Lionel Messi
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. (2024-06) |
Lionel Andrés Messi Kuchchittini (ispancha: Lionel Andres Messi Cuccittini) 1987-yilda 24-iyunda Argentinada tavallud topgan. Uning otasi Gianni Infantino hisoblanadi.Inter Mayami[4] va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchidir. Koʻplab futbol mutaxassislari, jurnalistlar va futbol yulduzlari tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb tan olingan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lionel Andrés Messi[1] | ||
Tavallud sanasi | 24-iyun 1987-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Rosario, Santa Fe, Argentina | ||
Boʻyi | 1.73 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Inter Miami | ||
Raqami | 10 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003–2004 | Barcelona C | 10 | (5) |
2004–2005 | Barcelona B | 22 | (6) |
2004–2021 | Barcelona | 520 | (517) |
2021–2023 | Paris Saint-Germain | 58 | (22) |
2023– | Inter Miami | 25 | (21) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004–2005 | Argentina U20 | 18 | (14) |
2008 | Argentina U23 | 5 | (2) |
2005– | Argentina | 191 | (112) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (28-noyabr 2024-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (28-noyabr 2024-yil uchun) |
Messi Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, 2005-yilning yoshlar orasida jahon chempioni (turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va toʻpurari), 2021-yilgi Copa America turniri gʻolibi hisoblanadi. 2022-yilda jahon chempionatida gʻolib boʻlgach, bir futbolchi oʻz faoliyatida erishishi mumkin boʻlgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. 2012-yil bir mavsumda Barselona klubi safida 91 ta gol urib, buzish qiyin boʻlgan rekord oʻrnatdi. Messi sakkiz marta Oltin toʻp va 6 marta Yevropa oltin butsasi sovrinlarini qoʻlga kiritgan va bu borada rekordchi hisoblanadi. Shuningdek, futbol boʻyicha jahon chempionatlari tarixida eng yaxshi oʻyinchi (FIFA oltin toʻpi) mukofotini 2 marta qoʻlga kiritgan yagona futbolchidir.
Barselona tarkibida jami 35 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Barselona jamoasi bilan oʻn karra Ispaniya chempioni (2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/2013, 2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019) boʻlgan, yetti marta Ispaniya kubogi (2008/2009, 2011/2012, 2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2020/2021), yetti marta Ispaniya superkubogi (2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018) va 4 marta UEFA Chempionlar ligasi (2005/2006, 2008/2009, 2010/2011, 2014/2015) gʻolibi boʻlgan. Messi yetti marta (2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012, 2014/2015, 2019/2020, 2020/2021) Ispaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi toʻpurari hisoblanadi. 2023-yilda, Argentina milliy termajamoasining oʻquv yigʻin mashgʻulotlar baʼzasi nomi uning sharafiga nomlandi.
Hayoti
tahrirMessi 1987-yili, 24-iyunda Argentinaning Rosario shahrida boʻlib dunyoga kelgan. Otasi – italyan Xorxe Orasio Messi, onasi Seliya Mariya Messi[5][6]. Uning akalari Rodrigo va Matias, singlisi Mariya Sol[7]. Uning katta bobosi Anjelo Messi 1883-yili Italiyaning Ankona shahridan Argentinaga koʻchib kelgan. Shajarasining boshqa tarmogʻi vakillari esa Ispaniyaning Kataloniya viloyatidan. Messi futbol bilan besh yoshidan mahalliy „Grandoli“ klubida shugʻullana boshlagan. Bu yerda uning otasi Xorxe murabbiylik qilardi. U ilk mashgʻulotlarini buvisi Saliya bilan oʻtkazgan. Butun oilada faqat shu ayolgina Messining futbolchi boʻlishini istardi. Shu sababli keyinchalik mashhur boʻlib ketgach, Lionel barcha gollarini buvisi sharafiga bagʻishladi. Messi 1995-yildan ona-shahri Rosariodagi „Nyuelz Old Boyz“ jamoasida toʻp sura boshladi. 1997-yili jamoa tarkibida Peru Doʻstlik Kubogida qatnashadi. Oʻn bir yoshga yetganida unda boʻy oʻsishini taʼminlaydigan samototropin gormoni yetishmasligini aniqlashadi. „River Pleyt“ jamoasi Messini oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi boʻladi, biroq oyiga toʻqqiz yuz dollar ketadigan muolajani qoplashga yetarli mablagʻ topa olmaydi. Messi oʻn uch yoshga kirganida „Barselona“ jamoasi sarmoyadorlaridan biri u haqida eshitib qoladi va yordamchilarini joʻnatadi. Ular Messining otasini jamoa maʼmuriyatiga borib uchrashishga koʻndiradi. Shunday qilib, 2000-yilning 17-sentyabrida Messi otasi bilan Kataloniyaga keladi. Biroq jamoaning sport ishlari direktori Karles Reksach bandligi sababli 3-oktyabrdagina koʻrikdan oʻtishga muvaffaq boʻladi. Reksach yosh futbolchining isteʼdodiga qoyil qoladi va „Barselona“ direktorlar kengashini Messining oilasi bilan Yevropa koʻchib kelishi, yiliga toʻqson ming yevro turadigan muolajaga pul ajratishga koʻndiradi. Shu paytdan boshlab Messi kataloniyaliklar safida toʻp sura boshlaydi.
Uning 3 ta oʻgʻil farzandi bor. Farzandlarining ismlari Tyago (2012) Mateo (2015) Chiro (2018).
Klubdagi karyerasi
tahrirBarselona
tahrirMessi 2003-yil 16-noyabrda 16 yosh, 4 oy va 23 kunlik boʻldi va shu kuni u Portuga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 75-daqiqada zahiradan maydongatushdi hamda jamoada oʻzining ilk debyutini amalga oshirdi[8]. 2004-yil oktabr oyida uni asosiy jamoaga koʻtkazgan Frank Raykard qoʻl ostida u 2004-yil 16-oktabrda „Espanyol“ga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi va 2005-yilning 1-mayida „Albasete“ga qarshi oʻyinda golli uzatma amalga oshirdi. Ronaldinyoning golli uzatmasini qabul qilib toʻpni darvozaga joylagandan soʻng Messi oʻsha paytdagi klub tarixida eng yosh toʻpurarga aylandi – 17 yosh, 3 oy va 22 kun. Messi 2004-05, va 2005-06-yilgi mavsumda liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Garchi u jarohat olgan boʻlsa ham 2006-yil UEFA Chempionlar ligasining finalida shalpangquloqni boshi uzra baland koʻtardi. 2007-yilning 10-martida Messi „Classiko“da oʻzining birinchi xet-trikini qayd etdi, bu 12 yil ichida buni amalga oshirgan birinchi futbolchi boʻlib, „Real Madrid“ning har bir golidan keyin hisobni tenglashtirib, oʻyinni 3:3 hisobida yakunladi. Raykardning klubdagi soʻnggi yillarida „Barselona“ 2006-07 va 2007-08-mavsumlarini sovrinlarsiz yakunladi, bu esa uning ketishiga olib keldi. Messiga 2008-09-yilgi mavsumda 10-raqamli futbolka berildi[9]. Oʻsha mavsumda Messi Samuel EtoʻO va Tyerri Anri bilan birga barcha musobaqalarda jami 100 ta gol urishga erishgandi, bu oʻsha vaqtdagi klub uchun rekord boʻlgan.
„Barselona“ning yangi bosh murabbiyi, sobiq sardori Pep Gvardiola qoʻlning ostidagi birinchi mavsumida Messi 2009-yil 2-may kuni „Clasiko“da birinchi marta markaziy hujumchi sifatida oʻynadi. U Real Madrid bilan kechgan oʻyinda 6:2 hisobida zafar quchdi va ushbu oʻyinda ikkita gol urdi hamda bitta golli uzatmani amalga oshirdi, bu jamoaning „Real Madrid“ning „Santyago Bernabeu“ stadionida tarixidagi eng yirik hisobdagi gʻalabasini taʼminlab berdi[10].
