Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Meyn — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Augusta shahri. AQSh ittifogʻiga 15 mart 1820 yilda kirgan, undan oldin — Massachusetts. Meynning beshdan toʻrt qismini yogʻoch qayta ishlovshi sanoati uchun juda muhim boʻlgan oʻrmonlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham shtatning „yogʻoch shtat“ va „sosna shtati“ degan laqablari bor. Meyn Amerikada baʼzan „AQShning Shveysariyasi“ va „Vacationland“ („Hordiq yeri“) deb ham ataladi. Bu nomlarning kelib chiqishiga shtatning togʻli manzarasi va koʻp yogʻadigan qori sababchi boʻlgan.

Meyn
Maine
Shtat
Meyn bayrogʻi Meyn tamgʻasi
Meyn bayrogʻi Meyn tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Pine Tree State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Augusta
Eng yirik shaharlar Portlend
Lewiston
Bangor
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 39-oʻrinda

91,646 km²
12.78 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 40-oʻrinda

1,321,505
15.95 kishi/km²
2
4

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 43-oʻrinda

$43,336 million
$32,956

Ittifoqqa kirish

   • Sana

23-boʻlib

15 mart 1820

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma MA [25]
Shtat guli White pine cone and tassel

(Pinus strobus)

Shtat daraxti Eastern White Pine

(Pinus strobus)

Umumiy maʼlumot

tahrir

Meyn — AQShning 50 shtatidan biri. Yevropaliklar 1607-yilda ilk bora bu yerda yashashni boshlagan. 1602-yili Meyn, Buyuk Britaniyaga qarashli boʻlgan Massachusetts Koʻrfaz Koloniyasining tarkibiga kirdi. 1776-yilda AQSh davlati mustaqillikka erishgach Meyn hozirgi Massachusetts shtatining ichida edi. Keyinchalik, 1820-yilda Meyn aholisining koʻpayishi hamda Massachusetts shtat markazidan uzoqdaligi tufayli alohida Meyn shtatiga aylantirildi. Shtat AQShning shimol-sharqiy tomonidagi Yangi Angliya hududida joylashgan. Poytaxti — Augusta shahri, eng katta shari esa Portlend — aholisi 65.000. 1832-yilgacha Meyn shtatining poytaxti Portlend shari edi, keyin Augusta shahri poytaxt deya eʼlon qilindi.

Joʻgʻrofiyasi

tahrir

Meyn shtati AQShning Kanada davlati bilan chegaradosh boʻlgan shtatlaridan biridir. Mamlakatning eng shimoli sharqiy qismida joylashgan shtat, shimol, gʻarb va shimoli gʻarbiy tarafda Kanada bilan chegaradosh. Janubi gʻarbiy tarafda esa AQShning N'yu-Xempshir shtati bilan chegaralangan. Janubi sharqiy tarafda Atlantika okeani bor. Qiziqarli tomonlardan biri shuki, Meyn shtati AQShning eng sharqiy shtatidir. Shtat hududidagi eng katta koʻl — Musxed (english: Moosehead) koʻlidir, eng baland togʻ esa Kataxdin tog'i.

Iqtisodiyot

tahrir

Shtatning eng katta shahri boʻlgan — Portlend AQShning shimoli sharqiy qismidagi eng katta port-shahridir. Portlend dengiz transportatsiyasi boʻyicha soʻnggi yillarda, xatto, Boston shahrini ham ortda qoldirmoqda. Meyn viloyatida hayvonchilik, baliqchilik va dehqonchilik rivojlangan. Oʻrmon sanoatida aholining koʻp qismi ishlaydi. Boshqa shtatlarga tovuq, tuxum, go'sht va sut mahsulotlari, olma va boshqa meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiladi. Shuningdek turizm ham Meyn iqtisodiyotining muhim parchalaridan biri. Qish fasli sovuz oʻtgani bilan, yoz mavsumida Atlantika okeani qirgʻoqlari turistlar bilan gavjum boʻladi. Meyndagi Acadia Milliy Bog'iga har yili minglarcha tursit tashrif buyuradi.