Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Mehnat jamiyat yoki alohida individ talab va ehtiyojlarini qondirish uchun bajariladigan faoliyat turidir. Mehnat iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida koʻriladi.

Mehnat — insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati; eng avvalo tabiat predmetlarini oʻzgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi. Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratiladi.

Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni oʻzgartiribgina qolmaydi, balki oʻzi ham kamol topadi, uning akliy va jismoniy qobiliyatlari oʻsadi. Mehnat jarayonida inson tabiat kuchlarini oʻz maqsadiga boʻysundiradi.

Jamiyat taraqqiy etishi bilan Mehnat taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi, Mehnatning yangi turlari yuzaga keladi, ular mustaqil vazifaga ega boʻladi. Mehnatdagi ixtisosla-shuv tufayli tabiat sirlari chuqur oʻrganiladi, tabiiy narsalar toʻlaroq ishlatiladi, hatto, ularniig xossalari oʻzgartiriladi. Mehnat taqsimotining darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajgia ekanligini ifodalaydi. Mehnat turlari yuzaga kelishi bilan Mehnat faoliyati natijalarini ayirboshlash, har xil mehnashi bir-biriga moslashtirish ehtisji tugʻiladi. Bu esa mehnatga ijtimoiy tus beradi, chunki mahsulotlar va chizmatlar koʻpchilik mehnatining shpijasiga aylanadi. Shunday sharoitla Mni boshqarish tizimi yuzaga kelali na u maxsus vazifaga ega boʻladi. Mehnat natijasi (mahsulot) tovarta aylapgapda, yaʼni pul vositasi bilan ayir-boshlanganda Mehnatning kiymat yaratishdagi roli jihatidan konkret va abstrakt Mehnatga boʻlinishi yuz beradi. Mehnat oʻzining mazmuni va harakteri jihatidan aqliy, jismoniy, malakali (murakkab) va malakasiz (oddiy) Mehnatga boʻlinadi.

Aqliy Mehnat — insonning tafakkur faoliyati. Bunga muhandis, vrach, agronom, oʻqituvchi, olim va boshqa mehnati misol boʻladi. Jismoniy Mehnat — insonning jismoniy faoliyati. Bunga ishchi, dehqon, kosib Mehnati misol boʻladi. Malakali Mehnat maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Malakasiz Mehnat maxsus tayyorgarlikni va qobiliyatni talab etmaydi, mas, yuk tashuvchi, farrosh, qorovul Mehnat

Fantexnika taraqqiyoti taʼsirida Mehnat vositalari mukammallashadi, xodimlarning mahorati, malakasi usadi, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, axborotlar texnologiyasini keng joriy etish va uni tashkil etishni tubdan takomillashtirish natijasida Mehnat mazmunining muntazam oʻzgarishi yuz beradi. Mehnatda har bir xodimning uzluksiz taʼlim va madaniytexnikaviy saviyasi hamda malakasi ortib borib, ham ijtimoiy, ham yakka tartibdagi mexmat samaradorligining uzluksiz oʻsib borishi asosida aholining turmush darajasi oshadidur[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir