Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Mirzohid Ubaydullayev (1976-yil, Fargʻona tumani) — Fargʻona shahar hokimi (2021)[1]. 1999-yil Fargʻona politexnika institutini, 2013-yil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. 2014-2015 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi, 2015-2016 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2016-2020 yillarda Margʻilon shahar hokimi kabi lavozimlarda ishlagan. U 2020-yil aprelidan Fargʻona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan[2]. 2021-yilning dekabrida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga oʻtkazilgan[3].

Mirzohid Murodilovich Ubaydullayev
Fargʻona shahri hokimi
Mansab davri
2021-yil 10-fevral – 2021-yil 25-dekabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Hamid Habibiddinov
Vorisi Vosiljon Nazarov
Margʻilon shahri hokimi
Mansab davri
2016-yil – 2020-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Mansab davri
2015-yil – 2016-yil
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Fargʻona viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshligʻi
Mansab davri
2014-yil – 2015-yil
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1976-yil
Oʻzbekiston Oʻzbekiston, Fargʻona tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Taʼlim Fargʻona Politexnika instituti (1999)
Maʼlumoti oliy

Manbalar

tahrir