Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Marokash

Shimoliy Afrikadagi davlat


Marokash, Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki Al-Magʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 446,5 ming km². Aholisi 38,4mln. kishi (2022). Poytaxti—Rabot shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi.

Marokash Qirolligi
المملكة المغربية
Al-Mamlakah al-Maġribiyyah
Shiorلله، الوطن، الملك
Allah, Al Watan, Al Malik
Madhiya: النشيد الوطني المغربي
Location of Marokash
Poytaxt Rabot
Rasmiy til(lar) Arab tili
Berber tili
Hukumat Konstitutsion monarxiya
• Rohib
Muhammad VI
Driss Jettou
Mustaqillik (Fransiya va Ispaniyadan)
• Sana
2 mart 1956
Maydon
• Butun
446,550 km2 (57-oʻrin)
• Suv (%)
0.056
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
32,725,847 (36-oʻrin)
• Zichlik 73/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$140,900 mil. (51-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$4,305
Pul birligi Moroccan Dirham (MAD)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma MO
Telefon prefiksi 212
Internet domeni .ma

Davlat tuzumi

tahrir

Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996-yil referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999-yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

tahrir

Marokash hududining aksar qismini togʻlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Janubi-gʻarbdan Shimoli-sharq tomon Atlas togʻlari choʻzilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol togʻi (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Oʻrta dengiz sohilining koʻp qismi togʻlik, qulay buxtalari bor. Janubiy va janubi-sharqdagi Sahroi Kabir choʻli qumloq va toshloqlan iborat. Marokash hududida zilzilalar boʻlib turadi. Kobalt, marganets, qoʻrgʻoshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, koʻmir konlari bor. Marokash koʻp qismining iqlimi subtropik; iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°— 28°, yanvar niki 10°—12°, togʻlardagi iqlim — kontinental. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda va shimolida 1000 mm ga yaqin, janubida 200 mm gacha. Koʻp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-urRobia. Quruq oʻrmon va butazorlarning tuproklari jigarrang. Shimolidagi sohil tekisliklari va togʻ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari gʻoyat umumdor. Oʻrmonlar, asosan, togʻlarda saqlanib qolgan va Marokash hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurgʻoqchil dasht, chala choʻl va choʻllarda alfa oʻti, shuvoq va doktorin, Oʻrta dengiz sohilida makvis butalari oʻsadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi choʻchqa, chiyaboʻri, ilon, toshbaqa, shuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Togʻlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, togʻ daryolarida xonbaliq uchraydi. Dengizdan baliq ovlanadi.

Aholisi

tahrir

Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va boshqa

Tarixi

tahrir

Hozirgi Marokash hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik bilan shugʻullangan, Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (miloddan avvalgi 2-asr) Shimoliy Marokash Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, Marokashning kup kismida urugʻchilikqabilachilik tuzumi xukmron edi. 5-asrda Marokashning shimoliy kismini vandallar, 6-asrda Vizantiya bosib oldi.

702—711 yillarda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 yil Marokashdagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-asrning 20-yillarida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-asrning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda qishloq xoʻjaligi ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos shahri madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-asrda mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.

17-asr oxiri va 18-asr boshlarida marokashliklar yevropaliklarni Marokashdan, asosan, haydab chiqardilar. 19-asrning 40-yillaridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844-yil Fransiya, 1859-yil Ispaniya Marokash hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy zavodlar, yangi portlar quriddi). 1907-yil Fransiya qoʻshinlari Marokashning Shimoli-sharqidagi Vujda shahri atroflarini, soʻngra Kasablanka shahri va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya shahri atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912-yil tuzilgan Fransiya-Marokash (30-mart) va Fransiya-Ispaniya (27-noyabr) shartnomalariga koʻra, Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shimoliy va janubiy qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.

Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921-yil rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.

50-yillarning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qoʻshildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnashchilarini quvgʻin ostiga oldi. 1952-yil 8-dekabrda Kasablankada ommaviy namoyish qatnashchilaridan yuzlab kishilar oʻldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955-yillarda Marokashda yana ish tashlashlar va namoyishlar boʻlib oʻtdi. Dunyodagi boshqa ilgʻor kuchlar Marokash xalqining milliy ozodlik harakatini qoʻllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorata Marokashda milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955-yil 7-dekabr) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1957-yil 2-mart). 1956-yil 7-aprelda Ispaniya protektorata ham bekor qilindi, 1957-yil 1-yanvarda Tanjer Marokash tarkibiga qoʻshildi. 1962-yil dekabrda Marokashning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963-yil mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. "Istiqlol" partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chikdi (1959). 1964—65 yillarda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shior’?1ari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965-yil 7-iyunda Marokashda fav-qulodda holat eʼlon qilindi, qirol hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi.

1970-yil iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28-avgustda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. 1972-yil 1-martda referendum boʻlib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi.

Qirol Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973-yilda bir qancha iqtisodiy tadbirlar oʻtkazilishini eʼlon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini oʻtkaza boshladi. Konstitutsiyaga 1992-yilda kiritilgan oʻzgartirishlarga bi-noan, parlamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, Marokashning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. Marokash 1956-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-yil 11-oktabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30-iyul — Taxt kuni (1999).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

tahrir

Istiqlol partiyasi, 1943-yil tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi, 1959-yil tuzilgan; Taraqqiyot va sotsializm partiyasi, 1974-yil asos solingan; Konstitutsiyachi ittifoq, 1983-yil taʼsis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959-yil tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981-yil asos solingan; Xalq milliy harakati, 1991-yil tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978-yil taʼsis etilgan; Xalq kuchlari sotsialistik ittifoqi, 1974-yil tuzilgan; Sotsialdemokratik harakat, 1996-yil asos solingan. Marokash mehnatkashlari umumiy ittifoqi, 1960-yil tashkil etilgan; Marokash mehnat ittifoqi, 1955-yil tuzilgan; Demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1978-yil asos solingan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Marokash — agrar mamlakat boʻlib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik qishloq xoʻjaligi fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari bilan bir katorda qad. sektor — yarim natura va mayda tovar dehqon xoʻjaliklari katta oʻrin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin Marokash hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xoʻjalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi — Marokash iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning koʻp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% qishloq xoʻjaligida band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. taʼminlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan koʻprogʻini donli ekinlar beradi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar koʻp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va oʻtloklar, 12% ni oʻrmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shimolida joylashgan. Mayda falloh xoʻjaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad hoʻjaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. Oʻrmonlarda poʻkakli dub qobigʻi va evkalipt yogʻochi, palma bargi tayyorlanadi.

Sanoati

tahrir

Marokashning ishlab chiqarish sanoatida iktisodiy faol aholining 23% band. Marokashda dunyodagi fosfat xom ashyosi zaxiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida Marokash dunyoda 3-oʻrinda, eksport qilish jihatidan 1 -oʻrinda turadi. Marokash sanoatining toʻqimachilik, koʻnchilik, kimyo, neft kimyosi, farmatsevtika va sement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan. Yangi qurilgan oʻnlab korxonalar sanoatning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha oʻzgartirib yubordi. Mamlakatda kazib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va sement zavodlari, rangli metallurgiya korxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab chetdan keltiriladigan xom ashyo, chala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foydalanuvchi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-kechak, avtomobil va elektron sanoati uchun qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumlaga kiradi. Hunarmandchilik sohasi iqtisodiyotda muhim oʻrin egallaydi.

Oziq-ovqat va toʻqimachilik ishlab chiqarish sanoatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalash, un-yorma, qand-shakar, sut zavodlari bor. Toʻqimachilik sanoati tarkibidagi korxonalarning aksariyat qismi mayda va oʻrta fabrikalardan iborat. Fos shahrida yirik toʻqimachilik kombinati qurilgan. Rabotda va koʻhna shaharlarda hunarmandlar koʻproq gilamdoʻzlik bilan shu-gʻullanadi.

Ogʻir sanoatning muhim tarmogʻi boʻlmish kimyo sanoati, asosan, fosfat xom ashyosini qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Fosfor kislota va kimyoviy oʻgʻit olish uchun Safi yaqinida qurilgan kimyo zavodlari yiliga 4 mln. t dan ortiq fosforitni qayta ishlaydi. Bo-shqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa shaharlardagi 9 ta sement zavodi (eng yirigi Kasablankada), 7 ta metall ishlash va avtoyigʻuv zavodini koʻrsatib oʻtish mumkin. Nadordagi poʻlat prokat sexi, asosan, armatura ishlab chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan.

Mamlakat ichkarisida yuk tashishda temir yoʻl asosiy rol oʻynaydi. 2000 km t.yildan 867 km elektrlashtirilgan. Asosiy temir yoʻl magistrali Marokash—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda Marokashning garbiy va sharqiy qismlarini Jazoir va Tunis bilan tutashiradi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 60 ming km. Marokashda 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi aeroportdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Agʻodir, Tanjer.

Marokash chetga, asosan, sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi — fosforit, rangli metall rudalari, sitrus meva, baliq va uning konservasi, sabzavot, meva va ularning konservasi, fosfor kislota, oʻgʻit, poʻkak, kalava ip, jun, teri, goʻsht va boshqa chiqaradi. Chetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbobuskunalari, isteʼmol bu-yumlari, kimyoviy mahsulotlar, gʻalla, qand-shakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, Italiya. Pul birligi — Marokash dirhami.

Tibbiy xizmati

tahrir

Davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Rabot va Kasablanka universitetlarining tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

859 yil Fosda Afrikada birinchi musulmon universiteti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari boʻlgan. Fransuzlar hukmronligi davrida (1912-yildan) davlat dunyoviy maktablarining 2 turi (yevropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956-yil mustaqillik eʼlon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savodsizlikni tugatish choralari kurila boshladi. 1963-yilda bolalarni 6—7 yoshdan 13—14 yoshgacha majburiy oʻqitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil, oʻrta maktabda 7 yil Oliy oʻquv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi universitet (1957), Fos shahrida Karauin nomidagi musulmon universiteti (859),Muhammad bin Abdulloh nomidagi universitet (1973), Kasablankada Hasan II nomidagi universitet (1975), 12 ta institut va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis sanʼat maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy instituti, agronomiya tadqiqotlari milliy instituti, Muhammad V nomidagi universitet huzurida ilmiy tadqiqot markazi, Marokash geogr. milliy qoʻmitasi, Milliy gigiyena instituti (Rabotda), Okeanografiya instituti (Kasablankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977-yil Qirollik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada Munitsipal kutubxona, Rabotda markaziy kutubxona arxivi bilan, universitetlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon shaharlarida kutubxonalar bor. Rabotda antik sanʼat va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarogʻ muzeyi, Titvonda arxeologiya, sanʼat va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjerda muzeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Marokashda 20 ga yaqin gazeta va bir kancha jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: "Al-Alam" ("Bayroq", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gazeta, 1971-yildan), "Al-Bayon" (arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1972-yildan), "Ad-Demokrati" ("Demokrat", arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1982-yildan), "Al-Magʻrib" ("Gʻarb", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1977-yildan), "Opinon" ("Fikr", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1965-yildan), "Risolat alUmma" ("Millat risolasi", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1983-yildan), "Lyam alif" (fransuz tilida chiqadigan oylik jurnal, 1966-yildan). Magʻrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959-yilda tuzilgan. Marokash radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeshittirishlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi.

Adabiyoti

tahrir

Marokashda adabiy asarlar arab, barbar, fransuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz arab tilidagi adabiyot umumiy arab adabiyoti yoʻlidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) arab adabiyoti taʼsirida rivojlandi. Mahalliy arab laxjasidagi va barbar tilidagi xalq ogʻzaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12—14-asrlar sheʼriyatida siyosiy hajviya asosiy oʻrinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-shayd kabi shoirlar). Nasrda koʻproq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar toʻgʻrisida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vakili — Ibn Batuta). 13-asr boshlarida badiiy yilnomalar yaratish anʼanaboʻlib, 19-asrgacha davom etdi. 15— 16-asrlarda Marokash adabiyotida koʻproq mash-xur kishilar hayotiga bagʻishlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16—18-asrlar sheʼriyatida bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinchi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz arab sheʼriyati anʼanalari Marokash adabiyotida 20-asrning oʻrtalarigacha davom etdi. 16-asrdan boshlab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi anʼanalari, Marokash shahri va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boshladi. Xalq sheʼriyati musiqa va kuy bilan mustahkam bogʻlangan.

Marokashning arab va fransuz tillaridagi hozirgi zamon adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi taʼsirida rivojlana boshladi. A. Benjellun ("Bolalikda" va boshqalar) va M. Safriui ("Moʻʼjizalar doʻkoni" va boshqalar) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-yillarda fransuz tilida yozilgan romanlar salmokli oʻrinni egalladi (M. A. Lahbobiyning "Umid qoʻshiqlari" va "Zulmatdan ziyoga" asarlari). 60-yillar adabiyotida dramaturgiya paydo boʻldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. Gʻallabning "Yetti eshik", Lahbobiyning "Tashna avlod" va boshqalar). Bu davrda M. adabiyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi isteʼdodli yoshlar kirib keldi. 1960-yilda yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblardan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbogʻ, A. as-Salom, A. Larua, M. Barrada va boshqa mashhur.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir

Marokash hududida neolit davriga oid koya rasmlari (fil, kiyik, qush tasvirlari), miloddan avvalgi 1ming yillikka mansub aylana tosh qabristonlar, keyinroq ishlangan qizil sirli sopol idishlar saqlangan. Miloddan avvalgi 1-asr— milodiy 3-asrga oid Rim davri shaharlari (Volyubilis, Tamud, Tingis) harobalarida meʼmoriy obidalar, naqsh va haykallar qoldiklari uchraydi. Milod boshlarida barbar sanʼati rivoj topdi. Marokash Hududi arab xalifaligiga qoʻshilgach, arab badiiy anʼanalari va uslublari kirib keldi, musulmon meʼmorligi rivojlandi. Oʻrta asrlarda bu oʻlkada minorali, toʻgʻri toʻrtburchakli devor bilan oʻralgan shaharlar vujudga keldi (Miknas, Rabot, Fos), bir necha ibodatxonali gumbazlari muqarnas va sergʻovakli machitlar, saroylar qurildi. Muhim binolar tosh va yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan (Kutubiya machitining mi-norasi, 1184—99), 11 —13-asrlarda shaharlar harbiy maqsadlarda mustahkamlandi, qalʼalar qurildi. Binokorlikda tosh, loy, gʻishtdan keng foydalanidsi. 13—14-asr meʼmorligida, ayniqsa, bezakka alohida eʼtibor qilindi, binolar oʻyib naqsh ishlangan marmar, yogʻoch, koshin, sopol va oyna mozaika bilan bezatildi, vitrajlar ishlandi (Tosdagi Katta machit, 12—13-asr, Fosdagi Attarin madrasasi, 1323—25). 16— 17-asr madaniyat yodgorliklari, ayniqsa, nafis va boy bezaklari bilan diqqatga sazovor (Marokash shahridagi maqbaralar majmui, 16-asr 2-yarmi). 19-asrda Fos, Miknas, Marokashda ichki hovlili muhtasham saroylar qurildi. Koʻpgina shaharlarda 1—2 qavatli, ichki hovlili turar joylar 20-asrgacha ham saqlangan. Shaharlardan tashqarida tomi poxol bilan kulohsimon qilib yopilgan, qamish devorlari loy bilan suvalgan uylar koʻp qurilgan.

Oʻrta asrlarda Marokashda shoyi, kundal matolar toʻqish, gilamdoʻzlik, kulollik, jezni badiiy ishlash avj olgan. Marokash Fransiya taʼsiri ostida boʻlgan yillarda mamlakatda yevropacha kvartallar qurildi. 1950-yillardan Marokashda zamonaviy uylar qurila boshladi. Marokash mustaqillikka erishgach (1956), shinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, koʻp qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshladi. Marokashlik meʼmorlar mahalliy sharoitga moslab, milliy anʼanalar ruhida ishlagan loyihalar asosida turar joylar, jamoat binolari, sanoat inshootlari keng koʻlamda qurila boshladi. Marokash uchun yangilik boʻlgan tasviriy sanʼat rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi meʼmorlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltarosh X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka shaharlarida amaliy sanʼat ustalarining shirkatlari tashkil qilingan. Gilamdoʻzlik, charmni kashta bilan bezash sanʼati rivoj topgan, zargarlik, kandakorlik, mis idish va buyumlarni qadama naqsh bilan bezash sanʼati ham keng tarqalgan.

Musiqasi barbar va arab madaniyatlaryning oʻzaro taʼsirida rivojlangan. Asl barbar musiqa sanʼati namunalari Marokash qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa sheʼriyat va raqs bilan uzviy bogʻlangan. Qoʻshiq bilan ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. Marokashning Shimoli-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va janubi-gʻarbda yashaydigan barbarlarda axuax musiqiy uslublari shakllangan. Axidu kuylari ixcham diapazonli, xromatizmga boy, axuax kuylari yevropacha anʼanalarga yaqin, diapazoni keng. Barbarlarning musiqiy asboblari: kasba (nay), arxanim, bendir, tarija, skripka va boshqalarlardan iborat.

Arab musiqa sanʼati turli-tuman boʻlib, arab mumtoz (aloʼ va samoʼ) va xalq (grix) musiqalarini oʻz ichiga oladi. Aloʼ va samoʼ kuylari baʼzan birbiriga yaqin boʻlsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Aloʼ — dunyoviy, saroy sanʼati boʻlib, asosini mumtoz arab sheʼriyati tashkil etadi. Samoʼ — diniy mazmundagi madhiya, mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qoʻshiqlari — grixlar qiroatga asoslangan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va boshqa tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning oʻziga xos magʻribcha uslubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozanda (qonun) va musiqashunos S. Sharqiy mashhur. Marokashda Milliy musiqa, raqs va drama sanʼati konservatoriyasi (Rabotda), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960-yildan Marokashda har yili milliy musiqa festivali oʻtkaziladi.

Teatri

tahrir

Marokash teatr sanʼati xalq marosimlari, rasmrusumlari va oʻyinlari asosida vujudga kelgan. 12-asrdan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoshalari urf boʻldi. 19-asr oxirlarida miyerlik va suriyalik truppalar gastrol bera boshladi. Fransuz va ispan hukmronligi davri (1912—56)da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda koʻpgina tomoshalar qoʻyildi. Baʼzi havaskor aktyorlar Yevropada taʼlim olib keldilar. 1923-yil Fosda uyushgan truppa 1929-yilgacha (rahbari dramaturg va rejissor Abdulla bin Shakrun) xaloyiq oldida tomosha koʻrsatdi. Shu shaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Shaviy boshchiligidagi truppalar ishladi, Sale, Tanjerda ham kichik truppalar tuzildi. 1956-yildan keyin teatr sanʼati rivojida yangi bosqich boshlandi. Kasablankadagi (Toyib Saddiqining Munitsipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boshchiligidagi Milliy teatri) yetakchi teatrlarda Yevropa, arab dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. 1961-yil radiola birinchi professional truppa tashkil topdi. Marokashda 100 dan ortiq havaskorlik teatrlari mavjud. 1960-yildan Marokash shahrida Marokash sanʼati festivallari oʻtkazildi. 1959-yil Rabotda ochilgan Drama sanʼati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962-yildan Musiqa, raqs va drama sanʼati milliy konservatoriyasi ishlay boshladi.