Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kuban — Rossiya Federatsiyasining Stavropol va Krasnodar oʻlkalaridagi daryo. Shimoliy Kavkazda. Elbrus togʻi yon bagʻirlaridan boshlanib Azov dengizining Temryuk qoʻltigʻiga kuyiladi. Oʻz. 870 km, havzasining maydoni 57900 km². Dengizga kuyilish yeridan 116 km yuqorida daryodan Protoka tarmogʻi ajralib chiqadi. Oʻsha yerdan K.ning deltasi (maydoni 4300 km²) boshlanadi. Asosiy irmoqlari: Katta va Kichik Zelenchuk, Urup, Laba, Belaya, Pshish. Yillik oʻrtacha suv sarfi Krasnodar shahri yaqinida 425 m³/ sek. Daryo oqimini tartibga solib turish uchun Nevinnomisk kanali, Tshchik, Krasnodar, Shapsug suv omborlari qurilgan. K. etagida muhim sholikorlik rayoni tashqil etilmokda.

Kuban
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi 870
Maydoni 57 900 km²
Suv sarfi m³/s
Suv oqimi
Davlat Rossiya
Kuban

Deltasidan baliqovlanadi. Daryoning quyi qismida (Krasnodar shahri dan kuyilish yerigacha) kema qatvaydi. Daryo boʻyida Karachayevsk, Cherkessk, Nevinnomisk, Armavir, Novokubansk, Kropotkin, Ust-Labinsk, Krasnodar, Temryuk shaharlari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil