Peshrav
Peshrav (fors. — oldinda yuruvchi) — 1) ashula yoʻllarida cholgʻu muqad-dima vazifasini bajaruvchi kuy tu-zilmasi. Bastakorlik ijodiyoti rivojlanishi jarayonida P. mustaqil cholgʻu kuy sifatida shakllangan. 14— 17-asrlarda "P." nomi ayrim ashula namunalariga ham ishlatilgani maʼlum; 2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari tarkibidagi cholgʻu qism nomi. Shashmaqom majmuasidagi Dugoh ma-qomi mushkilot boʻlimida P.i Dugoh asari mavjud. Xorazm maqomlarida P. asosiy cholgʻu qismlaridan biri hisoblanadi; 3) kuy rivoji vositasi, us-lubi. Unga koʻra, har navbatdagi yuqoriroq joylashgan pardalardan biri zabt etilib, pogʻonama-pogʻona pastga qarab siljish orqali tayanch pardagacha kay-tib kelinadi. Deyarli barcha mumtoz cholgʻu kuylarda P. vositasi qoʻllangan. Keng maʼnoda maqom cholgʻu yoʻllari P. uslubi taʼsiri ostida bastalangan. P. tojik, uygʻur, ozarbayjon, turk, eron, arab va boshqa sharq xalklari musiqasida ham katta oʻrin tutadi. 20-asr uzbek bastakorlari (T.Jalilov, Yu.Rajabiy, K.Jabborov va boshqalar) P. xu-susiyatlaridan foydalanib ashula, ommabop qoʻshiqlar yaratishgan.
Ravshan Yunusov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |