Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Musodara — shaxsga tegishli mulkni pul toʻlamasdan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga oʻtkazish.[1] Mulk uning egasidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda jinoyat yoki oʻzga huquqbuzarlik uchun sud qaroriga muvofiq olinadi va bahosi belgilanib, musodara qilinadi.

Oʻzbekistonda

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasida mahkumning mulkini musodara qilish jazosi 2001-yil avgustida bekor qilingan (JK, 53-modda). Lekin jinoyat yoʻli bilan orttirilgan yoki jinoyat sodir etish vositasi boʻlgan mulk, albatta, musodara qilinadi (JPK, 211-modda).

Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki buyumi tuman (shahar) sudyasi, baʼzi hollarda — bojxona va soliq organlari tomonidan musodara qilinadi (Oʻzbekiston Respublikasi, MJK, 27-modda). Jumladan, bojxona nazorati chogʻida topilgan huquqbuzarlik ashyolari, transport vositasi olib qoʻyilib, baholanadi va sudya yoxud bojxona organining boshliklari tomonidan musodara qilinadi (Bojxona kodeksi, 186-modda).

Manbalar

tahrir
  1. "Musodara". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005. 

Havolalar

tahrir