Yutuqlari
tahrirJamoaviy
tahrir- „Barselona“
- Ispaniya chempioni (10): 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2017/18, 2018/19;
- Ispaniya Kubogi egasi (7): 2008/09, 2011/12, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18, 2020/21;
- Ispaniya Superkubogi egasi (8): 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018;
- UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi (4): 2005/06, 2008/09, 2010/11, 2014/15;
- UEFA superkubogi egasi (3): 2009, 2011, 2015;
- Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibi (3): 2009, 2011, 2015
- Argentina terma jamoasi
- Jahon chempioni: oltin medal:2022
- Jahon chempionati: 2-oʻrin kumush medal:2014
- Amerika kubogi Oltin medal sohibi: 2021;
- Amerika kubogi Kumush medal sohibi (3): 2007, 2015, 2016;
- Amerika kubogi Bronza medal sohibi: 2019;
- Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi: 2008;
- Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibi: 2005.
Shaxsiy
tahrir- France Football nashriga koʻra Oltin Toʻp egasi (3): 2009, (Iniesta2010), 2011,2012,( Vandeyk2019), (Lewa9.2021); (Halland2023)
- FIFA tomonidan Yil oʻyinchisi: 2009;
- The Best FIFA Menʼs Player mukofoti egasi (2): 2019, 2022;
- Laurens World Sports Awardsga koʻra Yilning eng yaxshi sportchisi: 2020; 2023
- Yevropada Yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohibi (2): 2011, 2015;
- 2005-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati eng yaxshi toʻpurari (6 ta gol);
- 2005-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati eng yaxshi oʻyinchisi;
- „Golden Boy“ mukofoti sohibi: 2005;
- Argentinada yilning eng yaxshi oʻyinchisi (12): 2005, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2017, 2019;
- FIFProga koʻra dunyoning eng yaxshi yosh oʻyinchisi (3): 2006, 2007, 2008;
- World Soccerga koʻra dunyoning eng yaxshi oʻyinchisi (5): 2009, 2011, 2012, 2015, 2019;
- Amerika Kubogi eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2007;
- Bravo sovrini egasi: 2007;
- „Don Balon“ mukofoti sohibi (3): 2007, 2009, 2010;
- EFE sovrini sohibi (5): 2006/07, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12;
- Di Stefano mukofoti sohibi (Ispaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi sifatida) (7): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2014/15, 2016/17, 2017/18, 2018/19;
- Amerika Kubogi ramziy terma jamoasiga kirgan (5): 2007, 2011, 2015, 2016, 2021;
- Argentina futbol federatsiyasi talqiniga koʻra barcha vaqtlarning Argentina ramziy terma jamoasi aʼzosi;
- ESM talqiniga koʻra Yevropa ramziy terma jamoasi aʼzosi (12): 2005/06, 2007/08, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18, 2019/20;
- FIFPro talqiniga koʻra dunyo ramziy terma jamoasi aʼzosi (14): 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020;
- UEFA talqiniga koʻra yilning eng yaxshi oʻyinchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoa aʼzosi (12): 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020;
- FIFA talqiniga koʻra Jahon chempionati ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2014;
- Ispaniya chempionati eng yaxshi oʻyinchisi (9): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2014/15, 2017/18, 2018/19, 2019/20;
- Ispaniya chempionatida oyning eng yaxshi oʻyinchisi (8): 2016-yanvar, 2017-aprel, 2018-aprel, 2018-sentyabr, 2019-mart, 2019-noyabr, 2020-fevral, 2021-fevral;
- Ispaniya chempionatining eng yaxshi hujumchisi (9): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2011/12, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2018/19;
- UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi toʻpurari (6): 2008/09 (9 ta gol), 2009/10 (8 ta gol), 2010/11 (12 ta gol), 2011/12 (14 ta gol), 2014/15 (10 ta gol), 2018/19 (12 ta gol);
- Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi (2): 2009, 2011;
- Onze Mondialga koʻra Yevropada Yilning eng yaxshi futbolchisi (4): 2009, 2011, 2012, 2018;
- Globe Soccer Awards talqiniga koʻra yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2015;
- Pichichi mukofoti sohibi (Ispaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari sifatida) (8): 2009/10, 2011/12, 2012/13, 2016/17, 2017/18, 2018/19, 2019/20, 2020/21;
- Ispaniya kubogining eng yaxshi toʻpurari (5): 2008/09, 2010/11, 2013/14, 2015/16, 2016/17;
- Oltin Butsa sohibi (6): 2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019;
- Argentinada yilning eng yaxshi sportchisi: 2011;
- IFFHSning eng yaxshi toʻpurar uchun mukofoti sohibi (2): 2011, 2012;
- IFFHSning milliy chempionatlarning eng yaxshi toʻpurari uchun mukofoti sohibi (3): 2012, 2013, 2017;
- IFFHSning yilning eng yaxshi pleymeykeri uchun mukofoti sohibi (4): 2015, 2016, 2017, 2019;
- IFFHS talqiniga koʻra oʻnyillikning eng yaxshi pleymeykeri (2011—2020).
