Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Pochchaotasoy, Podshootasoy — Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tizmasining yon bagʻirlaridan boshla-nadi. Uzunligi 80 km dan ortiq. Havzasining maydoni 389 km². P. yuqori oqimida chuqur daralardan, Nanay qishlogʻi yonida togʻdan chiqib Qorabali vodiysidan oqadi. Katta yoyilma hosil qiladi. Shu yerdan soy suvi sugʻorish arik/iapnra olinadi. Qor, yomgʻir, yer osti suvlaridan va qisman muzliklardan toʻyinadi. Havzasida umumiy uz. 4 km dan ortiq 6 ta muzlik bor (maydoni 1,9 km²). Iillik oʻrtacha suv sarfi 6,1 m³/sek., oqim moduli 15,7 l/sek, km², Vegetatsiya davrida yillik suvining 80% i oqib oʻtadi.

P. dan Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanining ekin maydonlari suv ichadi. Soy vodiysida Zarkent va Nanay qishloqlari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil