas, tarkibida oʻziga xos togʻ jinsi uchraydigan foydali qazilma, koʻmir qatlam, neftli qatlam va gazli qatlam).