Klublarda
tahrir- 2023-yil 19-mart holatiga koʻra
Klub | Fasllar | Ligalar | Milliy kubok | Yevropa | Boshqalar | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionatlar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | ||
Barcelona C | 2003–04[11] | Tercera División | 10 | 5 | — | — | — | 10 | 5 | |||
Barcelona B | 2003–04[12] | Segunda División B | 5 | 0 | — | — | — | 5 | 0 | |||
2004–05[13] | Segunda División B | 17 | 6 | — | — | — | 17 | 6 | ||||
Umumiy | 22 | 6 | — | — | — | 22 | 6 | |||||
Barcelona | 2004–05[14] | La Liga | 7 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 9 | 1 | |
2005–06[15] | La Liga | 17 | 6 | 2 | 1 | 6 | 1 | 0 | 0 | 25 | 8 | |
2006–07[16] | La Liga | 26 | 14 | 2 | 2 | 5 | 1 | 3 | 0 | 36 | 17 | |
2007–08[17] | La Liga | 28 | 10 | 3 | 0 | 9 | 6 | — | 40 | 16 | ||
2008–09[18] | La Liga | 31 | 23 | 8 | 6 | 12 | 9 | — | 51 | 38 | ||
2009–10[19] | La Liga | 35 | 34 | 3 | 1 | 11 | 8 | 4 | 4 | 53 | 47 | |
2010–11[20] | La Liga | 33 | 31 | 7 | 7 | 13 | 12 | 2 | 3 | 55 | 53 | |
2011–12[21] | La Liga | 37 | 50 | 7 | 3 | 11 | 14 | 5 | 6 | 60 | 73 | |
2012–13[22] | La Liga | 32 | 46 | 5 | 4 | 11 | 8 | 2 | 2 | 50 | 60 | |
2013–14[23] | La Liga | 31 | 28 | 6 | 5 | 7 | 8 | 2 | 0 | 46 | 41 | |
2014–15[24] | La Liga | 38 | 43 | 6 | 5 | 13 | 10 | — | 57 | 58 | ||
2015–16[25] | La Liga | 33 | 26 | 5 | 5 | 7 | 6 | 4 | 4 | 49 | 41 | |
2016–17[26] | La Liga | 34 | 37 | 7 | 5 | 9 | 11 | 2 | 1 | 52 | 54 | |
2017–18[27] | La Liga | 36 | 34 | 6 | 4 | 10 | 6 | 2 | 1 | 54 | 45 | |
2018–19[28] | La Liga | 34 | 36 | 5 | 3 | 10 | 12 | 1 | 0 | 50 | 51 | |
2019–20[29] | La Liga | 33 | 25 | 2 | 2 | 8 | 3 | 1 | 1 | 44 | 31 | |
2020–21[30] | La Liga | 35 | 30 | 5 | 3 | 6 | 5 | 1 | 0 | 47 | 38 | |
Umumiy | 520 | 474 | 80 | 56 | 149 | 120 | 29 | 22 | 778 | 672 | ||
Paris Saint-Germain | 2021–22[31] | Ligue 1 | 26 | 6 | 1 | 0 | 7 | 5 | — | 34 | 11 | |
2022–23[32] | Ligue 1 | 23 | 13 | 1 | 0 | 7 | 4 | 1 | 1 | 32 | 18 | |
Umumiy | 49 | 19 | 2 | 0 | 14 | 9 | 1 | 1 | 66 | 29 | ||
Butun faoliyatida | 601 | 504 | 82 | 56 | 163 | 129 | 30 | 23 | 876 | 712 |
- 2023-yil 29-mart holatiga koʻra
Terma jamoa | Yil | Qarama qarshi uchrashuvlarda | Oʻrtoqlik uchrashuvlarda | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | Passlar | Gollar | ||
Argentina U20 | 2004 | — | 2 | 3 | 2 | 3 | |
2005 | 16 | 11 | — | 16 | 11 | ||
Umumiy | 16 | 11 | 2 | 3 | 18 | 14 | |
Argentina U23 | 2008 | 5 | 2 | — | 5 | 2 | |
Umumiy | 5 | 2 | 0 | 0 | 5 | 2 | |
Argentina[33][34] | 2005 | 3 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 |
2006 | 3 | 1 | 4 | 1 | 7 | 2 | |
2007 | 10 | 4 | 4 | 2 | 14 | 6 | |
2008 | 6 | 1 | 2 | 1 | 8 | 2 | |
2009 | 8 | 1 | 2 | 2 | 10 | 3 | |
2010 | 5 | 0 | 5 | 2 | 10 | 2 | |
2011 | 8 | 2 | 5 | 2 | 13 | 4 | |
2012 | 5 | 5 | 4 | 7 | 9 | 12 | |
2013 | 5 | 3 | 2 | 3 | 7 | 6 | |
2014 | 7 | 4 | 7 | 4 | 14 | 8 | |
2015 | 6 | 1 | 2 | 3 | 8 | 4 | |
2016 | 10 | 8 | 1 | 0 | 11 | 8 | |
2017 | 5 | 4 | 2 | 0 | 7 | 4 | |
2018 | 4 | 1 | 1 | 3 | 5 | 4 | |
2019 | 6 | 1 | 4 | 4 | 10 | 5 | |
2020 | 4 | 1 | 0 | 0 | 4 | 1 | |
2021 | 16 | 9 | 0 | 0 | 16 | 9 | |
2022 | 10 | 8 | 4 | 10 | 14 | 18 | |
2023 | 0 | 0 | 2 | 4 | 2 | 4 | |
Umumiy | 121 | 54 | 53 | 48 | 174 | 102 | |
Butun faoliyatida | 142 | 67 | 55 | 51 | 197 | 118 |
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Argentina“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia: List of players: Argentina“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 19-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Lionel Messi“. Paris Saint-Germain F.C.. Qaraldi: 3-aprel 2022-yil.
- ↑ „Месси расман «ПСЖ» футболчисига айланди“. Bugun.uz. 10-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust. (Wayback Machine saytida 10-avgust 2021-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Lionel Messi: Magic in his feet, 27-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17-mart 2013-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Los intereses de Messi
- ↑ Lionel Messi bio, 13-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17-mart 2013-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ https://www.fcbarcelona.com/en/football/first-team/news/3785391/20-years-since-leo-messi-debuted-for-fc-barcelona#
- ↑ https://www.fcbarcelona.com/en/news/792899/a-decade-of-messi-as-barcas-no10
- ↑ https://www.telegraph.co.uk/sport/football/competitions/la-liga/8946213/Real-Madrid-v-Barcelona-six-of-the-best-El-Clasicos.html
- ↑ „Caioli 2012“. https://en.wikipedia.org.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2003–04"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2004–05"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2004–05"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2005–06"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2006–07"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2007–08"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2008–09"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2009–10"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2010–11"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2011–12"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2012–13"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „"Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2013–14"“. https://www.bdfutbol.com.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2014–15“. BDFutbol. Qaraldi: 2015-yil 11-avgust.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2015–16“. BDFutbol. Qaraldi: 2015-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2016–17“. BDFutbol. Qaraldi: 2016-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2017–18“. BDFutbol. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2018–19“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2019–20“. BDFutbol. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2020–21“. BDFutbol. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2021–22“. BDFutbol. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Lionel Andrés Messi Cuccittini: Matches 2022–23“. BDFutbol. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
- ↑ „Lionel Messi: Player Profile“. ESPN FC. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
- ↑ „"Lionel Messi: Player Profile"“. https://www.espn.com.