Napoleon urushlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Napoleon urushlari - Napoleon Skonsulligi (1790—1804) va imperatorligi (1804—14, 1815) davrida Fransiya olib borgan urushlar. Napoleon urushlari bosqinchilik harakterida boʻlgan. Fransiya Napoleon harbiy diktaturasi oʻrnatilgan vaqtda (1799) 1789—99 yillarda tuzilgan 2-antifransuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Turkiya, Neapol qirolligi va boshqalar) bilan urush holatida edi. 1800-yil Rossiya ittifoqchilar bilan kelisha olmay koalitsiyadan chiqqan. Natijada 2-koalitsiya rasman oʻz faoliyatini tugatgan. Faqat Buyuk Britaniya urushni davom ettirgan. 1805-yil 3-antifransuz koalitsiyasi (Buyuk Britaniya, Avstriya, Shvetsiya, Rossiya) tashkil topgan. Shu yili ingliz floti admiral Nelson rahbarligida birlashgan ispan-fransuz flotini tormor qilgan. Biroq Napoleon quruklikda katta muvaffaqiyatga erishgan. U Austerlits yaqinidagi jangda (1805-yil 2 dekabr) Rossiya-Avstriya qoʻshinlarini ogʻir talafotga uchratdi. Avstriya Fransiya bilan sulh tuzishga majbur boʻlgan (1805-yil 26 dekabr). Rossiya va Buyuk Britaniya, Prussiya bilan Shvetsiya qoʻshilib 4-antifransuz koalitsiyasi vujudga kelgan (1806-yil sentabr). 1806-yil oktabrda Prussiya fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1807-yil iyunda Napoleon I Fridland ostonasida rus qoʻshinlarini yenggan. 1809-yil Buyuk Britaniya bilan yana ittifoq tuzgan (5-antifransuz koalitsiyasi) Avstriya qushinlarini tor-mor keltirgan. Napoleon imperiyasiga xal qiluvchi zarba Rossiyada berilgan. M. I. Kutuzov qoʻmondonligida rus armiyasining kurashi natijasida Napoleonning "Buyuk armiyasi" magʻlub boʻlgan. Rossiyadan chekinayotgan fransuzlarga qarshi Yevropa mamlakatlarida ozodlik urushi boshlanib ketgan. 1813-yil fevralda Prussiya Rossiya bilan ittifoqtuzgan. Bu ittifoq 6-antifransuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Shvetsiya, Avstriya va boshqalar)ning tashkil topishiga asos boʻlgan. Shu yili Leypsig jangida Germaniya ozod qilindi. 1814-yil mart oxirida ittifoqchilar armiyasi Parijni ishgʻol qilgan. Aprelda Napoleon 1 taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan (6-aprel) va u Elba o.ga surgun qilingan. 1815-yil 1-martda Napoleon I 1000 kishilik otryad bilan oroldan chiqib Parijga yurish qilgan va 20-martda qayta taxtga oʻtirgan. Lekin, Yevropa davlatlari uni tan olmaganlar. 25-martda Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya oʻrtasida Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoq (7-anti-fransuz koalitsiyasi) tuzilgan. 18-iyunda Napoleon armiyasi Vaterloo jangida ingliz-pruss qoʻshinlari tomonidan tor-mor keltirilgan. 22-iyunda Napoleon taxtdan voz kechgan. 1815-yil 20-noyabrda ittifoqchilar bilan Fransiya oʻrtasida Parij sulh shartnomasi im-zolanib, unga koʻra Burbonlar hokimi-yati yana qayta tiklangan.
Shodmonqul Pirimqulov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |